Moddiy javobgarlik nima? Moddiy javobgarlik


Ish beruvchining xodim sog’lig’iga etkazilgan zararni to’lash majburiyati


Download 20.79 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1188737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODDIY JAVOBGARLIK nima

Ish beruvchining xodim sog’lig’iga etkazilgan zararni to’lash majburiyati
Xodimning sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli etkazilgan zararni ish beruvchi to’liq hajmda to’lashi shart.
Xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo’lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida etkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo’ladi.
Mehnatda mayib bo’lish oqibatida yoki o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli xodimga etkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uning aybi bilan kelib chiqmaganligini isbotlab berolmasa, to’lashi shart.
O’z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbai natijasida xodimning sog’lig’iga etkazilgan zararni ish beruvchi, basharti zarar uni bartaraf qilish mumkin bo’lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, to’lashi shart.

Xodimning sog’lig’iga shikast etganligi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan zarar miqdori
To’lanishi lozim bo’lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovdan, sog’lig’iga shikast etishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarning kompenstsiyasidan, shuningdek belgilangan hollarda esa, - bir yo’la beriladigan nafaqa to’lashdan iboratdir.
Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi va jabrlanuvchining qo’shimcha yordam turlariga muhtojligi tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan aniqlanadi. Zarar o’rnini qoplash uchun to’lovlarni tayinlashda jabrlanuvchi olayotgan ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Bunda mehnatda mayib bo’lgan jabrlanuvchilar - nogironlarga zararni qoplash uchun to’lanadigan summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizidan oz bo’lishi mumkin emas.



Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling