Moddiy nuqta dinamikasi moddiy nuqтa dinamikasi
Download 112.29 Kb.
|
ASHUROVA NODIRA 1 KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Nisbiylik
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MILLIY LIBOS SAN’ATI FAKULTETI DIZAYN (MILLIY KASTYUM) YO’NALISHI 122 – GURUXNING TALABASI ASHUROVA NODIRANING FIZIKA LABARATORIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI 2-MAVZUSI. MODDIY NUQTA DINAMIKASI MODDIY NUQТA DINAMIKASI Dinamikada jismlarning harakati bu harakatni keltirib chiqargan fizik sabablar - kuchlar bilan bog’liq holda o’rganiladi. Klassik mexanika yoki Nyuton mexanikasiga dinamikaning 1687 yilda Nyuton aniqlagan 3 ta qonun asos qilib olingan. Keyinchalik klassik mexanikaga mos kelmaydigan faktlar ochilgan. Bu faktlarni yangi nazariya - Nisbiylik nazariyasi va Kvant mexanikasi tushuntirib berdi. 1905 yilda Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasida fazo va vaqt haqidagi Nyuton tushunchalari yangidan qayta qarab chiqildi. Natijada katta tezliklar mexanikasi yoki relyativistik mexanika yaratildi. Bu mexanika yorug’lik tezliklaridan kichik tezliklarda klassik mexanikaga aylanadi. Klassik mexanikaning davomi bo’lib, XIX asrning 20-yillarida atom fizikasi rivoji jarayonida Kvant mexanikasi yuzaga keldi. Bu mexanika atom massalaridan kattaroq massalar uchun klassik mexanika tenglamalariga aylanadi. Nyutonning aniqlashicha, ya’ni, klassik mexanika katta massada kichik tezlik bilan harakatlanuvchi jismlar mexanikasidir. NYUТONNING BIRINCHI QONUNI, INERSIAL SANOQ SISТEMALAR Bu qonun quyidagicha: har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (Inersiya qonuni). Jismlar o’zlarining tinchlik holatini yoki harakatini saqlash qobiliyati inersiya deyiladi. Nyuton qonunlari inersial sanoq sistemada bajariladi. Noinersial sanoq sistemada Nyuton qonunlari bajarilmaydi. Markazi quyosh bilan ustma-ust tushuvchi, o’qlari yulduzlar tamon yo’nalgan sanoq sistemasi inersial sistema deyiladi. (Geliotsentrik sistema). Geliotsentrik sistemaga nisbatan tekis va to’g’ri chiziqli harakatlanuvchi istalgan sanoq sistema inersial bo’ladi. Yer, quyosh va yulduzlarga nisbatan ellips shaklda egri chiziq, bo’ylab harakatlanadi. Bu harakat ma’lum tezlanish bilan sodir bo’ladi. Undan tashqari yer o’zi o’qi atrofida aylanib turadi. Shu sabablarga ko’ra, yer sirti bilan bog’langan sanoq sistema geliotsentrik sanoq sistemaga nisbatan tezlanish bilan harakat qiladi va inersial bo’la olmaydi. Biroq bu tezlanish kichik bo’lganligi sababli, inersial deb hisoblanadi. 19
Download 112.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling