Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Download 1.87 Mb.
|
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizikaviy xossalar.
- Gidroliz soni.
Olinish usullari.Yog’larni tabiiy manbalardan ( xayvon va o’simliklardan ) va sintez orqali olish mumkin. Ammo, yog’larni sintez qilib olish tabiiy manbalardan olishga qaraganda qimmat bo’ladi.Shuning uchun yog’lar, asosan, tabiiy manbalardan quyidagi usullarda olinadi.
Suyuqlantirib olish. Xayvonot yog’I oxista qizdirish yo’li bilan eritiladi ( suyuqlantiriladi ), natijada yog’ ajralib chiqadi. O’simlik moddalarni (asosan, uruglarni) siqib moy olish. Bu usul bilan o’simlik moylari olishda dastlabki moddalar (asosan urug’lar) avvalo bir ozqizdiriladi ( qoburiladi), so’ngra pressda eziladi. Ekstraktlash. Tarkibida yog’ bor modda birorta organik erituvchilarda eritiladi, ya’ni ekstraktlanadi, so’ngra erituvchi bug’latib yuboriladi (xaydaladi) , bunda yog’ning o’zi qoladi. Erituvchi sifatida, ko’pincha, petroley efiri ishlatiladi. Yog’lar yuqorida ko’rsatilgan usullarning biri bilan ajratib olinganda, tozalanmagan yog’ xosil bo’ladi.Uning tarkibida doimo qo’llansa xidli moddalarning aralashmalaribo’ladi.Shuning uchun bunday yog’lar turli usullar yordamida tozalanadi. Masalan, pasaytirilgan bosimda suv bugi bilan tozalash va boshqa usullar kiradi. Fizikaviy xossalar. Yog’lar suvda erimaydi, organic erituvchilarda, masalan, dietil va petroley efirlarda yaxshi eriydi. Yog’larning tashqi ko’rinishi ( konsistensiyasi) xilma xil bo’lib, ular oddiy temperaturada (qattiq masalan, qo’y va mol yog’i), yumshoq (masalan, sariyog’) va suyuq (o’simlik moyi, baliq moyi) xolda bo’ladi. Odatda, suyuq yog’lar moy deyiladi. Yog’larning konsistensiyasi ularning molekulasida qanday alifatik kislota qoldig’i borliliga bog’liq . Yog’lar molekulasida to’yingan kislota (palmitin va stearin kislotalar) qoldiqlari to’yinmagan kislota (olein, linol, linolen kislotalar) qoldiqlariga qaraganda ko’p bo’lsa, u xolda yog’lar qattiq, aks xolda esa suyuq bo’ladi.Bundan tashqari, yog’ molekulasida uglerod atomlarining soni ortgan sari suyuqlanish temperaturasi xam orta boradi, ya’ni yog’ning konsistensiyasi molekulyar og’irlik ortishi bilan o’zgaradi/ Yog’larning konsistensiyasini aniqlashda suyuqlanish temperaturasigina emas, balki gidroliz soni va iod soni xam axamiyatlidir. Gidroliz soni.Yog’lar ishqor eritmasida qizdirilganda gidroliz prossesi sodir bo’ladi.Natijada alifatik kislotalar xosil bo’lib, ular ishqor ta’sirida neytrallanadi.Neytrallanishda tuzlar, ya’ni sovunlar xosil bo’ladi. 1 gr yog’ning gidrolizlanishi natijasida xoil bo’lgan alifatik kislotalarni neytrallash uchun ketgan o’yuvchi kaliy (KOH) milli-gramlar soni yog’ning gidroliz soni deyiladi. Alifatik kislotaning bir molekulasini neytrallash uchun bir molekula KOH sarflanadi. Yog’ molekulasiga kiradigan kislotaning molekulyar og’irligi qanchalik kata bo’lsa, gidrolizlanganda 1 gr yog’dan kislota molekulalari shunchalik kam ajraladi va ularni neytrallashga kam miqdor KOH sarflanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling