Modul: «lotin tili va tibbiy terminologiya»


Yangi o’quv materialning slaydli taqdimoti


Download 155.79 Kb.
bet7/11
Sana09.01.2023
Hajmi155.79 Kb.
#1085641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yangi o’quv materialning slaydli taqdimoti.
1. Unli harflarning harf birikmalarining o’qilishi

«A, a» unli tovushi o‘zbek tilidagi «A» unli tovushidek talaffuz qilinadi. Masalan: amarus (amarus) — achchiq, albus (albus) — oq, abdomen (abdomen) — qorin.





«E, e» unli tovushi o‘zbek tilidagi «E» unli tovushidek talaffuz qilinadi. Masalan: pes (pes) — oyoq, elasticus (elastikus) — qayishqoq, bukiluvchan, derma (derma) — teri.





«I, i» unli tovushi o‘zbek tilidagi «I» unli tovushidek talaffuz qilinadi. Masalan: internus (internus) — ichki, intestinum (intestinum) — ichak.





«O, o» unli tovushi o‘zbek tilidagi «O» unli tovushidek talaffuz qilinadi. Masalan: organum (organum) — a’zo, lobus (lobus) — bo‘lak, oculus (okulus)— ko‘z.





«U, u» unli tovushi o‘zbek tilidagi «U» tovushidek talaffus qilinadi. Masalan: uterus (uterus) — bachadon, ulcus ( ulkus) —yara, urina (urina)— siydik.





«Y, y» unli tovushlar o‘zbek tilidagi «I» unli tovushidek talaffuz qilinadi. Masalan: symptoma (simptoma) — belgi, alomat, amygdala (amigdala) — bodom, Gossypium (gossipium) — paxta.





«С, с» harfi ikki xil o‘qiladi:
e, i, yunli harflari va ae, oe diftonglari oldida (s) deb o‘qiladi. Masalan: cerebrum (serebrum) — miya, cystis (sistis) — pufak, cito (sito) — tez, caecum (sekum) — ko‘richak, coelia (seliya) — qorin bo‘shlig‘i.


2.Undosh harflarning, harf birikmalarining o’qilishi


Boshqa hollarda, ya’ni a, o, uunlilari oldida, undoshlar oldida va so‘z oxirida kelsa c harfi (k) deb o‘qiladi. Masalan: caput (kaput) — bosh, costa (kosta) — qovurg‘a, cuprum (kuprum) — mis, lac (lak) — sut, medicus (medikus) — shifokor, do‘xtir.





H, h — o‘zbekcha (h) harfi kabi talaffuz qilinadi: herba (herba) — o‘t (bot.) humanus (humanus) — odamiylik, hepar (hepar) — jigar, haema (hema) — qon.




Download 155.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling