Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli
– MODUL. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING KIRISH – CHIQISH
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
RBT 9-ma\'ruza
3 – MODUL. TEXNOLOGIK JARAYONLARNING KIRISH – CHIQISH
SIGNALLARI 4 – MA’RUZA : TEXNOLOGIK JARAYON VA BOSHQARUVCHI KOMPYUTER O’RTASIDAGI INTERFEYSNING KOMPONENTLARI Interfeys (ing . pIyeggase) — texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki o ʻlchash tizimlari (masalan, EHM ning operativ va tashqi xotira qurilmasi)dagi turlifunksional qurilmalarning o ʻzaro taʼsirini ta ʼminlaydi. Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy (Software) ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning o‘zaro aloqasi interfeys deyiladi. Interfeys bir necha turga bo‘linadi, ya’ni: apparatli interfeys; dasturiy interfeys; apparatli dasturiy interfeys. Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlabchiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi.Kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Dasturlar xilma-xil bo‘lgani uchun ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi. Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra bir nechta turga ajratish mumkin. Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega bo‘ladi. Texnologik jarayonlarni borishini, turli mashina va appartlar ish rejimlarini uzluksiz avtomatik nazorat qilish uchun birlamchi о‘zgartirgichlar – datchiklar qо‘llaniladi. 24 Datchik – avtomatika zvenolari tizimlarida foydalanishga qulay mashina va appratlar ish rejimlarini, jarayon texnologik parametrlarini boshqa kattaliklarga aniq fizik prinsiplar asosida о‘zgarishini bajaruvchi texnik qurilma. Kо‘pincha obyektga tо‘gridan tо‘gri о‘rnatiladi. Xususiy holatda datchik konstruktiv shakllantirilgan bir о‘zgartiruvchi elementni (О‘E) ifodalashi mumkin. Datchik kirish signali (Xkir) nazorat qilinadigan kattalik (bosim, harorat, namlik, siljish v.b.). Obyekt fizik kattaligini itо‘gridan tо‘gri qabul qiladigan birinchi element (Xkir) va uni oraliq signalga о‘zgartiruvchi (X1), sezgir element hisoblanadi. (qabul qiluvchi) . Datchik chiqish signali (Xchiq) avtomatika tizimida keyinchalik qо‘llashga qulay kattalik hisoblanadi. Turli xil о‘zgartirishlarga va uzoq masofaga uza-tishga eng kulay elektr kattalik bо‘lganligi uchun X - kо‘pincha elektr signali. Birlamchi о‘zgartirgichlar datchiklarga qо‘yiladigan talablar: 1) Yuqori dinamik aniqlik 2) Yuqori statik aniqlik 3) Texnik talab aniqlaydigan shartlarda yuqori ishonchlik 4) Mumkin bо‘lgan о‘lchamlari va og‘irligi 5) Yuqori о‘zgartirish koeffitsiyenti (sezgirlik) 6) Chiqish signallari yuqori quvvati Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling