Molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. Termodinamika asoslari. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Ichki energiya


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1222050
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Fizika fanidan



MA’RUZA № 9 
MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYASINING ASOSIY TENGLAMASI. 
TERMODINAMIKA ASOSLARI. QAYTAR VA QAYTMAS JARAYONLAR. ICHKI 
ENERGIYA. 
Mavzu rejasi 
1. Statistik va termodinamik usul. 
2. Molekulyar-kinetik nazariya va uning asosiy qoidalari. 
3. Molekula. Molekulalarning massasi va o„lchamlari. 
4. Ideal gaz qonunlari. (Boyl-Mariot, Gey-Lyussak, Sharl, Dalton, Mendeleev-Klapeyron, 
Avogadro qonunlari). 
5. 5.Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. 
6. Termodinamikaning asosiy tushunchalari. 
7. Qaytar va qaytmas jarayonlar. 
8. Ichki energiya. Erkinlik darajasi. Gazni ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. 
Tayanch so‘z va iboralar:
Molekula, atom, statik va termodinamik usullar, molekulyar kinetik nazariyaning asosiy 
qoidalari, oddiy va murakkab moddalar, Avogadro qonuni, molyar massa, bosim, hajm, harorat, 
Boyl-Mariott, Sharl, Gey-Lyussak, Mendeleev-Klapeyron tenglamalari, molekulyar kinetik 
nazariyaning asosiy tenglamasi, Bolsman doimiysi. Termodinamik sistema, yopiq sistema
termodinamik muvozanat, qaytmas va qaytuvchi jarayonlar, ichki energiya, erkinlik darajasi, 
qattiq molekula, adiabatik jarayon, termodinamikaning I va II qonunlari, sikl, Karno sikli, 
entropiya. 
Molekulyar fizikada juda ko„p sonli zarralar ta‟sirida vujudga keladigan hodisalarni 
tekshirishga to„g„ri keladi. Sistemani tashkil etuvchi ko„p sonli zarralarning ularni dinamik 
nuqtai nazardan xarakterlovchi fizik kattaliklar (tezlik, impul‟s, erkin yugurish masofasi va 
boshqalar) qiymatlari bo„yicha taqsimot qonunlarini aniqlab, bu qonunlar asosida hisoblangan 
o„rtacha fizik kattaliklar yordamida sistema xususiyatlarini o„rganish usuliga statistik usul 
deyiladi. Statistik usul ehtimollik nazariyasidan foydalanishga asoslangan. 
Fizik hodisalarni o„rganadigan dinamik va statik usullardan tashqari termodinamik usul ham 
mavjuddir. Termodinamik usul deb, fizik jarayonda ishtirok etadigan sistemaning ichki tuzilishi 
va sistemani tashkil etuvchi qismlarning holatlariga e‟tibor bermasdan, sistemada sodir 
bo„ladigan energiya aylanishlarini hamda ular orasidagi munosabatlarni aniqlash bilan 
sistemadagi fizik hodisalarni o„rganish usuliga aytiladi. 
Biz atom massasi yoki molekulyar massa deb ataluvchi aloxida atom va molekulalarning 
nisbiy massalari haqida gapirib o„tamiz. (ayrim hollarda atom og„irligi va molekula og„irligi


terminlari ishlatiladi .) Bu massa uglerod atomining 120000 dan bir qismi atom massa birligi 
(a.m.b.) sifatida qabul qilingan. Bu esa kilogramlarda 1 a.m.b. =1.6605x10
-27 
kg
1


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling