Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet9/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)


darajalari va omillari
Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYUSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha kо‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (bizning amaliyotimizda bunday qarorlar juda kо‘p va tez-tez uchrab turadi) makro va mikro darajada juda katta hajmdagi yо‘qotish (zarar, ziyon)larga olib keladi. Shuning uchun ham, kadrlarning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salo-hiyatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamona-viy moliyaviy-iqtisodiy vazifa (muammo)larni yechishning asosiy sharti hisoblanadi.

Moliyaviy rezervlar XYUS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xom ashyo va mate-riallarni iste’mol qilishdagi о‘zgarishlar, mehnat unumdorli-gining о‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompa-niyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini belgilab beradi. Xuddi shu narsa bozor sharoitlarining – baho, raqobat-chilarning paydo bо‘lishi, xо‘jalik va boshqa risklarning – о‘zga-rishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar – xо‘jalik faoliya-tining yakuniy natijasi – doimiy ravishda ichki va tashqi omil-larning ta’siri ostida bо‘ladi.

XYUS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va innovatsion-investitsion omillari bilan bog‘liq bо‘ladi.

Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari yesa bozor konyunkturasi, XYUSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni optimallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizi-mini tashkil yetish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari kо‘ri-nishidagi qarz mablag‘larini jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog‘liq. Bir vaqtning о‘zida XYUSga tushumlarning о‘z vaqtida tushishiga, debitorlik qarzlarining kamayishiga yerishish, kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak.

Moliyaviy rezervlarni izlab topish va ularni amalga oshi-rishning asosiy yо‘nalishlari orasida XYUSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda buning asosiy kо‘rsatkichi aktivlarning rentabelligi sanalib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:
R = (F : A) x 100,
Bu yerda: R – aktivlarning rentabelligi;

F – sof foyda;

A– tahlil davridagi aktivlarning о‘rtacha о‘lchami.

Agar sof foydaning yoki netto-foydaning baho va tо‘liq tan-narx о‘rtasidagi farq hamda soliq tо‘lovlari о‘lchamiga kamay-tirilganligidan iborat yekanligi inobatga olinadigan bо‘lsa, aktivlarning rentabelligi faqat bozor konyunkturasiga bog‘liq bо‘lmasdan, balki foydadan olinadigan soliq summalariga ham bog‘liq yekanligi ma’lum bо‘ladi:


S = B - (T + S)
Bu yerda: S– sof foyda;

B– mahsulot bahosi;

T– mahsulot tо‘liq tannarxi;

S– soliq tо‘lovlari.
Aktivlarning rentabelligi kо‘rsatkichi bir sо‘mlik aktivlar-ga (XYUSning butun mol-mulkiga) tо‘g‘ri keluvchi sof foydaning miqdorini kо‘rsatadi va XYUS faoliyatining moliyaviy faolligi-ni о‘zida aks yettiradi. Bu kо‘rsatkichning darajasi XYUS aktivla-rining tarkibiy tuzilishiga – asosiy fondlar aktiv va passiv qismlarining, asosiy va aylanma kapitalning nisbatiga – bog‘liq.

XYUS asosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyi-dagi formula yordamida aniqlash mumkin:


F= (R : A)
Bu yerda: F – fond qaytimi;

R– realizatsiya qilingan mahsulot hajmi;

A – asosiy fondlarning yillik о‘rtacha

qiymati.
Asosiy fondlarning aktiv qismiga (dastgohlar, mashinalar, mexanizmlar va h.k.) qancha kо‘p asosiy kapital joylashtirilgan (qо‘yilgan) bо‘lsa va ular yil davomida qanchalik kо‘p aylanish sodir yetsa, XYUS shuncha kо‘p foyda oladi.

Aylanma aktivlar XYUS kapitalining yeng faol yelementi hisoblanadi. Yil davomida ular aylanishining miqdori (soni) kapitaldan foydalanishning intensivlik darajasini kо‘rsatadi. XYUSning aylanma mablag‘lari yeng faol “ishlovchi” kapitaldir. Shu munosabat bilan kapitalning faollik koyeffitsiyenti alohida ahamiyat kasb yetib, uni aniqlashni formula yordamida quyidagicha aks yettirsa bо‘ladi:
K = K : K,
Bu yerda: K– kapitalning faollik

koyeffitsiyenti;



K– aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital);

K– barcha aktivlar (XYUSning barcha kapitali).

Shuning uchun ham, XYUS rezervlarining butun bir qismi aylanma mablag‘lardan foydalanish, ular aylanishining tezligi bilan bog‘liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zaxiralariga qо‘yilmalar-ni qisqartirish talab yetiladi. Aylanma mablag‘lardan foydala-nish samaradorligini oshirishning rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolyut va nisbiy ozod bо‘lishini (bо‘sh bо‘lishini, bо‘shashini) aniqlash muhim ahamiyatga yega.

Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mablag‘lar haqiqiy о‘lchamlari о‘rtasidagi farq ularning absolyut ozod bо‘lishini (absolyut iqtisod qilinganligini) kо‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bо‘lishi yesa ularning hisobli о‘lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligi tavsiflaydi, о‘tgan davrda ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqatdagi aylanishga xizmat qilish uchun XYUSga qancha aylanma mablag‘lar kerak bо‘lishi mumkinligidan darak beradi.

Nisbiy ozod bо‘lish XYUS aylanma mablag‘laridan foydalanish-ning samaradorlik darajasini xarakterlaydi – ularning shartli ozod bо‘lishini kо‘rsatadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
O = A - Ax (R: R),
Bu yerda: O– aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bо‘lishi;

A– tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag‘-

larning haqiqiy miqdori (yillik о‘rtachasi);



A– bazis (о‘tgan) davrdagi aylanma mablag‘larning

miqdori (yillik о‘rtachasi);



R– hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan

mahsulotlar hajmi;



R – о‘tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan

mahsulotlar hajmi.

Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYUS moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim rezervi hi-soblanadi. Buning natijasida ozod bо‘lgan mablag‘lar investitsiya-larga, innovatsion faoliyatga, aktivlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va h.k.larga yо‘naltirilishi mumkin.

Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydalanish katta ahamiyatga yega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag‘larini jalb qilish yevaziga rentabellik-ning о‘sishiga moliyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYUS qarz kapitalining XYUS о‘z kapitaliga nisbatini kо‘rsatuv-chi moliyaviy faollik koyeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda kо‘rsatish mumkin:


K= K: K,
Bu yerda: K– moliyaviy faollik koyeffitsiyenti yoki

moliyaviy leverij;



K – qarziy kapital;

K – о‘zlik kapitali.
Bu kо‘rsatkich kо‘pchilik hollarda moliyaviy richag (dastak) kо‘rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qо‘shimcha qarz kapitalini jalb qilishning richagi (dastagi) bо‘lib, kompaniyaning о‘zlik ka-pitali maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va kreditorlik qarzlari kо‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitalidan foydalanish ular jalb qilingunga qadar yerishilgan rentabellik darajasidan kо‘ra yuqoriroq bо‘lgan rentabellik dara-jasiga yerishishni ta’minlasagina samarali bо‘lishi mumkin. Bu, о‘z navbatida, XYUSdan qarz mablag‘larini yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqish-ni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki mo-liyaviy richag (dastak) samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabel-likning yangi darajasi XYUS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati о‘tkazib yubo-rilgan kreditorlik qarzlari uchun tо‘lovlarni tо‘lashni yetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarziy mablag‘-lardan foydalanish XYUSning maksimal qо‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy kо‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan:


2.2-chizma. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni

taqsimlashning umumiy kо‘rinishi
Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni tо‘ldirishning barcha manbalaridan (kredit-lar va kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliya-viy faoliyatni yо‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy – kompaniyaning barcha xо‘ja-lik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash – funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, tо‘lash muddati kelgan talabnomalar bо‘yicha tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirsa, tо‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yо‘l qо‘yma-sa, bu XYUSning mustahkam moliyaviy holati va sog‘lom tо‘lovga qobilligining asosiy belgisidir.

XYUSning tо‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debi-torlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylani-shini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyo-satidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xa-rajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yangi texnologiyalar va boshqaruvning innovatsion tizimlarini joriy yetish bо‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak.

Tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
K = (P : M) 1,
Bu yerda: K – tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti;

P– XYUSning barcha pul mablag‘lari;

M – uzish muddati kelgan tо‘lovlar bо‘yicha

majburiyatlar.


Koyeffitsiyentning darajasi birga teng yoki undan katta bо‘l-mog‘i lozim. Ana shu shart bajarilsa, XYUS tо‘lovga qobil hisobla-nadi. Agar muddati о‘tgan kreditorlik qarzlarining umumiy miq-dori va tо‘lovlarning kechikishi belgilangan meyordan oshsa, kre-ditorlarning arizasiga muvofiq tegishli sud bu yerdan kelib chi-quvchi barcha oqibatlarni inobatga olgan holda XYUSni bankrot deb ye’lon qilish jarayonini boshlashi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagilarga alohida ye’tibor qaratmoq lozim:

  • bozorga faol kirish bilan bog‘liq holda XYUS moliyaviy barqarorligining о‘sishiga;

  • bankrotlikning mavjud belgilariga о‘z vaqtida barham berishga (moliyaviy mustahkamlik zaxirasini nazorat qilish);

  • investitsiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirishga;

  • ishlab chiqarish va tovarlar realizatsiyasi xarajatlarini qisqartirish yevaziga foydaning о‘sishiga.

Bunda XYUS foydasining о‘sishiga ta’sir qiluvchi barcha omillardan faol foydalanmoq lozim. Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori о‘zgarishining hisob-kitobi quyidagi tarzda amalga oshirilishi kerak:

– sotilayotgan mahsulot birligiga qilingan xarajatlar о‘zgari-shining foydaga ta’siri. Buni quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
F = (T- T) x Rh,

Bu yerda: F– tannarx omilining ta’siri ostida foydaning

о‘zgarishi (+,-);

T,T– mos ravishda о‘tgan (bazis) va hisobot

yillaridagi mahsulot tannarxi;



Rh – tegishli yildagi realizatsiya hajmi.

– baholar о‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri. Bu ta’-sirni quyidagicha aniqlasa bо‘ladi:



F= (B- B)x Rh,
Bu yerda: F – baho omilining ta’siri ostida foydaning

о‘zgarishi;



B, B– tegishli yillardagi mahsulot birligining

bahosi;


Rh – tegishli yildagi realizatsiya hajmi.
– mahsulot realizatsiyasi hajmi о‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri. Uni quyidagicha aniqlash mumkin:
F = (Rh- Rh)x(F: Rh),

Bu yerda: F – realizatsiya omilining ta’siri ostida

foydaning о‘zgarishi;

Rh, Rh – tegishli yillardagi realizatsiya hajmi;

F – bazis yildagi foyda miqdori.
– realizatsiya qilingan mahsulot assortimenti о‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri. Bu ta’sirni quyidagi tartib asosida aniqlash mumkin:
F = x Rh,
Bu yerda: F – realizatsiya qilingan mahsulot assorti-

mentining о‘zgarishi natijasida

foydaning о‘zgarishi;

q, q – о‘tgan (bazaviy) va hisobot yoki reja

yilida ma’lum assortimentdagi

mahsulotning salmog‘i;

R – о‘tgan (bazaviy) yildagi mahsulot

turining har bir assortimenti bо‘yicha

sotuv rentabelligining darajasi;

n – о‘tgan (bazaviy) yil bilan taqqoslanadigan

mahsulot assortimentlari kо‘rinishlari-

ning soni.


Yuqoridagilarni hisobga olgan holda foyda о‘sishi (kamayi-shi)ning umumiy о‘lchami har bir omillarning foydaga ta’siri yig‘indisidan tashkil topib, uni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
F = F + F+F+ F,

Bu yerda: F – omillarning ta’siri ostida foyda о‘sishi

(kamayishi)ning umumiy о‘lchami

(miqdori);



F– tannarx omilining ta’siri ostida

foydaning о‘zgarishi (+,-);



F– baho omilining ta’siri ostida foydaning

о‘zgarishi;



F – realizatsiya omilining ta’siri ostida

foydaning о‘zgarishi;



F– realizatsiya qilingan mahsulot assorti-

mentining о‘zgarishi natijasida foydaning

о‘zgarishi;
Albatta, foydaning darajasi (miqdori)ga XYUSning soliq siyosati ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, chunki odatda, barcha soliqlar tovar bahosining tarkibiga kiritiladi. Soliqlarning miqdori, ayrim hollarda, bahoning darajasini aniqlashga va demak, talabga ham hal qiluvchi ta’sir kо‘rsatadi. Shuningdek, soliqlar XYUS-ning sof foydasiga ham bevosita ta’sir qiladi, chunki sof foyda balans (umumiy) foyda va uning byudjetga tо‘langan qismi о‘rtasi-dagi farq sifatida hisoblanadi.

Hozirgi sharoitda iloji boricha XYUSlar foydasining asosiy qismi byudjetga olinmasligi va XYUSning ixtiyoriga qoladigan sof foyda uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun yetarli bо‘lmog‘i lozim. Bu, yeng avvalo, investitsiyalarga tegishli bо‘lib, amal (harakat)dagi XYUSlarda ularning manbai sof foyda-dir. XYUSlarda sof foyda bо‘yicha sotuvning rentabelligi (sof foydaning realizatsiya hajmiga nisbati) yuqori bо‘lib, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga yetarli bо‘lishi kerak.

Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYUS faoliyat kо‘rsatish-ning quyidagi parametrlariga yerishishga harakat qilmog‘i lozim-ki, ular XYUS ishining moliyaviy barqarorligi va balansi tarki-biy tuzilmasining ijobiyligidan darak beradi:

– tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti – 1;

– joriy likvidlik koyeffitsiyenti – 2;

– aylanma aktivlarning о‘z aylanma mablag‘-

lari bilan ta’minlanganlik koyeffitsiyenti – 0,1;

– absolyut likvidlik koyeffitsiyenti – 0,2;

– zaxira va xarajatlarning hajmi (о‘lchami)

ularni qoplash manbalaridan kichik yoki ularga

teng () bо‘lishi kerak.

XYUS faoliyatini zararsiz va tanazzulsiz bо‘lishini ta’min-lash uchun kompaniya ishtirokchilari va moliyaviy menejment tomo-nidan bu kо‘rsatkichlar doimiy ravishda monitoring qilib borili-shi va zarur bо‘lgan hollarda ularning darajasi о‘z vaqtida о‘zgar-tirilishi lozim.




10 -mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining

Moliyaviy aspyektlari

Reja:


1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi

2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi

3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish
1. Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
Umumlashtirilgan kо‘rinishda asosiy kapital mehnat vosita-lariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashti-rilgan kapital qiymatining bir qismidir. XYUSning buxgaltyeriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifa-tida aks yettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil yeta-di. Bu aktivlarning boshqa yelementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli joylash-tirish, uzoq muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar, bevosita yoki bilvo-sita asosiy kapitalni kengaytirilgan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnik aso-si shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tyegishli bо‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishi-ni anglatadi:



  • pulli;

  • unumli;

  • tovarli.

Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarili-shini ta’minlaydi.

Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapital-dan farqli о‘laroq asosiy kapital о‘zining istye’mol shaklini birdaniga yо‘qotmaydi, ya’ni davomli muddatda yeskiradi. YAngidan yaratilayotgan mahsulotga u о‘zining qiymatini asta-syekinlik bi-lan, yeskirish darajasiga qarab о‘tkazadi va tо‘liq qayta tiklangun-ga qadar kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizasiya dyeb ataladi va u о‘rnatilgan mye’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.

Ma’naviy yeskirishini inobatga olgan holda mehnat vosita-lari boshlang’ich qiymatini tо‘liq tiklash vaqti amortizasiya davri dyeb ataladi. Bu davr tugaganidan sо‘ng asosiy kapitalga avanslash-tirilgan pulli qiymat о‘z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar о‘tkazilayotgan qiymat asta-syekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizasiya fon-di kо‘rinishida jamg’arilib boriladi. Sо‘ngra istye’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklashga foydalaniladi.

Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buYumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-istye’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mо‘ljal-langanligiga kо‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bо‘linadi:


  • asosiy ishlab chiqarish fondlari;

  • noishlab chiqarish asosiy fondlari.

Ishlab chiqarish jarayonida buYumlashgan-natural shaklda ishtirok yetadigan va kо‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida о‘zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bо‘lib о‘tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.

Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYUSning balansida bо‘lgan va noishlab chiqarish maqsadlari uchun foydala-nishga mо‘ljallangan XYUSning mulklari kiradi. Ular bо‘yicha amortizasiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning yeskirishi munosabati bilan XYUSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati jihatidan bо‘lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bо‘yicha Shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakter-laydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilma-si alohida guruh ichidagi turli kо‘rinishlarining salmog’ini kо‘rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok yetayotgan mehnat vositalari turli kо‘rinish-larining nisbatidan iborat bо‘lib, investisiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini aks yettira-di. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati jihatidan tarki-biy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bо‘yicha ifodalaydi. Kyeyingi yillarda asosiy fondlarning yetarli darajada faol takror ishlab chiqarilmagan-ligi uchun ularning yoshi va yeskirishi ortib bormoqda.

Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgaltyeriya hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlana-di. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:



  • binolar;

  • inshootlar (nyeft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, trans-port xо‘jaligi inshootlari va boshqalar);

  • uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);

  • ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari;

  • о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar;

  • uy-joylar;

  • hisoblash texnikasi va orgtexnika;

  • transport vositalari;

  • instrumyentlar;

  • ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari va buYumlari;

  • ishchi va mahsuldor qoramollar;

  • kо‘p yillik о‘simliklar.

YUqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarkibiga yana tashkilotning mulkida bо‘lgan yer maydonlari, tabiatdan foy-dalanish ob’yektlari (suv, qazilma boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan ob’yektlari ham kiradi.

Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, о‘lchovchi va tartibga soluvchi (о‘zgartiruvchi) qurilmalar hamda priborlar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, instrumyentlar, ishlab chiqarish va xо‘jalik invyentarlari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat pryedmyetlariga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Ularning qolgan qismlari yesa asosiy fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi yeng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:


  • Moliyaviy nuqtai nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi Moliyaviy resurslar tyegishli fondlarining tashkil yeti-lishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning о‘zida ham asosiy kapital, ham aylanma kapital aylanishiga tо‘liq tyegishlidir;

  • Shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga kyeladigan mo-liyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash mu-him hisoblanadi;

  • Joriy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va yeskir-gan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning о‘z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.

XYUS ning Moliyaviy resurslari tarkibida о‘zlik va jalb qilingan pul mablag’lari bо‘lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi istye’mol qilingan asosiy fondlarni almashtirish (yangilash) uchun amorti-zasiya mablag’larining amortizasiya fondida jamg’arilishini kо‘zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob’yektlari bо‘yicha amortizasiya ajratmalari hisoblashni qо‘llash usullariga bog’liq bо‘lmagan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bо‘yicha amortizasiya ajratmala-rining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalar-ning ob’yektlari ryekonstruksiya va modernizasiya qilishda bо‘lsa, yoki ular uch oydan kо‘proq muddatga konsyervasiya qilishga о‘tkazilgan bо‘lsa, bunday holatlarda amortizasiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq tо‘xtatilishi mumkin.

Amortizasiyalashtiriladigan mol-mulklar о‘zlarining foyda-li foydalanish muddatlariga bog’liq ravishda konkryet amortiza-siya guruhlariga birlashtiriladi. Birinchi guruhga foydali foydalanish muddati 1 yildan 2 yilgacha bо‘lgan mol-mulklar kiri-tilsa, oxirgi guruhga yesa foydali foydalanish muddatlari 30 yil-dan ortiq bо‘lgan mol-mulklar kiritiladi.

Amortizasiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalar-ning klassifikasiyalanishini har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi. Amortizasiya guruhlari kо‘rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bо‘yicha ularning foydali foydala-nish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq tо‘lovchining о‘zi tomonidan о‘rnatiladi.

Hozirgi paytda amaliyotda amortizasiya ajratmalarini hi-soblashning ikki asosiy myetodidan foydalaniladi:



  • chiziqli;

  • chiziqsiz.

Amortizasiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli myetodi binolar, inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish muddatlariga bog’liq bо‘lmagan holda qо‘llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa ob’yektlariga nisbatan amortizasiya summalarini hisob-kitob qilishning Yuqo-ridagi ikki myetodidan – chiziqli va chiziqsiz – biri qо‘llanilishi mumkin.

CHiziqli myetod qо‘llanilganda bir oy uchun hisoblangan amor-tizasiyaning summasi Shu ob’yekt uchun aniqlangan amortizasiya nor-masi va ob’yektning dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan qu-yidagicha aniqlanadi:


N = (1/m) x 100%
Bu yerda: N– amortizasiyalashtirilayotgan mol-mulk ob’yekti-

ning boshlang’ich (tiklash) qiymatiga nisbatan

amortizasiya normasi (foizda);

m – amortizasiyalashtirilayotgan mol-mulk Shu

ob’yektining foydali foydalanish muddati

(oyda).
CHiziqsiz myetod asosida amortizasiya normasini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
N = (2/m) x 100%
Bu yerda: 2 – tyezlashtirish koyeffisiyenti.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga kyeladigan о‘z Moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizasiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tuShumlar ham kiradi:


  • foyda, Shuningdyek, Moliyaviy opyerasiyalar va boshqa tashki-lotlarda hissali ishtirok yetishdan olinadigan daromadlarni ham qо‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tuShuvchi pul mablag’lari;

  • mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;

  • XYUSga tyegishli bо‘lgan ijara haqi, lizing tо‘lovlari, dividyendlar, aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bо‘yicha foizlar, realizasiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni realizasiya qilishdan olingan daromadlar;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan yerishilgan foyda.

Ish navbatini о‘zgartirish va dastgohlarni Yuklash koyef-fisiyentining oshirilishi, intyensiv foydalanishning о‘sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv о‘zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tyez о‘zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni oshiradi.

Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag’larining manbalarini ikki guruhga bо‘lish mumkin:



  • maqsadli Moliyalashtirish va tuShumlar;

  • banklarning о‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYUS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va ryekonstruksiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish uchun milliy va xorijiy valYutada olingan qarzlar.

Birinchi guruhning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;

  • taraqqiyotning stratyegik yо‘nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida investisiyalar kо‘rinishidagi byudjet ajratmalari;

  • kichik tadbirkorlikni Moliyaviy qо‘llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari;

  • hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok yetuvchi boshqa XYUS va tashkilotlardan Moliyaviy tuShumlar;

  • va boshqalar.

Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan Moliyaviy resurs-larning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim о‘rinni yegal-laydi.

Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok yetadigan Moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qо‘lga kiritish uchun sarf qilingan Moliya-viy resurslar о‘rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosa-bat bilan Moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natija-sini quyidagi formula orqali kо‘rsatish mumkin:


M = (F : M) x 100%
Bu yerda: M – Moliyaviy samaradorlik;

F – foydaning о‘sgan qismi;

M – Moliyaviy resurslar.
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning Moliyaviy jihat-dan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondla-ridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb yetadiki, uning juda kо‘p aspyektlari mavjud.

Bu yerda, yeng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruvchilar va xo-dim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash aspyekti juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYUSlarning soliq tо‘lovlarini maksimallashtirish maqsadida balans foydaning mak-simallashtirilishini kо‘zda tutadi. Ikkinchi tomondan yesa, foy-dadan soliq tо‘lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investisiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog’i lozim.

Juda kо‘p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaat-lari bir-biriga mos kyeladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aksiyaga tо‘g’ri kyeluvchi foyda summasining о‘sishi orqali aksionyerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb yetadi.

Odatda, daromadlarni maksimallashtirish ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish bо‘yicha tadbirlarni amalga oshi-rish hisobidan yerishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajatlarning qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tyezlaShuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, yangi texnologiyalar va boshqaruv myetodlaridan foydalanish bilan bog’liq.

Boshqaruv qarorlarida oqilona dividyend siyosatini shakllan-tirish muhim ahamiyatga yegaki, u sof foydani dividyendlar tо‘lash-ga va uni jamg’arishga yо‘naltirishga oqilona taqsimlanishini na-zarda tutadi.

XYUS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai nazaridan fa-qatgina Moliyaviy natija yemas, balki о‘zining tarkibiga mehnat haqi va uning о‘sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlari-ni yaxshilashga qaratilgan XYUS harajatlari hisobidan vujudga kyeladigan Moliyaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.

Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYUS Moliya-xо‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umu-miy Moliyaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi kо‘rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi kо‘rsatkichi maydonga chiqadi. U samaradorlikni baholashning mye’zoni bо‘lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling