Molekulaning tuzilishi va kimyoviy bog’lanish. Kovalent, ion, metall, vodorod boglanishlar. Kovalent bog’lanish xossalari


Download 233.1 Kb.
bet9/11
Sana01.04.2023
Hajmi233.1 Kb.
#1317222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOLEKULANING TUZILISHI VA KIMYOVIY BOG

Masala va mashqlar

  1. Brom atomi kovalent radiusi 1,14·10-10 m. Agar vodorod atomi kovalent radiusi 0,3·10-10 m ga teng bo’lsa, brom va vodorod bromid molekulalaridagi yadro lararo masofani taqriban hisoblang.

  2. Vodorod atomi kovalent radiusi 0,3·10-10 m ga teng. Agar yadro lararo masofalar: dH-F = 0,92·10-10 m, dH-Cl = 1,28·10-10 m, dH-I = 1,62·10-10 m bo’lsa, ftor, xlor va iod atomalri kovalent radiuslarini aniqlang

  3. Quyidagi ma’lumotlar bo’yicha CCl4 dagi C – Cl bog’ning uzunligini aniqlang: C – C va Cl – Cl bog’larning uzunligi tegishlicha 1,54·10-10 va 1,99·10-10 m.

  4. C – C bog’ning uzunligi 1,54·10-10 m ga teng. Agar H2 molekulasida yadro lararo masofa 0,741·10-10 m ga teng bo’lsa, H2S dagi H – S va CH4 dagi C – H bog’larning uzunliklari qanchaga teng?

  5. Agar H2, O2 va N2 molekulalarida yadro lararo masofa tegishlicha (m): 0,74·10-10 , 1,20·10-10, 1,09·10-10 ga teng bo’lsa, H2O da H – O, NH3 da N – H, bog’lar uzunliklarini hisoblang.

  6. Agar N2, O2 va S2 molekulalarida yadro lararo masofa tegishlicha (m): 1,09·10-10 , 1,20·10-10, 1,92·10-10 ga teng bo’lsa, NO va SO molekulalarida bog’lar uzunliklari taqribiy qiymarlarini aniqlang.

  7. Birlamchi bog’ dB-B uzunligi 1,76·10-10 m ga teng. Har xil elementlar uchun dE=E: dE–E va dE≡E:dE=E nisbatlar deyarli bir xil. Uglerod va uchun tegishli qiymatlardan foydalanib B=B, B≡B karrali bog’lar uzunliklarini hisoblang.

  8. Zn2+ va S2- ionlari effektiv radiuslari tegishlicha 0,831·10-10 va 1,82·10-10 m. Rux sulfid kristal panjarasi doimiysini aniqlang.

  9. Agar NaF kristal panjara doimiysi 2,31·10-10 m, F- ioni radiusi 1,33·10-10 m ga teng bo’lsa, NaF kristalidagi natriy ionining effektiv radiusini hisoblab toping.

  10. KBr kristall panjarasi doimiysi 3,29·10-10 m. Agar K+ ioni radiusi 1,33·10-10 m ga teng bo’lsa, Br- ioni radiusini aniqlang.

  11. Agar HCl (g) hosil bo’lish standart entalpiyasi 92,3 kJ/mol, H – H va Cl – Cl bog’lar energiyalari tegishlicha (kJ/mol): -435,9 va -242,3 ga teng bo’lsa, H – Cl miolekulasidagi s – p kovalent bog’lanish energiyasini aniqlang.

  12. Agar azot – azot, kislorod – kislorod va azot – kislorod karrali bog’lanishlar energiyalari tegishlicha -945,6; 498,7 va -631,0 kJ/mol ga teng bo’lsa, azot (II) oksid hosil bo’lish jarayonida entalpiya o’zgarishini hisoblang.

  13. Agar gazsimOH uglerod va vodoroddan C2H6 hosil bo’lish issiqligi -2815,0 kJ/mol, σ – bog’ C–H energiyasi – 411,3 kJ/mol ga teng bo’lsa, σ – bog’ C–C energiyasini aniqlang.

  14. Agar H – H, C – H va C=C bog’lar energiyalari tegishlicha -435,9, -411,3, -587,8, grafit haydalish issiqligi +715,88 kJ/mol ga teng bo’lsa, oddiy moddalardan etilen standart hosil bo’lish issiqligini aniqlang.

  15. Agar H2Se va H2Te birikmalari hosil hosil bo’lish issiqliklari tegishlicha 85,77 va 154,39 kJ/mol ga teng bo’lsa, bu burukmalar uchun H – Se va H – Te bog’lanishlar o’rtacha energiyalarini aniqlang.

  16. HI dissotsilanish energiyasi 298,4 kJ/mol ga teng. Ultrabinafsha nurlar (λ=2·10-7) bilan HI ni elementlarga parchalash mumkinmi? 5·10-3 g HI ni parchalash uchun qanday energiya Sarflanishi lozim?

  17. Agar N2 va H2 dissotsilanish energiyalari tegishlicha 945,6 va 435,9 kJ/mol ga teng bo’lsa, ½ N2 + 3/2 H2 = NH3 – 46,19 kJ/mol sistemaad N – H bog’lanish o’rtacha energiyasini aniqlang.

  18. Agar oddiy moddalardan asetilen hosil bo’lish standart issiqligi 226,75 kJ/mol ga teng bo’lsa, asetilen molekulasida C≡C karrali (σ va 2π) bog’lanish energiyasini hisoblang. Grafit haydalish energiyasi +715,88 kJ/mol ga, vodorod dissotsilanish energiyasi +435,9 kJ/mol ga teng. C – H bog’ energiyasi – 402,9 kJ/mol ga teng.

  19. Agar HBr molekulasi dipol uzunligi 0,18·10-10 m ga teng bo’lsa, molekula qutbliligini aniqlang.

  20. H2S molekulasi elektr dipol momenti 0,31·10-29 , H2Se niki – 0,08·10-10 m ga teng. Har ikkala molekulaning dipoli uzunligini aniqlang.

  21. PH3 molekulasi elektr dipol momenti 0,18·10-29 Kl·m ga teng. PH3 molekulasi dipol uzunligini aniqlang.

  22. Agar molekula dipol uzunligi 0,03·10-10 m ga teng bo’lsa, p(AsH3) molekula dipol momentini nechaga tengligini aniqlang.

  23. Nitrobenzol C6H5NO2 molekulasi dipol uzunligi 0,82·10-10 m ga teng. Molekula uchun p ni hisoblang.

  24. Agar HCl molekulasi pamal qiymati 3,4·10-30 Kl·m, H–Cl bog’ uzunligi 1,27·10-10m ga teng bo’lsa, qutbli kovalent bog’ hosil qilgan vodorod va xlor atomlari effektiv zaryadlarini aniqlang.

  25. HBr molekulasida vodorod atomi effektiv zaryadi (pamal) qiymati δ= +0,115. Vodorod bromid molekulasi elektr dipol momentini hisoblang.

Download 233.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling