Moliya-bozori-doc-2-mavzu pdf
Aksiya blanklarining majburiy rekvizitlari
Download 218.92 Kb. Pdf ko'rish
|
moliya-bozori-doc-2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- IPO (Initial Public Offering)
- Nazorat uchun savollar
Aksiya blanklarining majburiy rekvizitlari:
1. Aksiyadorlikjamiyatining nomi va manzili. 2. Qimmatli qog'ozning nomi - aksiya. 3 Seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi. 4. Turi (oddiy yoki imtiyozli). 5. Nominal qiymati. 6. Egasining nomi (egasining nomi yoziladigan aksiyalar uchun). 7. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar chiqarilgan kundagi ustav fondining miqdori. 8. Chiqarilayotgan aksiyalar soni. 9. Dividendlarni to'lash muddati. 10. Aksiyadorlikjamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari. 11. Ro'yxatga olish idorasi tomonidan berilgan aksiya kodi va sana. Aksiyadorlik ishining ikki asrdan ortiq tarixi aksiyalar turlarining juda keng to'plamini ishlab chiqdi. Quyida aksiyalarning bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tez-tez uchrab turadigan asosiy turlarini sanab o'tamiz. Aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi. Buning uchun, avvalambor jamiyatning holati, potentsiali va investitsion istiqboli, shu asosda aksiyalar bozori kon’yunkturasi va risklar tahlil qilinib, chiqarilajak aksiyalarning turi, hajmi, soni va chiqarish shartlari, muddati, joylashtirish usullari, tartibi va investorlar (aksiyadorlar) ko‘lami belgilanadi. Bunda aksiyalar emissiyasining umumiy taktikasi va strategiyasi aniqlanadi, aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan emissiya risolasi belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Natijada emissiya risolasi davlat ro‘yhatidan o‘tkazish uchun tayyorlanadi. Hozirda borgan sari amaliyotda IPO (Initial Public Offering) usuli ko‘proq qo'llanilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish chog‘ida aksiyalar birlamchi tarzda ta’sis hujjatlariga ko‘ra yopiq usulda joylashtirilgan deb hisoblanadi. Bunda aksiyadorlar o‘zlariga tegishli aksiyalari qiymatining kamida 30 foizini to'lashlari lozim. Qolgan qismini esa kamida bir yil davomida to'lashlari talab etiladi (agar Ustavda boshqa qisqaroq muddat ko'rsatilmagan bo’lsa). Qo'shimcha aksiyalar esa ochiq yoki yopiq usulda yoki ikkala usul kombinatsiyasi asosida joylashtirilishi mumkin. Yopiq usulda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar qo‘shimcha kapital kiritish, dividend hisobiga, jamiyatning o'tgan yillarda taqsimlanmagan foydasi evaziga joylashtirilishi mumkin. Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin: - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi qaroriga asosan emitentning tugatilishi holida; -jamiyatning reorganizasiya (qo'shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil etiljshi) qilinishi holida; -qimmatli qog'ozlami maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi, konvertasiyalanishi hollarida; - sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida; - agar jamiyat Ustavida qimmatli qog‘ozning muomala muddati cheklangan bo‘lsa. Nazorat uchun savollar 1. Pul bozoriga nimalar kiradi? 2. Aksiyalarning mohiyati nima? 3. Aksiyalarning turlari. 4. Qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlarga nirnalar kiradi? 5. Obligatsiyalar mohiyati va turlari. Download 218.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling