Moliya-bozori-doc-2-mavzu pdf
Aksiyalar va ularning qo‘llanish xususiyatlari
Download 218.92 Kb. Pdf ko'rish
|
moliya-bozori-doc-2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abiyalar kursi
3. Aksiyalar va ularning qo‘llanish xususiyatlari.
Aksiya (fran. action so'zidan olingan) - o'z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qirnmatii qog'oz. Aksiya o'zining faqat unga tegishli sifatlari bilan har xii turdagi qimmatli qog'ozlar ichida alohida o'rin tutadi. Eng avvalo bu - amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog'oz bo'lib, u uni chiqargan aksiyadorlik jamiyati amal qilib turgan muddat mobaynida muomalada bo'lishi mumkin. Aksiya egasi aksiyadorlik jamiyati tugatilgan hollarda uning mol-mulkini taqsimlashda ishtirok etish huquqiga ega. Aksiyalar bo'yicha olingan daromad dividend deb nomlanadi. Dividend, odatda, aksiyadorlik jamiyatining foydasiga bog'liq bo'ladi. Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko'ra katta foydaga ega bo'lsa, unda katta dividend to'lash imkoniyati bo'ladi va aksincha. Agarda foyda mutlaqo bo'imasa, dividend to'lanmasligi mumkin. Biroq, umumiy qoidalardan istisno hollar ham mavjud. Bu, masalan, imtiyozli aksiyalarga tegishli. Odatda, kredit quroli bo'lgan va kredit munosabatlarini o'zida aks ettirgan boshqa qimmatli qog'ozlar turlari (obligatsiyalar, xazina majburiyatiari, depozit sertifIkatlari, veksellar)dan farqli o'laroq, aksiya mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi vositadir. Uning egasi kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig'ilishida u yoki bu qarorga o'z ovozini bergan holda aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega. Aksiyada ko'rsatilgan pul summasi nominal qiymat deb nornlanadi. Aksiya sarmoyadorga birinchi marta sotilganidan keyin bu qiymat aksiyaning fond bozoridagi keyingi harakati uchun hech qanday jiddiy ahamiyatga ega emas va ulush sarmoyasi hajmini tavsiflagan holda axborot xususiyatiga ega bo'ladi. Ko'pchilik, ayniqsa, aksiyadorlik mulki ustun turadigan (AQSH) mamlakatlarda aksiyalar ularda nominal qiymat ko'rsatilmagan holda chiqariladi. Faqat kompaniya ustav sarmoyasi muayyan ulush miqdoriga bo'linganligi ko'rsatiladi. Turli mamlakatlarda aksiyalarning eng kam (minimal) nominal qiymatlari turlicha belgilangan. Aksiyaning bozorda sotiladigan narxi aksiya kursi deb nomlanadi. Bu aksiyalar bahosining asosiy shaklidir. Ushbu narx aksiyaning real qiymatini belgilab beradi. Aksiyalar kursi aksiya bo'yicha olinadigan dividendga bevosita bog'liq bo'lsa, ssuda foizining me'yoriga nisbatan teskari munosabatda bo'ladi. Abiyalar kursi - bu kapitallashtirilgan dividend bo'lib, u pul sarmoyasi summasiga tenglashtiriladi, ushbu kapital bankka qo'yilgan yoki qarzga berilgan holda aksiya bo'yicha olinadigan dividendga teng miqdorda daromad keltiradi. Kurs bahosiga, dividend va qarz me'yoridan tashqari, boshqa omillar ham ta'sir ko'rsatadi, bu haqda keyinroq so'z yuritiladi. O'zbekiston hududida chiqariladigan aksiyalar quyidagi turlarga bo'linadi: Download 218.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling