Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
RBT 9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’siqli datchik
- Raqamli va raqamli-axborot datchiklari
Binar datchiklar.
Jarayonlarni boshqarishda asosan ikkilik (binar) datchiklar tomonidan ishlab chiqarilgan «yoqish/o'chirish» signallari asosan ishlatiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayonida minglab «on/off» shartlari nazorat qilinishi kerak. Binar datchiklar mexanik harakatlar vaqtida sistemaning holatini, diskret oqimdagi elementlarni hisoblashda (misol uchun chiqish qismidagi chiziqdan o`ta- yotgan idishlarni sanashda), harakatlanuvchi qismlarning yuqori sath yoki bosim yoki o'ta yuqori pozitsiyalariga erishishni nazorat qilishda ishlatiladi. Holat datchiklari O`nlab yillar davomida holat datchik (position sensor) lari kalit sifatida ishlatilib kelinmoqda. Ular o'zgaruvchan ma'lum bir qiymatga yetganda mexanik ravishda ochiladigan yoki yopil ad igan elektr kontaktlardan iborat. Ular jarayon 41 sodir bo'ladigan joyda o`rnatiladi va ko'pincha yuqori mexanik yuklanish va tok oqimlariga duch kela-dilar. Quyidagi rasmda kalitlarning turli belgilanishlari ko`rsatilgan: Quyidagi rasmda eng oddiy bir qutbli mexanik ochiq kalit sxemasi keltirilgan: To’siqli datchik Analog kattaliklar (masalan, sarf, bosim, harorat yoki sath) ma’lum bir chegarali qiymatiga yetib borganligini aniqlash uchun turli turdagi datchiklardan foydalaniladi. Shuning uchun ularni ko’pincha to’siqli datchiklar (point sensors, limit sensors) deb atashadi. Ular, odatda, avariya holatida signal berish uchun, ba'zan esa kattalik xavfli vaziyatni ko'rsatuvchi qiymatga yetganda jarayonni to'xtatish uchun ishlatiladi. Bunday datchiklar mustahkam va ishonchli bo’lishi kerak. Raqamli va raqamli-axborot datchiklari 42 Raqamli datchiklar kontroller yoki kompyuterda to'g'ridan-to'g'ri hisobla- nishi mumkin bo'lgan ma'lum bir kodda ko'rsatilgan impulsli tartiblar yoki raqamli ma'lumotlar kabi alohida chiqish signallarini ishlab chiqaradi. Datchiklarning tu-riga qarab, chiqish signallari deyarli raqamli shaklda ishlab chiqariladi yoki elek-tron mantiq zanjiri bilan ishlov berilishi kerak. Raqamli o`zgartirishli va signallarni moslashtirish uchun raqamli va analog chiqish signalini ishlab chiqarish uchun mikroprotsessorlarni o'z ichiga olgan integrallashgan raqamli datchiklar mavjud. Axborot-raqamli datchiklar (Field bus sensor) qo'shimcha ravishda ikki tomonlama raqamli kommunikatsiyalarning maxsus turi bo'lgan mahalliy shinalar (Field bus) orqali ma'lumotlarni uzatish imkonini beradi. Ushbu turdagi datchik- larga ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni raqamli shaklga aylantirish va tashqi alo- qalarni qo'llab-quvvatlash uchun mikroprotsessorga ega bo'lgan harorat, bosim, sarf, sath va boshqa datchiklar misol bo’ladi. Shina orqali faqat o'lchov natijalari emas, balki datchikning identifikatsiya ma'lumotlarini ham uzatish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling