Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Download 1.87 Mb.
|
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Kimyoviy xossalari.Gidrolizlanishi,ya’ni sovunlanish reaksiyasi.
Turli usullar yordamida amalga oshiriladi.Ulardan muximlari quyidagilardir. Yog’larga o’yuvchi ishqorlar ta’sir ettirilganda yuqori to’yingan karbon kislota tuzlari va gliserin xosil bo’ladi. Yuqori karbon kislotalar tuzlari sovunlar deyilganligi sababli bu protses yog’larning sovunlanishi deb xam yuritiladi. Gidrolizlani tezlashtirish uchun ba’zan protses spirtli muxitda olib boriladi. Yog’lar kislota xususiyatiga ega katalizatorlar ishtirokida ba’zan suv ta’sirida xam gidrolizlanadi. Yog’larning bunday xossalari, ularni sanoatda qayta ishlash uchun qulaylik tug’diradi, chunki o’yuvchi ishqorlar yordamida parchalash ( gidrolizlash ) anchagina qimmatga tushadi. Bunday katalizatorlar yog’larning suvda eruvchanligini bir oz oshiradi, ya’ni ularni emulsiyalanadigan qilib qo’yadi. Ana shunday katalizatorlardan birini rus olimi G.S. Petrov taklif etgan bo’lib, ‘’Petrov kontakti’’ deyiladi. U neft maxsulatlariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Yog’lar katalizatorsiz xam suv bilan gidrolizlanadi va ‘’qarama-qarshi oqim gidrolizi ‘’ deyiladi. Bu usul bilan gidrolizlash yuqori temperaturada yuqori bosim ostida olib boriladi va yog’ bilan suv bir-biriga qarama-qarshi oqimda yo’naltiriladi. Natijada yuqori to’yingan karbon kislotalar va gliserin xosil bo’ladi: Bunday usul bilan gidroliz natijasida olingan kislotalar sanoatda sovun va stearin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Fermentlar yordamida gidrolizlanish. Xayvon va o’simliklar organizmidagi yog’lar lipaza deb ataluvchi fermentlar yordamida oson gidrolizlanadi.Lipazalar kishi tanasida va ko’pgina o’simliklar tanasida bo’ladi. Ular faqatgina yog’larni emas, balki deyarli xamma murakkab efirlarni xam parchalaydi.Yog’larni fermentlar yordamida gidrolizlash texnikada keng qo’llaniladigan usuldir. Buning uchun kanakunjut o’simligi urug’ida uchraydigan lipazadan foydaniladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling