Modul. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Magnit maydonning tokli o’tkazgich va elektr zaryadlariga ta’siri. Elektromagnit induksiy. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit induksiya hodisasi
Magnit maydon energiyasi. Energiya zichligi
Download 23.52 Kb.
|
Magnit maydoni va uning xarakteristikalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ferromagnitlar.
Magnit maydon energiyasi. Energiya zichligi.
Agar induktivligi L bo’lgan solenoid, cho’g’lanma lampa va qarshilikdan iborat zanjir tok manbaiga ulansa, solenoid o’ramlarida magnit maydoni hosil bo’lib, lampa ravshan yonadi. (9.7-rasm) Zanjirni batareyadan uzganda lampa birdan o’chmaydi, unda o’zinduksiya tufayli sekin-asta kamayib boruvchi induksion tok hosil bo’ladi. Bu tok hosil qilgan magnit maydon energiyasi zanjir elementlarining ichki issiqlik energiyasini oshirishga sarflanadi. Ichki energiyani oshirish uchun sarflangan energiya bajargan ish orqali ifodalanadi: (9.25) 9.7-rasm Bu yerda, -induksiya E.Yu.K. ; oxirgi ifodadagi magnit oqimining o’zgarishini hisobga olib: (9.26)
; yoki (9.27) Shunday qilib, magnit maydoni ham boshqa maydonlar kabi energiyaga ega. Shu energiya hisobiga maydon kuchlari ekvivalent miqdorda ish bajaradi. (9.28) Magnit maydoni energiyasini uni bevosita xarakterlovchi kattaliklar orqali ifodalaymiz. Ma’lumki, g’altakning induktivlik koeffitsiyenti: Uzunlik birligidagi o’ramlar soni ni kiritib, (9.28) ni e’tiborga olib, (9.28) va (9.29) largan magnit maydon energiyasi uchun: (9.29) (9.30) (9.30) da H=nJ-solenoid magnit maydoni kuchlanganligi, Dn foydalanib, yoki (9.31) (9.31) magnit maydon energiyasining ifodasidir. Ba’zan energiya zichligi tushunchasidan ham foydalaniladi. Hajm birligidagi energiya miqdoriga son jihatidan teng kattalik energiyaning hajmiy zichligi deb yuritiladi. Magnit maydoni energiyasining hajmiy zichligi: (9.32) Energiya zichligini bilgan holda istalgan nuqtadagi energiya aniqlanishi mumkin. (9.33) Ferromagnitlar. Tashqi magnit maydoni bo’lmaganda ham kuchli magnitlanish qobiliyatiga ega bo’lgan molekulalardan tarkib topgan moddalar ferromagnitlar hisoblanadi. Ferromagnitlarga Fe, Co, Ni, Cd, CrTe, Mn Al Cu kiradi.
Moddalarning ferromagnit xususiyati kristallar uchun xos bo’lib, ma’lum sharoitda elektronlarining magnit momentlari o’zaro parallel joylashgan elementar hajm “domenlar”-dan tashkil topgan bo’ladi. (86-rasm) Tashqi maydon bo’lmaganda domenlar tartibsiz joylashgan bo’lib, magnit xususiyatini namoyon qilmaydi. 10.6-rasm Ferromagnitlar tashqi magnit maydonda kuchli magnitlanish hosil qilib, quyidagi xossalarga ega: Odatdagi sharoitda ferromagnit moddalarning magnit kirituvchanligi juda yuqori bo’ladi. Magnitlanish vektori magnit maydon kuchlanganligiga bog’liq holda o’zgarib, u gisterezis hodisasi orqali tushuntiriladi: Magnitlanish dastlab maydon kuchlanganligiga proporsional ravishda chiziqli ortsa to’yinish darajasidan so’ng qoldiq magnitlanishga ega bo’ladi. 10.7-rasm Ferromagnit moddalarning magnitlanishi maydon kuchlanganligining chiziqli bo’lmagan funksiyasi bo’lib, paramagnitlarga nisbatan 103-marta katta. Ferromagnit moddalar uchun temperaturaning shunday ma’lum intervali mavjudki, undan yuqori temperaturalarda ferromagnitlik xususiyati yo`qoladi. (Temir uchun Kyuri temperaturasi 768oC kobalt uchun esa 1075oC) Gisterezis halqasi har xil ferromagnitlar uchun turlicha bo’lib, konservativ kuchi bo’lganlari qattiq ferromagnitlar deyiladi va ulardan doimiy magnitlar yasashda foydalanadi. Konservativ kuchi kichik bo’lgan moddalar yumshoq ferromagnitlar deyiladi va ulardan transformator o’zaklari yasashda foydalaniladi. Download 23.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling