Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari


-MAVZU: DONOR-AKSEPTOR KIMYOVIY BOGLANISH, MURRAKAB BIRIKMALARDAGI KIMYOVIY BOGLANISHLAR TABIATI, MOLEKULANING DIPOL MOMENTI VA UNI XISOBLASH


Download 233.1 Kb.
bet7/11
Sana01.04.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1317222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG

7-MAVZU: DONOR-AKSEPTOR KIMYOVIY BOGLANISH, MURRAKAB BIRIKMALARDAGI KIMYOVIY BOGLANISHLAR TABIATI, MOLEKULANING DIPOL MOMENTI VA UNI XISOBLASH.


Elektronlar yadrolar ortasida taqsimlanishi bo’yicha kimyoviy bog’lanish
Kimyoviy bog’lanish – ikki yoki bir necha atomning elektron almashishi natijasida hosil bo’ladigan o’zaro ta’sir. Atomlar kimyoviy bog’ hosil qilishda ular o’zining sirtqi qavatini barqaror oktet (Sakkiz elektronli) yoki dublet (ikki elektroknli) qilishga intiladi. Elektronlar yadro lar ortasida taqsimlanishi bo’yicha kimyoviy bog’lanishlar quyidagi turlarga bo’linadi: kovalent (qutbli, qutbsiz va donor-akseptor) ion, vodorod va metall bog’lanishlar. Kimyoviy bog’ hosil bo’lishida elementlarning elektromanfiyliklari muhim o’rin egallaydi.
Kovalent bog’lanish – elektron juftlar vositasida vujudga keladigan bog’lanishdir. Bunda hosil bo’lgan juft har ikkala atomga tegishli bo’ladi. Kovalent bog’lanish ikki xil mexanizm bilan hosil bo’ladi:
1. Almashinnuv mexanizmi – bunda har bir atom bittadan juftlashmagan elektronni berib, umumiy elektron juftni hosil qiladi:
2. Donor – akseptor mexanizmi – bunda bir atom (donor) elektron jufti bilan, ikkinchi atom (akseptor) esa bo’sh orbital bilan ishtirok qiladi

Ikki atom orasida bir necha juft elektron umumlashuvi mumkin. Bunda karrali bog’lar (qo’sh bog’, uch bog’) hosil bo’ladi. Agar hosil bo’lgan umumiy elektron jufti har ikkala atom uchun simmetrik joylashsa, bunday bog’lanish qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi
Qutbsiz kovalent bog’lanish elektromanfiyliklari bir xil bo’lgan element atomlari orasida sodir bo’ladi (N2, O2, …). Hosil bo’lgan elektron jufti bir atom tomon siljigan bo’lsa, bunday kovalent bog’lanish qutbli bog’lanish deyiladi.

Kovalent bog’ hosil qilgan atomlarning elektromanfiyliklar farqi qancha katta bo’lsa, bog’ning qutbliligi Shuncha katta bo’ladi (N2O, NH3…). Agar element atomlarining nisbiy elektromanfiyliklar farqi katta bo’lsa, hosil bo’ladigan elektron jufti elektromanfiyligi katta bo’lgan atomga o’tadi va ionlar hosil bo’ladi.

Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling