Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Download 1.87 Mb.
|
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gentamitsin sulfat
- Sizomitsin sulfat
- Eritromitsin
- Degidrostreptomitsin sulfat.
Streptomitsin sulfat
Streptomitsin sulfat – hidsiz achchiq tamli,g’ovak va gigrosopik modda. Suvda oson eriydi, xloroform va efirda deyarli erimaydi. Kuchsiz kislotali sharoitda barqaror modda, lekin kuchli kislotali va ishqoriy muhitda qizdirilganda oson parchalanadi. Streptomitsin vauning hosilalari keng sohadagi antibakterial moddalar hisoblanadi. Streptomitsin sulfat mikrorganizmlar bilan bog’liq bo’lgan quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi: bakterial endokardit, peritonit, miningit, siydik yo’llari infeksiyasi, ichak infeksiyalari, o’lat brutsellyo’z va tuberkulyo’z kasalliklari. Gentamitsin sulfat Gentamitsin sulfat– hidsiz oq kukun modda,suvda oson eriydi. Spirtda amalda erimaydi, gentamitsin antibiotiklarining aminoglikozidlar guruhiga mansub modda hisoblanadi.Gentamitsin sulfat turlihildagi yuqumli kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Pnevmaniya, bronxonevmaniya, plevrit, empiem, peritonit, meningit va infeksiyatushkan jarohatlarda asosiy dori sifatida ishlatiladi. Sizomitsin sulfat Sizomitsin sulfat– antibiotiklarning aminoglikozidlar guruhiga mansub bo’lib ta’sir mehanizmi jihatidan gentamitsinga yaqin turadi. Lekin gentamitsinga nisbatan faolroq modda hisoblanadi. Sizamitsin sulfat oq yoki sarg’ish oq kukun modda. Tibbiyotda 1% va 5% li eritmalari ishlatiladi. Ushbu preparat keng sohali antimikrob dori vositasi hisoblanadi. Sizomitsin og’ir yiringli - septik kasalliklarda (sepsis, miningit, peritonit, septik endokorit), buyrak va siydik yo’llari kasalliklarida kuyish joyaridagi infeksiyalarda qo’llaniladi. Eritromitsin Eritromitsin – antibacterial modda hisoblanib, tarkibida makrosiklik lakton halqa tutuvchi makrolik birikmalar guruhiga kiradi. Eritromitsin achchiq tamli, hidsiz, oq rangli kristall kukun.Suvda yomon eriydi, spirtda oson eriydiva gigroskopik modda.Ta’sir etish mehanizmi bo’yicha penitsilinga yaqin.Lekin penitsilinga nisbatan faol modda. Eritromitsin pnevmaniya, pnevmoplevrit, mastit, osteomielit, peritonit , yiringli o’tit va boshqa yiringli yallig’lanishlarda qo’llaniladi. Degidrostreptomitsin sulfat. Aldegid ( CHO ) gruppasi oksimetil ( CH2OH ) gruppaga aylangan streptomitsinning qaytarilish maxsuloti sulfatidir. Oq rangli kukun yoki 1 o’yiqli massa. Suvda oson eriydi.Kislotalar ta’siri ostida parchalanadi.Streptomitsinga nisbatan ishqor eritmalariga chidamliroq.Qo’llanilish tartib qoidalari streptomitsin sulfatniki kabi. Streptomitsin sulfatga nisbatan allergik reaksiyalarni vujudga keltiradi, biroq, eshitish nervlariga toksik ta’siri kuchli va shuning uchun xam uning qo’llanilish tartibi chegaralanadi. Kanamitsin. Nursimon zamburug’ bilan va boshqa shu turkum organizmlar bilan to’yintirilgan antibakterial vosita. Aminoglikozid antibiotiklar guruxiga kiradi.Kanamitsin keng ta’sir spektoriga ega antibiotik. Ko’plab grammmusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan va yana kislotali muxitga chidamli bakteriya ( xususan tuberkulez mikrobakteriyasi xam ) ga qarshi bakteritsid ta’sir kuchiga ega. Streptomitsin, PASK, izoniazidga chidamli tuberkulez va tubukulezga qarshi preparatlar ( florimitsindan tashqari) mikrobakteriya shtammlariga ta’sir ko’rsatadi.Tetrasiklin, eritromitsin, levomitsin, novobiotsenlarga nisbatan chidamli bo’lganmikroblarga qarshi ko’p xollarda effektiv ta’sir qiladi,biroq neomitsin gruxdagilariga emas. Anaerob bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar va ko’plab tuban o’simliklarga ta’sir qilmaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling