Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich 
uskunalar 
Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi 
qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100 
gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni 
tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG-600 
yoki 
KDG-2000 
rusumli ko‘pik tayyorlagich 
generatorlardan foydalanish mumkin. 
Sanoatda 3 xil rusumdagi ko‘pik tayyorlagich 
generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pik ishlab 
chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni 
KDG-200, KDG-600 va KDG-2000. 
Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi 
quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq 
qorishma 
elastik 
shlanglar 
orqali 
generator 
purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida, 
qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi. 
Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim 
to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va 
uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan CO
2


gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli 
ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular 
bora-bora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil 
qiladi. 
Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. 
Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng 
qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5 
rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar 
mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo 
bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq 
qiladi.
 
O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning 
vazifalari 
Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining 
aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata 
oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida 
mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar
vertalyotlar va motorli pompalar kiradi. 


Respublikamiz 
hududida 
eng 
ko‘p 
qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi 
avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu 
texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish 
uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni 
asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi. 
Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida 
umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan 
turlarga bo‘linadi:
-umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga avtokran, 
avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi;
-maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, 
inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan 
jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la 
oladi. 
Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i 
bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz 
ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan 
ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 


5.15-rasm. Avtokran 
5.16-rasm. Avtosisterna 


5.17-rasm. Avtonarvon AL-50 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling