Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар


Nuklein kislotalarining fizik-kimyoviy xossalari


Download 1.08 Mb.
bet16/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1508908
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Молекуляр биология билет

Nuklein kislotalarining fizik-kimyoviy xossalari. Nuklein kislotalarining fizik-kimyoviy xossalari ularning yuqori molekulyar massasi va struktura tuzilishiga bog`liq. Nuklein kislotalarga kolloid va osmotik xossalar, yuqori darajadagi yopishqoqlik va eritmaning zichligi, optik xususiyati hamda denaturatsiyaga moyilligi xos. Kolloidlik xossasi hamma yuqori molekulyar birikmalarga tegishli. Nuklein kislotalar eritilganda bo`kib, kolloid ko`rinishidagi yopishqoq eritma hosil qiladi. Nuklein kislotalarining gidrofilligi asosan fosfatlarga bog`liq, eritmadagi molekulalari yaqqol kislotalik xususiyatiga ega polianion ko`rinishida. Barcha nuklein kislotalari fiziologik sharoitdagi pH da polianion holatida bo`lib, oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi ionlar bilan o`ralgan. Qo`sh spiralli nuklein kislotalari bir zanjirligiga nisbatan yomon eriydi.

  1. ДНКнинг иккиламчи структурасини ҳосил бўлишида комплементарлик принципи. Чаргафф қоидаси.

  1. DNK ning ikkilamchi strukturasi. DNK molekulasi nukleotidlar tarkibi tuzilishida, ularning ajratib olingan manbasidan qat’iy nazar, muhim umumiy qonuniyatlar bor. Bu qonuniyatlarni kashf etgan olim nomi bilan Chargaff qoidalari deb ataladi va ular quyidagilardan iborat:

1. Purin nukleotidlari yig`indisi (A+G) soni pirimidin nukleotidlari
yig`indisiga (S+T) teng, ya’ni purinlarni pirimidinlarga nisbati birga teng:
A+G/S+T =1.
2. Adenin qoldiqlarining soni timin qoldiqlari soniga teng, ya’ni adeninning
timinga nisbati birga teng ( A = T yoki A/T = 1).
3. Guanin qoldiqlarining soni sitozin qoldiqlarining soniga teng (G = S yoki
G/S = 1).
4. DNK tarkibidagi 6 ta aminoguruhlar soni 6 ta ketoguruhlar soniga teng: G
+ T = A+S.
5. Faqat A + T va G + S yig`indilari o`zgaruvchan. Agar A + T > G + S
bo`lsa, bu AT-turli DNK; agar G + S > A + T bo`lsa, bu GS - turdagi DNK
bo`ladi.
Bu qoidadan DNK tuzilishi uchun purin va pirimidin asoslarining qat’iy
tartibda mos kelishi (juftlashishi) emas, balki umuman timinning adenin bilan
sitozinning guanin bilan mos kelishi nazarda tutilgan. Nukleotidlarning molekulyar
massasi 330 ga, qo`sh nukleotidlarniki esa 660 ga teng. 1953 yilda Uotson va Krik
DNK ni qo`sh spiral nomini olgan ikkilamchi strukturasi modelini kashf etdilar.
Uotson va Krik modeliga binoan, DNK faraz etiladigan o`q atrofida birbiriga o`ralgan komplementar, ya’ni bir-biriga mos keladigan, ammo bir xil bo`lmagan burama shakldagi ikkita zanjirdan tuzilgan. Bu ikki burama polinukleotid uglevod - fosfat zanjirini hosil qilib, ularga spiral ichida azot asoslari tortilgandir. Ikki zanjir orasidagi azot asoslari vodorod bog`lari orqali ushlab turiladi. Zanjirlar bir-biriga mos kelishi uchun birinchisining purin asosi qarshisida ikkinchisining pirimidin asosi bo`lishi shart. Adenin bilan timin o`rtasida ikkita, guanin bilan sitozin o`rtasida esa uchta vodorod bog`lari bor. Vodorod bog`lari faqat adenin bilan timin va guanin bilan sitozin orasida bo`lganligi, uchun bir zanjirdagi asoslar tarkibi ikkinchi zanjirdagi asoslar tartibini, birin-ketin kelishini belgilaydi. Asoslarning bunday mos kelishiga komplementarlik deyiladi.


  1. Download 1.08 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling