Молекуляр биология” фани бўйича малакавий имтиҳон топшириш учун саволлар


Download 1.08 Mb.
bet21/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1508908
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Молекуляр биология билет

2. тРНКнинг иккиламчи структураси.
t-RNKlaming ikkilamchi strukturasi muhim ahamiyatga ega. t-RNKlaming polinukleotid zanjiri bir necha o’nlab nukleotid qoldig’idan tashkil topgan bo’lib, har doim erkin fosfat kislotasi bo’lgan guanozin qoldig’i bilan boshlanadi. Azot asoslari orasida vodorod bog’lari hosil bo’lishi tufayli tRNKning «beda bargi»ni eslatuvchi murakkab konfiguratsiyasi vujudga keladi.
3. Рестрикция ва рестриктазалар.
Restriktazalar. Gen muhandisligida foydaliligi nuqtayi nazaridan maxsus
endonukleazalar alohida guruhni tashkil etadi. Tabiatda biror mikroorganizm
hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza
fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. Genlar ustida bevosita muolajalar
o‘tkazish usullarining takomillashtirilishi restriksion endonukleazalar (restriktazalar)ning ochilishi bilan bog‘liqdir. Esherichia coli (E.coli)ning alohida shtammi DNKsi boshqa shtamm hujayrasiga kiritilganda, odatda, genetik faollik ko‘rsata olmaydi. Chunki u maxsus fermentlar–restriktazalar bilan tezda bo‘laklarga bo‘lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil mikroorganizmlardan har
xil restriktazalar ajratib olingan. Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketmaketliklari restriksiya saytlari (nuqtalari)ni tanib kesadigan, gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi. Yot DNKni parchalaydigan har qanday restriktaza fermenti DNKni o‘ziga mos 4–6 ta nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi, natijada to‘mtoq yoki yopishqoq uchli bir nechta DNK bo‘laklari hosil bo‘ladi. Yopishqoq uchli DNK bo‘laklarining qo‘sh zanjiri bir necha nukleotidga siljigan holda bo‘laklarga ajraladi. Xuddi shunday bo‘laklar o‘zaro komplementar juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini plazmida yoki bakteriya virusiga kiritish mumkin. Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turining lotincha nomini bosh harflari va qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosilqilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar (HpaI) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng qo‘llaniladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling