Mohiyati va ahamiyati (2 soat)


TURLI MAMLAKATLARDA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 1.78 Mb.
bet5/10
Sana06.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1329985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу

6.3. TURLI MAMLAKATLARDA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Har bir davlatda merkantilizm o‘ziga xos usulda namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli alqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o‘ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi100.


Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Fransiyada ancha keng tarzda rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o‘lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining yetuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi.
100 Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017, 78-81 б.

133



Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashhur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.
Fransiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili Jan

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling