Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich
uskunalar Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100 gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG-600 yoki KDG-2000 rusumli ko‘pik tayyorlagich generatorlardan foydalanish mumkin. Sanoatda 3 xil rusumdagi ko‘pik tayyorlagich generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni KDG-200, KDG-600 va KDG-2000. Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq qorishma elastik shlanglar orqali generator purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida, qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi. Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan CO 2 gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular bora-bora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil qiladi. Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5 rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq qiladi. O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar, vertalyotlar va motorli pompalar kiradi. Respublikamiz hududida eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi. Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan turlarga bo‘linadi: -umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga avtokran, avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi; -maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la oladi. Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 5.15-rasm. Avtokran 5.16-rasm. Avtosisterna |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling