Pirodoksalfosfat.
Pirodoksalfosfat- 2- metil- 3- oksi – 4- formil -5-oksimetil- piridinning 5’- fosforli efiri. Yorqin sariq rangli kristall kukun suvda kam eriydi, spirtda amalda erimaydi.Yorug’lik ta’sirida parchalanadi.
Pirodoksalfosfat vitamin B6( piridoksin) ning koferment formasi xisoblanadi. Bu modda vitamin B6 ning kimyoviy xususiyatlari bo’lishi bilan birga unga nisbatan tezroq terapeftik natija ko’rsatadi.
Pirodoksalfosfat preparati teri kassalliklari (qichitqi, ekzema, neyrodermit va psoriaz) ni davolashda yuqori natija beradi.
Pangamat kislota
B15 vitamin, pangamat kislota 1951- yili juda ko’p o’simlik urug’lari, sholi kepagi, achitqi va jigardan ajratib olingan. Uning nomi (pan- hamma yerda, gami- urug’) hamma urug’larda keng tarqalgan degan ma’noni ifodalaydi. Odamlarda bu vitamin yetishmaslik belgilari ma’lum bo’lmasa ham, kasalxonada uning preparatlari jigar, buyrak- tomir kasalliklarida, miya qon tomirlarining skelerotik o’agarishlarida qo’llaniladi. Ximiyaviy jihatdan pangamat kislota D-glyukoronat kislota va atsetat kislota murkkab efirining oktometillangan azotli hosilasidir:
Kalsiy pangamat (vitamin B15 )
Kalsiy pangamat (vitamin B15 )– dimetil glitsin va glyukon kislota efirining kalsiyli tuzi.Kalsiy pangamat o’ziga hos hidga ega oq yoki sarg’ish oqtusga ega kukun. Suvda eridi, spirtda erimaydi, gigroskopik modda.
Kalsiy pangamat moddalar almasinuvida juda faol ishtirok etadi jumladan:
yog’laralmashinuvida organizmda kislorodni o’zlashitirishda, mushaklarda keratin fosfat, jigarda glikogen miqdorini saqlashda muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari kalsiy pangamat ateroskleroz, surunkali gepatit va teri – tanosil kasalliklarida kompleks terapiyaning dori vositalaridan biri sifatida qo’llaniladi.
Kokarboksilaza.
Kokarboksilaza- tiaminning difosforli efiri,o’ziga xos hidli quruq,g’ovaksimon miofil modda gigroskopik, suvda yaxshi eriydi.
Kokarboksilaza biologik ta’sir jihatidan vitaminlar va fermentlarga yaqin turadi. Uglevod almashinuvidakoferment sifatida ishtirok etadi. Oqsil va Mg ionlari bilan birikkan xolda kokarboksilaza fermentni tarkibiga kirib alfa- ketokislotalarni karboksillash, dekarboksillashni katalizlaydi. Tiamin (vitamin B1)organizmga kiritilganda yuqori darajadagi biokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Bunda avval u fosfatlanib, kokarboksilazaga aylanadi.Shuning uchun kokarboksilaza organizm uchun tayyor koferment sifatida qo’llaniladi.
Kokarboksilazaga jigar va buyrak yetishmovchligi, qon aylanishi yetishmovchiligi, periferik nevrit kasalliklarida dori vositasi sifatida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |