Mohiyati va ahamiyati (2 soat)


Download 1.78 Mb.
bet8/10
Sana06.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1329985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу

6.4. MERKANTILIZMNING ZAMONAVIY TAHLILLARI

Merkantilizmga nisbatan bildirilgan munosabatni qayd etib o‘tishimiz kerak. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning


101 Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017, 81-б.
137

namoyandalari ilgari surgan g‘oyalari asosida emas, balki ularning manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tilda “manfaat qidiruvchilar” deb atalgan. Ular foyda ko‘rish maqsadida davlatni ishga solib o‘zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatni monopollik imtiyoziga sazovor bo‘lgan savdogar deb bilib, bu bilan monopol-savdogarlik asosida tovarlarga balandroq narx o‘rnatish imkoniyatini olishgan.


Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‘rganib, 1660– 1776-yillar oralig‘ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Bu ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab уetganligidadir. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‘rnini sabab va natija tahlillarining egallashi natijasida savdo o‘rnini egallagani merkantilistlarning yutug‘idir.
Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo‘lmasligi, balki shu orqali talab va taklif qonunlari kabi asosiy bozor iqtisodiy haqiqatlari yuzaga chiqaradi deb tushungan. Masalan, muvozanat narxidan past narx davlat tarafidan defitsitni keltirib chiqarishini yaxshi tushinishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez qo‘llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa ularning egoistik harakatlarini o‘zgartira olmaydi deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu hususiyatini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilib, bu xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlar sifatida shakllantirdilar.
Keyingi merkantilistlar o‘zlaridan oldingi g‘oyadoshlari yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini anglab yetganligini ko‘ramiz. Ular, masalan, pul boylik o‘lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‘zida ijobiy savdo balansiga ega bo‘lishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‘lishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko‘pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‘oyalari boshlanayotgan edi.

138

A.Smit merkantilistlar tushuna olmagan tushunchalarni anglab yetdi va boylikning asosiy manbayi bu mehnat ekanligini anglab yetdi. Merkantilistlar fikricha, shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi tomon yo‘naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg‘unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi deb hisoblashgan. Hatto laissez-faire g‘oyasini qo‘llagan keyingi merkantilistlar ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun bozor mexanizmi haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lishmagan. Shunday bo‘lsada, A. Smit o‘z tahlilini rivojlantirishda keyingi merkantilistlar adabiyotlaridan keng foydalangan102.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling