Mohiyati va ahamiyati (2 soat)
Download 1.78 Mb.
|
3-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uilyam Staffordning (1154–1612.)
Batist Kolber (1619–1683 y.) hisoblanadi.
Jan Batist Kolber (1619–1683 y.) U frantsuz qiroli Lyudovik XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifasida ishlagan va faol proteksionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib borgan iqtisodiy siyosat va fransuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi. J.B.Kolberning asosiy g‘oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi quyidagicha tavsiflanadi: 1) Fransiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir ko‘rsatdi; 2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi; 134
3) proteksionistik tariflardan keng foydalangach, Fransiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug‘ullandi; 4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, qishloq xo‘jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto‘g‘ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi. Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili Uilyam Staffordning (1154–1612.) hayot faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo‘lgan quyidagi g‘oyalarni ilgari surgan: Uilyam Stafford (1154–1612 y.) 1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to‘la qimmatli pullar bo‘lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi; 2) chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin); 3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi; 4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to‘liq man etishni tavsiya etdi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling