Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


- jadval Murakkab efirlarning ishlatilish soxalari


Download 1.87 Mb.
bet14/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

2- jadval
Murakkab efirlarning ishlatilish soxalari

HCOOC2H5

Etilformiat, rom essensiyasi

CH3CH2CH2COOC2H5

Etilbutirat, ananas essensiyasi

CH3CH2CH2COOCH2CH2CH(CH3)2

Izoamilbutirat, nok essensiyasi

(CH3)3CHCH2COOR

Alkilizovaeratlar, olma essensiyasi

CH3COOCH2C6H5

Benzilatsetat, jasmin essensiyasi



Malon efiri-199 oC da qaynaydigan hushbo‘y hidli rangsiz suyuqlik. Malon efiri molekulasida faol metilen guruhi mavjud bo‘lganligi uchun C-H kislota xossasiga ega.



Natriy etilat ishtirokida etil spirti muhitida malon efiri natri dietilmalonat hosil qiladi. Ushbu birikma oson alkillanadi, atsillanadi va boshqa elektrofil reagentlar bilan reaksiyaga kirishadi.



Malon efiri galogenlanadi, nitrozolanadi. Organik sintezda karbon kislotalar, geterotsiklik birikmalar olish uchun ishlatiladi.


Masalan alkilmalon efirlari gidroliz qilinganda alkilmalon kislotalari hosil bo‘ladi. Ular o‘z navbatida oson dekarboksillanib monokarbon kislotalarga aylanadi.



Ftal kislotasining murakkab efirlari rangsiz suyuqliklar bo‘lib, suvda erimaydi. Sulfat kislotasi ishtirokida ftal angidridi va tegishli spirtdan olinadi.


Diallilftalat-polimer kompozitsiyalar tayyorlashda qo‘shimcha sifatida, hamda poivinilxlorid, alkid smolalar uchun plastifikator sifatida ishlatiladi.
Dibutilftalat- polivinilxlorid, nitrotsellyuloza, poliakrilatlar va sintetik kauchuklar uchun asosiy plastifikatorlardan biri. Dibutilftalat hasharotlarni haydovchi vosita (repellent) sifatida ham ishlatiladi.
Dioktilftalat-plastifikator va repellent sifatida ishlatiladi.
Poliefirlar- dikarbon kislotalar yoki ularning angidridlari va ko‘p atomli spirtlar (glikollar va glitserin) dan olinadigan polimerlardir. Tereftal kislotasining dimetil efiri va etilenglikoldan polietilentereftalat polimeri olinadi. Ushbu polimerdan to‘qimachilik sanoatida keng qo‘llaniladigan sintetik tola-lavsan (terilen) tayyorlanadi.
Malein angidridi va glikollardan malein kislotasining poliefirlari-polimaleinatlar olinadi. ushbu polimerlar plastik shisha tayyorlashda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi. Polimaleinatlarda qo‘shbog‘lar borligi uchun “tikilgan” strukturali polimerlar ham hosil qila oladi.



Ftal angidridi glikollar, glitserin yoki pentaeritrit bilan poliftalatlar-alkid smolalari hosil qiladi. Glitserin bilan reaksiya natijasida gliftal smolalari, pentaeritrit bilan esa pentaftal smolalari hosil bo‘ladi.



Alkid smolalari ko‘pincha boshqa komponentlar, masalan to‘yinmagan yog‘ kislotalari va ularning efirlari qo‘shib modifikatsiya qilinadi. SHunday yo‘l bilan quriydigan alkid smolalari olinadi.
Alkid smolalari loklar va bo‘yoqlar tayyorlashda va linoleum ishlab chiqarishda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Butirolakton-204 oC da qaynaydigan rangsiz suyuqlik bo‘lib, butandiol-1,4 va tetrgidrofuranni katalitik okisdlab yoki qahrabo angidridini selektiv qaytarib olinadi. Butirolakton erituvchi sifatida va organik sintezda xosh ashyo sifatida ishlatiladi.






Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling