Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Download 1.87 Mb.
bet9/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

ALKILARIL EFIRLAR. Alkilaril efirlar arenlarning hosilalari hisoblanadi (alkoksiarenlar).



Alkilaril efirlar asosan fenollarni asoslar ishtirokida alkillab olinadi. Fenollarni kislotali muhitda alkanollar yoki alkenlar bilan alkillash ham mumkin, lekin bunday sharoitda qo‘shimcha sifatida benzol xalqasi bo‘yicha alkillash mahsulotlari ham chiqadi.


Alkilaril efirlar yoqimli hidli rangsiz suyuqliklar yoki kristall moddalardir.
Alkilaril efirlar fenollar kabi elektronodonor xossalarga ega. Bog‘larning qutblanganligi, dipol momentining yo‘nalishi ham fenollarga o‘xshash.
Alkilaril efirlarda O-R bog‘ining qutblanganligi yuqori bo‘lganligi uchun efir bog‘i oson uziladi. Benzol xalqasidagi elektron zichligi katta bo‘lganligi sabab elektrofil o‘rin olish reaksiyalari oson ketadi.
Dialkil efirlarga qaraganda arilalkil efirlarning asos xossalari kuchsiz (pKBH+≈-6…-7). Faqat 60-70 % li sulfat kislotadagina protonlanishni boshlaydi. Proton kislorod atomiga va benzol xalqasiga birikishi mumkin.



Protonlangan holatda O-R bog‘i yanada qutbliroq bo‘lib qoladi va uning geterolitik parchalanishi osonlashadi:



Alkilaril efirlar HBr, HI kislotalari, Lyuis kislotalari bilan qizdirilganda oson parchalanadi. Alkilaril efirlar benzol xalqasi bo‘yicha juda oson alkillanadi, atsillanadi, galogenlanadi, nitrolanadi, sulfolanadi.


Muhim vakillari. Anizol (metilfenil efiri) – 155 oC da qaynaydigan, yoqimli hidli rangsiz suyuqlik, , suvda erimaydi. Fenolni ishqoriy muhitda dimetilsulfat bilan metillab olinadi. Anizol organik sintezda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Gvayakol(o-metoksifenol, pirokatexinning monometil efiri)- 98,4 oC da suyuqlanadigan rangsiz kristall modda. Pirokatexinni metillab olinadi. Gvayakol xushbo‘y moddalar, masalan vanilin va dorivor moddalar olishda ishlatiladi.
Veratrol (pirokatexinning dimetil efiri)- 22,5 oC da suyuqlanadigan, 206,5 oC da qaynaydigan rangsiz modda. Pirokatexinni metillab olinadi. Veratrol xushbo‘y moddalar sintez qilishda ishlatiladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling