Mohiyati va ahamiyati (2 soat)


Download 1.78 Mb.
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1329985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу

Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi.) Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag‘batlantirilishi sababli, mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya
vakillari dastlabki merkantilistlarni
mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni
man etgani, importni haddan tashqari
cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning
fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy
siyosatdagi asosiy vazifasi –
mamlakatda imkoni boricha ko‘proq pul
mablag‘larini jamg‘arish emas, balki
aktiv savdo balansiga erishishdir
(eksportning importdan ustun bo‘lishi). Eksport va import o‘rtasidagi farq (ijobiy saldo) mamlakat boyligining o‘sishidir. Demak, real boylik bu – «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim.
Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xomashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan.
130


Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog‘liq, ilk merkatilistlar qimmatbaho toshlar eksporti qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‘rinli bo‘lishi mumkin degan farazni taklif etishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari
aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: – tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan
egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni
qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda,
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni
chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko‘paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidandeb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‘tishga sabab bo‘lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg‘arish funksiyasini asosiy deb bilgan bo‘lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funksiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko‘ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‘liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Ular, pul taklifining ko‘payishi unga bo‘lgan talabni oshirgach,
131

savdoni rag‘batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.


Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi
dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e’tibor qaratgan. Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569-yilda fransuz olimi Jiyn Bodin

132

tomonidan taqdim etilgan. U XVI asr davomida G‘arbiy Yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining o‘sishi deb hisoblangan. 1660–1776-yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‘paydi. Merkantilistlar adabiyotining (markaziy) asosiy xususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi tashqi va ichki savdoning o‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‘zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‘liq.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling