Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Download 1.87 Mb.
bet18/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

Yog’larni gidrogenlash.Yog’lar tarkibidagi to’yinmagan kislota qoldiqlariga vodorodning (katalizatorlar ishtirokida yoki katalizatorsiz ) birikishi natijasida to’yingan kislota qoldiqlari xosil bo’lishi yog’larni gidrogenlash deyiladi. Yog’larni gidrogenlash natijasida suyuq moylar qattiq yog’larga aylanadi.Bunday yog’lar turli nomlar bilan yuritiladi.Qattiq yog’larning suyuq moylaridan bir qancha afzalliklari bor. Masalan, qattiq yog’lardan olinadigan sovunlar qimmatli texnik xossalarga ega, qattiq yog’larda qo’sh bog’lar bo’lmaganligidan ularni asrash oson, ya’ni ular saqlab quyilganda buzilib qolmaydi, oksidlanmaydi (achimaydi).
Yog’larning gidrogenlanishini, olein, linol va linolen kislota qoldiqlariga ikki, to’rt va olti atom vodorod birikishi natijasida to’yingan (stearin) kislota qoldig’iga ega bo’lgan yog’ xosil bo’lish misolida ko’ramiz:

Odatda, gidrogenlash protsesini oxirigacha olib boorish uchun katalizator – maydalangan nikel yoki palladiy ishlstiladi; ba’zan pastroq bosim va temperaturadan fsydalaniladi. Gidrogenlangan yog’lar faqat texnik maqsadlar uchun gidrogenlanganda yog’larga sut, tuxum, saryog’ va boshqa maxsulotlar qo’shiladi. Yog’larni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash usulini birinchi bo’lib 1909 yilda rus olimi S.A.Fokin topdi va sanoatga tatbiq etdi. Texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan yog’lar, ko’pincha, baliq moyini gidrogenlab olinadi va ular salomas deb ataladi. Salomasdan surkov moylari va sovunlar tayyorlanadi.


Yog’larning taxirlanishi.Yog’lar uzoq muddat saqlanganda yorug’lik nuri, xavo kislorodi va namlik ta’sirida buziladi, ba’zan ya’ni ta’mi, xidi o’xgaradi. Bu protses yog’larning taxirlanishi deyiladi. Yog’lar oksidlanganda aldegid, kislota va aldegidokislotalar kabi qo’llansa xidli moddalar xosil bo’lishi tufayli taxirlanadi.
Yog’lar xavo kislorodi xamda ultrabinafsha nur ta’sirida xosil bo’lgan ozon ishtirokida oksidlanadi.




Kislota ikki asosli kislota (oksalat kislota)
Sariyog’va eritilgan yog’ tarkibiga kiradigan moy kislota glisiridlari gidroliz natijasida moy kislotani xosil qiladi.
Turli mikroorganizmlar xam yog’larga ta’sir etadi,natijada ketonlar xosil bo’ladi. Ketonlar xam, o’z navbatida , yog’larni yog’larni ta’mini bo’ladi. Shu sababli yog’larni salqin joyda, mumkin qadar yopiq idishda saqlash kerak.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling