Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар


Download 1.08 Mb.
bet19/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1508908
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Молекуляр биология билет

2. Рекомбинация. Плазмидлар.
Rekombinatsiya — tirik organizmlarda genetik materialning nayedda qayta taqsimlanishi. R. natijasida evolyusion uzgarishlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kombinativ oʻzgaruvchanlik yuzaga chiqadi. R. barcha tirik organizmlar: viruslardan boshlab, yuksak usimliklar va hayvonlargacha xos boʻlgan universal biologik mexanizm hisoblanadi. R. eukariot organizmlarda jinsiy jarayon yordamida, prokariotlarda konʼyugatsiya, transformatsiya va traneduksiya, viruslarda qoʻshma infeksiya orqali sodir boʻladi. R. meyozt gomologik xromosomalarning ajralishi yoki DNK molekulalarining oʻzaro taʼsiri natijasida DNK bir qismining bir molekuladan ikkinchisiga oʻtishi orqali amalga oshiriladi. R. DNK molekulalari urtasida oʻzaro qismlar almashinuvidan (ritseprok R.) yoki molekula bir qismining boshqa molekulaga oʻtib qolishidan (ritseproq boʻlmagan R.) iborat. R. somatik va jinsiy hujayralarda kuzatiladi. Lekin mitozda R. tezligi meyozga nisbatan ancha past boʻladi. R.ning 3 tipi (umumiy, saytspetsifik, notoʻgʻri) uchraydi. Umumiy R., yaʼni krossingovervl DNKning gomologik ketmaketligi oʻrtasidagi almashinish butun genom boʻylab sodir buladi. Natijada komplementarlik asosida har xil rekombinativ DNK molekulalaridan ancha uzun (100 juftga yaqin nukleotidlardan iborat) gibrid molekula shakllanadi. Saytspetsifik R. genomning 10— 20 juft nukleotiddan iborat qatʼiy cheklangan qismlarida (Mas, profaglarning bakteriya genomiga koʻshilishida) sodir buladi. Noto'g'ri R. mexanizmi yaxshioʻrganilmagan. Notoʻgʻri R. nogomologik DNK molekulalarining uzaro taʼsiridan iborat bulib, translokatsiya, inversiya, deletsiya va boshqa jarayonlar bilan bogʻliq. R. orqali genlarning birikish guruhi aniqlanadi; genlarning joylashishini ifodalovchi genetik haritalar tuziladi; fenotipik koʻrinishining oʻxshashligi boʻyicha mutatsiyalarning allelligi koʻrsatiladi. Genetik injeneriya ham rekombinat (gibrid) DNK olishga asoslangan.
Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3–10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning birinchisi transmissibl plasmid bo‘lib, u transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifi y ravishda taqsimlanadi. Shu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotic yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekular
jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi. Plazmidlarning bu xususiyatidan genetik injeneriyada vektor sifatida foydalansa bo‘ladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling