Moddalar tuzilishi.
Moddalar tuzilishida gibridlanish hodisasi va ularning geometriyasi
Orbitallarning gibridlanishi - kovalent bog’lanish jarayonida orbitallar yanada qulayroq qoplanishi va eng kam energetik holatga o’tishi uchun ba’zi orbitallarning shakllari o’zgarishi. Gubridlanish turlari unda ishtirok etadigan s va p hamda d elektronlarning sonlari bilan belgilanadi. Masalan sp3d gibridlanishda 1 ta s, 3 ta p va 1 ta d elektronlar ishtirok etgan.
sp3- gibridlanish. Bitta s – orbital va uchta p – orbitallar qo’shilib to’rtta bir xil “gibrid” orbitallarni hosil qilib, bularning bog’lanish o’qlari orasidagi burchak 109°28' ga teng.
Tarkibida sp3 gibridlanish amalga oshgan molekulalar (geometriyasi) tetraedrik shaklga ega (CH4, NH3).
sp2- gibridlanish. Bitta s – orbital va ikkita p – orbitallar qo’shilib uchta bir xil “gibrid” orbitallarni hosil qilib, bularning bog’lanish o’qlari orasidagi burchak 120° ga teng.
Uchta sp2- orbitallar uchta σ – bog’lanishni hosil qilishi mumkin (BF3, AlCl3). Agar gibridlanishda ishtirok etmagan elektron p yoki d orbitalarda qolgan bo’lsa ulardan yana bir π – bog’lanish hosil bo’lishi mumkin (etilen C2H4). Tarkibida sp3 gibridlanish amalga oshgan molekulalar (geometriyasi) yassi uchburchak ega.
3. sp- gibridlanish. Bitta s – orbital va bitta p – orbitallar qo’shilib ikkita bir xil “gibrid” orbitallarni hosil qilib, bularning bog’lanish o’qlari orasidagi burchak 180° ga teng.
Ikkita sp – orbitallar ikkita σ – bog’lanishni hosil qilishi mumkin (BeH2, ZnCl2). Agar gibridlanishda ishtirok etmagan 2 ta elektronlar p yoki d orbitalarda qolgan bo’lsa ulardan yana ikkita π – bog’lanish hosil bo’lishi mumkin (asetilen C2H2). Sp-gibridlanish bo’lgan molekulalar (geometriyasi) chiziqli shaklga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |