Moliya-bozori-doc-2-mavzu pdf


Download 218.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana09.06.2023
Hajmi218.92 Kb.
#1472560
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya-bozori-doc-2-mavzu

Munisipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O'zbekiston
Respublikasining miIliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilmalarining hokimiyat
idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalami chiqarish lo'g'risidagi qaror davlat
hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokirnligi tomonidan qabul qilinadi.
Munitsipal obligatsiyalami chiqarishning eng asosiy masalalaridan biri - bu ulami
ta'minlash masalasidir. Shunga ko'ra, ular qoplanishning quyidagi asosiy
manbalari bilan chiqarilishi mumkin:
Korporativ obligatsiyalar - ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan
obligatsiyalar. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy
quroli bo’lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki
aholi esa, kreditorlar bo'lishadi. Korxonalar obligatsiyalari sanoat korxonalarini
kreditlash jarayonlarida, ya'ni banklar berilgan kreditlarga qarshi ulardan yanada
mayda summalarga bo'lingan qarz majburiyatlari (obligatsiyalar)ni olgan yillarda
paydo bo'ldi. Sanoat obligatsiyalari o’rniga beriladigan bunday kredit ko'pincha
bank kreditining boshqa turlariga qaraganda arzonroq bo'lgan. Sanoat
obligatsiyalari bo'yicha, odatda, ancha yuqori foizlar to'lanar edi. Chunki
obligatsiyalar bo'yicha foiz to'lovlarini korxonaning soliqqa tortiladigan
foydasidan chiqarib tash/ash murnkin bo'lib, aksiyalar bo'yicha dividendlar
esa, soliqqa tortilar edi.
Moliyalash vositasi sifatida obligatsiyalar o'zlarining ustun tomonlari bilan
bir qatorda, kamchiliklariga ham ega. Sanoat obligatsiyalari bo'yicha qat'iy foiz
kompaniya uchun doimiy xarajatlaming o'sishini anglatadi. Tanglikka uchragan
davrlarda bunday xarajatlar dividendlardan farqli ravishda, emitent uchun juda
sezilarlidir, chunki dividendlar kompaniyaning daromadlariga
qarab, ancha past darajada belgilanishi yoki umuman to'lanmasligi ham
mumkin.
Belgilangan daromadga ega bo'lgan korxonalar obligatsiyalarining jozibadorligi
shunda namoyon bo'ladiki, ular aksiyalardan farqli o'laroq, o'z nominal
qiymatidan past bo'lgan kursda sotilishi mumkin, masalan, 1000 so'm o'rniga
970 so'mga. Narxning bunday arzonlashuvi dizajio deb nomlanadi. Shuningdek,
obligatsiyalarni so'ndirish nominal bo'yicha emas, balki ancha yuqori bo'lgan
bozor narxida o'tkazilishi to'g'risida kelishuvga erishish ham mumkin, masalan,
1000 so'm o’rniga 1025 so'mdan. Ustama haqi yoki ajio obligatsiyalarning
tegishli
muddatida (foizli to'lovlar bilan bir qatorda) qo'shimcha daromadni o'zida
namoyon qi1adi.
Rendit (rendite) - obligatsiyalarning umurniy daromadi, obligatsiyalar
shartlarini baholashda muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Odatda, omonatchilar
mazkur qimmatli qog'ozlami ularning nominalidan farq qiladigan narxda xarid
qilishadi. Shuning uchun rendit (daromad) va obligatsiya bo'yicha nominal foiz
bir-biridan katta farq qilishi mumkin.

Download 218.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling