Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар


Транскрипция жараёни ўтиши учун шарт бўлган шароитлар


Download 1.08 Mb.
bet20/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1508908
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Молекуляр биология билет

3. Транскрипция жараёни ўтиши учун шарт бўлган шароитлар. Транскрипция натижасида ҳосил бўлган маҳсулотлар.
Transkripsiya - tirik hujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining birinchi bosqichi; DNK matritsasi asosida iRNK molekulasi sintezlanishi. DNK ga tobe RNKpolimeraza fermenti vositasida amalga oshadi. Ferment T.ning boshlanish joyipromotorni tanib, unga birikadi; DNK qoʻsh zanjirini bir-biridan ajratadi va bu joydan boshlab, DNK zanjirlarining biridan nusxa oladi. Buning uchun ferment DNK zanjirlaridan biri boʻylab siljib boradi va komplementarlik prinsipi asosida sitoplazmadagi erkin nukleotidlarni oʻzaro tutashtirib i RNK zanjirini hosil qiladi. Ferment siljib borishi bilan iRNK uzunligi ortib borib, DNK zanjiridan uziladi; fermentning keyingi qismida DNK qoʻsh spirali yana tiklanadi. RNKpolimeraza fermenti nusxa koʻchirilayotgan DNK qismining oxiri (terminator)ga yetganida sintezlangan RNK matritsa (qolip)dan ajraladi. DNK qismlari har xil joyidan olinadigan nusxalar soni organizm rivojlanishi davomida oʻzgarib turishi mumkin. Katta Samara beradigan initsiatsiya (boshlanish) uchun koʻpincha promotorga nazorat qiluvchi oqsillar (mas., aktivator oqsillar)ning ulanishi lozim. Prokariotlarda iniatsiya bosqichidagi boshqarilishda oqsilrepressorlar qatnashishi mumkin. T.ning oxirini RNKpolimeraza, boshqa qismini maxsus oqsil tanib oladi. T.ning terminatsiya bosqichqdagi boshqarilishda antiterminator oqsillar va oqsil sintezi apparati komponentlari katnashadi. Eukariotlarda ribosomal, informatsion va transport RNK sintezi uchun alogʻida RNKpolimeraza fermenti mavjud. T. birligi skripton yoki operonlar oʻzaro funksional bogʻlangan bir necha genlardan iborat. Eukariotlarda bu genlar har doim monogen boʻladi. Shish qosil qiladigan viruslarda teskari transkriptaza (revertaza) fermenti yordamida axborot RNK dan DNK ga oʻtkazilishi mumkin. Bu jarayon teskari T. deyiladi.
10-БИЛЕТ
1. Прокариот ва эукариотларнинг рибосомасининг тузилиши ва функциялари.
Ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin. Ribosomalar, deyarli barcha hujayralar: prokariot va eukariotlarda uchraydi. Ribosomalar diametri 15,0–35,0 nm (1 nm=10-9 metr). Ribosomalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein
kislotalar mavjud. Ribosoma RNksi yadrodagi DNk molekulasi yordamida hosil bo‘ladi. Ribosoma yadrodagi yadrochadan sintezlanadi va sitoplazmaga chiqariladi. Ribosoma hujayrada oqsil
sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi. Ribosomalarning asosiy vazifasi oqsil sintezlashdir. oqsil sintezi murakkab jarayon bo‘lib, uni faqat bitta ribosoma emas, balki bir necha o‘nlab ribosomalar amalga oshiradi. ularni poliribosomalar deb ataladi.

Рибосомалар иккита субъединица (кичик бўлаклар) дан тузилган. У жуда ихтисослашган мураккаб тузилма. Е.coli рибосомаси энг яхши ўрганилган, унинг массаси 2500кД, седиментация коэффициенти 70 S. Эукариот ҳужайралар цитоплазмасининг рибосомалари бир оз йирик бўлади. Интакт эукариот рибосоманинг седиментация коэффициенти 80 S, у диссоциланган 60 S ва 40 S субъединицалар ҳосил қилади.Кичик бўлакчи 18 S РНК, катта бўлакча эса учта:28 S, 7,8 S (анъанага кўра у 5,8 S РНК деб белгиланиб келади) ва 5 S РНК молекулалари тутади.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling