Moddiy nuqta dinamikasi moddiy nuqтa dinamikasi


Download 112.29 Kb.
bet9/17
Sana04.01.2023
Hajmi112.29 Kb.
#1078304
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
ASHUROVA NODIRA 1 KURS

7.Elastik to`lqinlar. Har qanday (qattiq, suyuq va gazsimon) jismning zarralari orasida o`zaro tutinish kuchlari mavjud bo`lib, zarralar bir–biriga nisbatan siljiganda elastiklik kuchlari yuzaga keladi. Shu sababli qattiq, suyuq va gaz holatdagi muhit elastik muhit deb ataladi.
Agar elastik muhitning biror joyidagi zarra tebranma harakatga keltirilsa, u holda elastiklik kuchlari tufayli zarraning tebranishlari muhitning qo`shni zarralariga uzatiladi. Biror vaqtdan so`ng tebranishlar butun muhitga tarqaladi. Mexanik tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoni mehanik to`lqin deb ataladi.


8.Ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlar. Zarralarning tebranishi to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga nisbatan qanday yo`nalganligiga qarab to`lqinlar ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlarga ajratiladi. Ko`ndalang to`lqinlarda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalishga perpendikuljar yo`nalishda tebranadi. Shnur bo`ylab tarqalayotgan to`lqin ko`ndalang to`lqin bo`ladi. Bo`ylama to`lqinda muhitning zarralari to`lqin tarqalayotgan yo`nalish bo`yicha tebranadi. Bo`ylama to`lqinni katta diametrli uzun yumshoq prujina yordamida kuzatish qulay. Prujinaning erkin uchiga kaft bilan urib qo`yilsa, prujinaning siqilishini prujina bo`ylab tarqalishini kuzatish mumkin. Prujina uchiga ketma–ket bir necha marta urib, uning prujina bo`ylab ketma–ket tarqaluvchi siqilish va chuzilishlardan iborat to`lqinlarni yuzaga keltirish mumkin.

9.Yassi to`lqin tenglamasi. Muhitning to`lqin jarayonda ishtirok etayotgan zarralarining vaqtning istalgan paytidagi siljishi bilan bu zarralarning tebranishlar markazidan uzoqligi orasidagi boglanishni ifodalaydigan munosabat to`lqin tenglamasi bo`ladi.Bu munosabatni topish uchun ko`ndalang to`lqinni ko`rib chiqamiz. Lekin barcha mulohazalarimiz bo`ylama to`lqin uchun ham o`rinli bo`ladi.
Tebranishlar markazi bo`lgan О nuqtani koordinata boshi deb qabul qilaylik, 0 nuqtadagi tebranishlar garmonik tebranishlar bo`lsin:



bunda t –tebranish boshlangan paytda boshlab hisoblangan vaqt. Muhitning to`lqin etib borgan barcha zarralari ham shunday chastota va amplituda, biroq turli fazada garmonik tebrana boshlaydi. Tebranishlar markazidan (O zarradan) у masofada turgan ihtiyoriy A zarrani ko`raylik. Agar O zarra t vaqtdan beri tebranayotgan bo`lsa, A zarra vaqtdan beri tebranadi, bunda  –tebranishlarning O markazidan A zarragacha tarqalish vaqti, yani to`lqinning yo`lni o`tishi uchun ketgan vaqt. Demak, A nuqtaning tebranish tenglamasi quyidagicha bo`ladi:



Biroq,  ,bu erda  –tulqinning tarqalish tezligi. U holda


(55)

Download 112.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling