Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari
Kovalent bog’lanishning xossalari
Download 233.1 Kb.
|
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog’larning to’yinuvchanligi
Kovalent bog’lanishning xossalari
Bog’ energiyasi – molekuladagi ayni bog’ni batamom uzish uchun sarf bo’ladigan energiyadir. Bog’ energiyasi eV yoki kJ/mol bilan ifodalanadi. Kovalent bog’lanish to’yinuvchanlik, yo’naluvchanlik, karralilik, qutblanuvchanlik kabi xossalarga ega. Bog’larning to’yinuvchanligi atomlarning cheklangan miqdordagi bog’lar hosil qilish xususiyatidir. Elementlar atomlarining valent elektronlarining hammasi bog’ hosil qilishda qatnashgandan so’ng element o’zining to’yinuvchanlik xususiyatini namoyish qiladi. Bog’larning yo’naluvchanligi uni hosil qilishda ishtirok etadigan s-, p-, d- va f –orbitallar ishtirokida -, - va -bog’larni fazoning ma’lum yo’nalishida joylashganligi natijasida yuzaga kelib chiqadi. Bog’ hosil qilayotgan elektron juftlar atom orbitallari va gibridlangan orbitallarning elektron bulutlari maksimal to’plangan qismlarining o’zaro qoplashgan fazoviy qismlarida joylashgan bo’ladi. Har qanday molekulaning energetik jihatdan turg’unlikka intilishi natijasida undagi bog’lar yo’nalishi ma’lum burchaklarga ega bo’lib, yo’naluvchanlikni yuzaga keltirib chiqaradi. 1 – masala. Agar I2 va Cl2 molekulalarida yadro lar orasidagi masofa tegishlicha 2,67·10-10 va 1,99·10-10 m ga teng bo’lsa, ICl molekulasidagi bog’ uzunligini hisoblang. Yechish. Molekulalarda kovalent bog’ uzunligini taqribiy hisoblashda quyidagi formulani qo’llash mumkin: bu yerda dA-B – molekulada AB bog’ uzunligi; dA-A va dB-B – A2 va B2 molekulalaridagi yadro lararo masofa. I – Cl dagi bog‘ uzunligi quyidagiga teng: . 2 – masala. KCl kristal panjarasi doimiysi 3,16·10-10 m ga teng. Agar Cl- ioni radiusi 1,811·10-10 m ga teng bo’lsa, K+ ioni effektiv radiusini hisoblang. Yechish. 3 – masala. Agar vodorod – vodorod va kislorod – kislorod bog’larning energiyalari tegishlicha 435,9 va 498,7 kJ/mol ga teng bo’lsa, hamda 2 mol vodorod yonganda 483,68 kJ issiqlik ajralCa suv molekulasidagi kislorod – vodorod bog’ning energiyasini aniqlang. Yechish. 4H (g) = 2H2 (g) + 435,9·2 2O (g) = O2 (g) + 498,7 2H2 (g) + O2 (g) = 2H2O (g) + 483,68 4H (g) + 2O (g) = 2H2O (g) + 1854,18 kJ Ikki molekula suvda 4 ta kislorod – vodorod bog’ning o’rtacha energiyasi: 1854,18/4 = 463,54 kJ/mol. 4 – masala. Agar C – C, C ≡ C, Cl – Cl va C – Cl bog’larning energiyalari tegislicha -347,3, -823,1, -242,3 va -345,2 kJ/mol ga teng bo’lsa, quyidagi reaksiyaning entalpiyasini hisoblang: H - C ≡ C – H + 2Cl – Cl H – CCl2 – CCl2 – H. Yechish. ΔHº298 = ΔHº(C-C) + 4ΔHº(C-Cl) - ΔHº(C≡C) – 2ΔHº(Cl-Cl) bundan ΔHº298 = - 347,3 + 4(-345,2) - (-823,1) - 2(243,2) = -420,4 kJ/mol. Download 233.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling