Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet10/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)


R = (BF : F) x 100%
Bu yerda: R – ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;

BF – balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga

qadar);


F – asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalash-

tirilgan aylanma mablag’larning yillik

о‘rtacha qiymati.
Fond qaytimi kо‘rsatkichi XYUS asosiy ishlab chiqarish fond-laridan foydalanish samaradorligining darajasini xarakterlay-di va u quyidagicha aniqlanadi:
F = (T : F) x 100%
Bu yerda: F – fond qaytimi;

T – realizasiyadan olingan sof tuShum;

F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik

о‘rtacha qiymati.


Fond sig’imi fond qaytimiga nisbatan tyeskari kо‘rsatkich hi-soblanadi va bir sо‘mlik realizasiya qilingan mahsulotga tо‘g’ri kyeluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini kо‘rsata-di. Shuning uchun bu kо‘rsatkichni quyidagicha aniqlash mumkin:
F = (F: T) x 100%
Bu yerda: F – fond sig’imi;

F – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik

о‘rtacha qiymati;



T – realizasiyadan olingan sof tuShum.

Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smyenalik koyef-fisiyenti ulardan foydalanish va ularning Yuklanganlik daraja-sini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning nyecha smyenada ishlaganligini kо‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:


K = H: D yoki K = H : S
Bu yerda: K – smyenalik koyeffisiyenti;

H – kun davomida haqiqatda ishlangan dastgoh (ma-

shina)/soatlar;



D – dastgoh (mashina)larning umumiy soni;

H – bir smyenada haqiqatda ishlangan dastgoh

(mashina)/soatlar soni;



S– bir smyenada maksimal ishlanishi mumkin

bо‘lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni;


Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yeskirish koyeffisiyen-ti yangidan yaratilgan mahsulotga о‘tkazilishi natijasida ular istye’mol qiymatining kamayishi (yо‘qotilishi)ni tavsiflaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
K = (A : F) x 100%
Bu yerda: K – yeskirish koyeffisiyenti;

A– foydalanishda bо‘lgan davr mobaynida asosiy

ishlab chiqarish fondlarining

qayta tiklanishiga hisoblangan amortiza-

siya ajratmalarining summasi;



F– asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlan-

g’ich qiymati.


Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koyeffi-siyenti XYUS investision talabini qondirishning intyensivligi-ni ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:
K = (Q: Q) x 100%
Bu yerda: K – yangilanish koyeffisiyenti;

Q – yil davomida kiritilgan asosiy ishlab

chiqarish fondlarining qiymati;



Q – barcha asosiy ishlab chiqarish fondlarining

yil oxiridagi qiymati.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish koyeffisiyenti yesa yeskirgan ishlab chiqarish apparatining foydalanish (yeksplua-tasiya qilish)dan chiqib kyetish dinamikasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
Q = (Q: Q) x 100%
Bu yerda: Q – chiqish (chiqib kyetish) koyeffisiyenti;

Q– yil davomida likvidasiya qilingan asosiy

ishlab chiqarish fondlarining qiymati;



Q– asosiy ishlab chiqarish fondlarining

yil boshidagi qiymati.


Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining sama-radorligi, kо‘p jihatdan, amortizasiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga yemission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda qayta investisiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birga, bu yerda, yangi texnologik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning Yuklama darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining о‘z vaqtida yangilanishi va chiqib kyetishi, Moliyalash-tirishning mumkin bо‘lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb yetadi.
2. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi
Aylanma kapital XYUS aylanma (о‘zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini о‘zida ifodalaydi. Bu kapital XYUS balansining “Aylanma aktivlar” dyeb nomlangan ikkinchi bо‘limida aks yettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyi-dagi bir nyecha asosiy guruhlarga klassifikasiya qilinadi:

  • takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok yetishini hi-sobga olgan holda funksional mо‘ljallanganligi bо‘yicha;

  • shakllantirish va Moliyalashtirish manbalariga kо‘ra;

  • lividlilik darajasiga qarab;

  • va boshqa belgilariga muvofiq.

Aylanma kapital juda kо‘p funksiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan quyidagilarni alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:

  • takror ishlab chiqarish;

  • rag’batlantirish;

  • taqsimlash;

  • ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;

  • ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;

  • va boshqalar.

Aylanma kapital о‘z funksiyalarini ham pulli, ham natural-buYum shakllarida amalga oshiradi.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan quyidagi ikki tashkil yetuvchi belgilab beradi:



  • aylanma kapitalning natural-buYum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari;

  • muomala fondlari.

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buYum shakllariga, yeng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bо‘lgan quyidagilar kiradi:

  • xom ashyo va asosiy matyeriallar;

  • sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;

  • yoqilg’i;

  • qadoqlash va qadoqlash matyeriallari;

  • joriy ta’mirlash uchun yehtiyot qismlar;

  • invyentarlar va xо‘jalik buYumlari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;

  • о‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;

  • kyelgusi davr xarajatlari;

  • boshqa xarajatlar.

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil yetuvchi muomala fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat:

  • tayyor mahsulot va qayta sotishga mо‘ljallangan tovarlar, ortib jо‘natilgan tovarlar;

  • pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valYuta hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek daftarchalari, dyepozit hisobvaraqlari, bosh-qa tо‘lov hujjatlari);

  • qisqa muddatli (bir yildan ortiq bо‘lmagan muddatda) Moliyaviy qо‘yilmalar – boshqa XYUSlar qimmatli qog’ozlariga in-vyestisiyalar, davlat va mahalliy zayomlarning foizli obligasiya-lari, boshqa XYUSlarga berilgan zayomlar, aksionyerlardan о‘z aksiyalarini sotib olish;

  • dyebitorlik qarzlarining barcha kо‘rinishlari, sotib oluv-chilar va buYurtmachilarning qarzlari, olinuvchi vyeksyellar, shо‘ba va bо‘ysunuvchi jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bо‘yicha ta’sischilarning qarzlari, berilgan avanslar, boshqa dyebitorlarning mablag’lari.

Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli kо‘rinishda shakl-lantiriladi va aylanma fondlarning iqtisodiy yelementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish kо‘rinishida doiraviy aylanishda bо‘ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi XYUS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bо‘lgan moddiy resurslar qiy-matining tо‘lanishi bilan boshlanadi va Shu xarajatlarning mah-sulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum kо‘rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.

Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi sifatida saqlanib qolsa-da, о‘z tarkibiy qismla-rining funksional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi kyetma-kyetlikda о‘zgartiradi: pul mablag’lari – xom ashyo va matyeriallar zaxiralari – tayyor mahsulot – dyebitorlik qarzlari – tuShum kо‘ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital kompa-niya Moliyaviy holatining о‘lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.

Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va Moliyalash-tirish manbalari quyidagilardan iborat:


  • о‘zlik va ularga tyenglashtirilgan mablag’lar;

  • qarz va jalb qilingan mablag’lar.

О‘z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning о‘z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ustav kapitali;

  • foyda;

  • yemission daromad.

YEmission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi dyeb ham Yuritiladi.

О‘zlikka tyenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYUS aylanmasida doimiy ravishda mavjud bо‘ladigan jalb qilingan mablag’lardan iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bо‘yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bо‘yicha garovlar, kyelgusi davr xarajatlarini qoplash bо‘yicha zaxiralar Shu shaklda vaq-tinchalik foydalanilishi mumkin.

Qarz mablag’lari о‘z aylanma mablag’larining yetmagan qismini tо‘ldirishga mо‘ljallangan. Ularning tarkibiga:


  • banklarning qisqa muddatli kreditlari;

  • zayomlar;

  • uzoq muddatli kreditlarning bо‘sh mablag’lari kiradi.

Jalb qilingan mablag’lar:

  • mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;

  • tо‘lanuvchi vyeksyellar;

  • “qiz” XYUSlar va bо‘ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi qarzlar;

  • olingan avanslar;

  • va boshqa kreditorlar kо‘rinishida maydonga chiqadi.

Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini tavsif-lovchi umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlar aylanma mablag’lar aylani-shining soni va aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
A = T : Q,

U = K: A
Bu yerda: A – aylanma mablag’larning aylanuvchanligi;

T – realizasiyadan olingan tuShum;

Q – aylanma mablag’larning yillik о‘rtacha

qoldig’i;



U – aylanma mablag’lar bir marta aylanishining

uzunligi;



K – tahlil davridagi kunlar soni.
Zaxiralarning aylanuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

A = T: Q
Bu yerda: A – zaxiralarning aylanuvchanligi;

T – sotilgan mahsulot tannarxi;

Q – zaxiralarning о‘rtacha qiymati.

Dyebitorlik qarzlarini tо‘lashning kunlardagi о‘rtacha davo-miyligi sotib oluvchilarning schyotlar bо‘yicha tо‘lash tyezligini aks yettiradi va u quyidagicha aniqlanadi:


DQ = DQ : T
Bu yerda: DQ – dyebitorlik qarzlarini tо‘lashning

kunlardagi о‘rtacha davomiyligi;



DQ – dyebitorlik qarzining о‘rtacha summasi;

T – realizasiyadan olingan kunlik о‘rtacha tuShum.
Bu kо‘rsatkichning past darajasi XYUS dyebitorlardan pulni undirish bо‘yicha ishining samaradorligidan darak beradi. Biroq, ayrim hollarda, bu narsa XYUS kredit siyosatining haddan ziyod qattiqligini ham kо‘rsatib, realizasiya qilingan mahsulotlarning uncha katta bо‘lmagan qismi kreditga sotilganligini ham anglatadi.

XYUS Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati samaradorligini ta’min-lashda va Moliyaviy tahlilda sof aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol о‘ynaydi. Umumiy kо‘rinishda sof aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar о‘rta-sidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlarning tarkibiy tuzilmasida kyelgusi davr daromadlari ham kiritilib, ular XYUS ning о‘zlik pul mablag’lari hisoblanadi. Shuning uchun ham, sof aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin:


S = AA – QP
Bu yerda: S – sof aylanma kapital;

AA – aylanma aktivlar;

QP – qisqa muddatli passivlar (kyelgusi davr

daromadlaridan tashqari).


Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish koyeffisiyenti xarakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi:
K = T : S

Bu yerda: K – sof aylanma kapitalning aylanish

koyeffisiyenti;

T – realizasiyadan olingan sof tuShum;

S – sof aylanma kapitalning о‘rtacha qiymati.

Aylanma mablag’larni boshqarishda ularni likvidlilik dara-jasi bо‘yicha strukturizasiya qilish muhim ahamiyatga yega. Bu maq-sadlar uchun likvidlilikning quyidagi ikki kо‘rsatkichidan faol foydalaniladi:



  • joriy likvidlilik koyeffisiyenti;

  • absolYut likvidlilik koyeffisiyenti.

Joriy likvidlilik koyeffisiyenti ma’lum bir sana uchun aniqlanib, uning aniqlanish tartibi quyidagicha:
K = A : QP 2
Bu yerda: K – joriy likvidlilik koyeffisiyenti;

A – aylanma aktivlar (balansning P bо‘limi);

QP – qisqa muddatli passivlar (kyelgusi davr

daromadlarisiz).


Joriy likvidlilik koyeffisiyentining darajasi ikkidan kichik bо‘lmasligi lozim. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, g’arb iqti-sodiyotida uning darajasiga birdan kichik bо‘lmagan hollargacha yо‘l qо‘yiladi.

AbsolYut likvidlilik koyeffisiyenti yeng likvidli aktiv-larning (pullar va qisqa muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar) qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin:


K = (PM + MQ) : QP 0,2
Bu yerda: K – absolYut likvidlilik koyeffisiyenti;

PM – pul mablag’lari;

MQ – qisqa muddatli Moliyaviy qо‘yilmalar;

QP – qisqa muddatli majburiyatlar (kyelgusi davr

daromadlarisiz).


Bu koyeffisiyentning istaluvchi darajasi 0,2 dan iborat bо‘lib, biroq amaliyotda bu narsa о‘z faoliyatining turli davr-larida XYUSning Moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog’liq.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydala-nishning samaradorligi juda kо‘p omillarga bog’liq. U, yeng avvalo, tо‘lov intizomining ahvoli, aylanma mablag’larning turli funk-sional yelementlariga joylashtirilgan qо‘yilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdyek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqit-larsiz Yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, matyeriallar qiyma-tining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning haraka-tini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv mye’yorlash-tirishni hisobga olgan holda), albatta, о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruvchilar va istye’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xо‘jalik aloqalaridan foydalanish, zamonaviy markyetingni amal-ga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizasiya qilinishini tyezlashtirish kabilar kiradi. Tо‘lov qo-biliyatini ta’minlash (mustahkamlash) va mablag’larning aylanuv-chanligini tyezlashtirish maqsadida dyebitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu о‘rinda alohida ahamiyat kasb yetadi.
3. Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish
Aylanma kapitalni Rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bо‘lgan yehtiyojni aniqlash mye-todlari va Rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida о‘ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan tо‘g’ri manyovr qilish, matyerial-larning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.

YUqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki guruhga bо‘linadi:



  • Mye’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar;

  • Mye’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.

Mye’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizasiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Mye’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar yesa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha yelementlarini qamrab oladi. Aylanma kapi-talning о‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’-larning Rejalashtirilishi amalga oshiriladi.

Moddiy aylanma mablag’larni Rejalashtirishning asosini normativ myetodi tashkil yetadi. Unga kо‘ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnolo-gik, joriy zaxiralarni ham qо‘shgan holda zaxiralar normalashti-riladi, moddiy resurslarning barcha kо‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar mye’yori о‘rnatiladi.

Aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish jarayoni bir nyecha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir yelementi bо‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining mye’yori ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining mye’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asos-langan Rejali hajmidan iborat bо‘lib, u yeng avvalo, quyida-gilarni о‘z ichiga oluvchi XYUS ish sharoitiga bog’liq:


  • ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi;

  • ishlab chiqarishga matyeriallarni kiritish davri;

  • mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;

  • mol yetkazib berish partiyalarining komplyeksligi yoki hajmi;

  • matyeriallar sifati;

  • hisob-kitoblar tizimi;

  • va boshqalar.

Mye’yor mye’yorlashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bо‘yicha) bо‘lgan о‘rtacha kunlik yehtiyoj (xarajat)lar-ning hajmi va mol yetkazib berishlar о‘rtacha intyervalining uzun-ligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda о‘rnatiladi. Dyemak, agar ana Shu intyerval, masalan, 24 kunga tyeng bо‘lgan bо‘lsa, Shunga mos ravishda zaxiralar Shu kunlar oralig’ida ishlab chiqa-rish siklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga yetarli bо‘lmog’i lozim.

Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir kо‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining mye’yori asosida mye’yor-lashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bо‘lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar mye’yor kunlarda aniqlansa, u holda aylanma mablag’larning normativi XYUS ning normal faoliyat kо‘rsatishi uchun minimal darajada zarur bо‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan Rejalashtirilgan zaxiralaridan iborat.

Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtirila-digan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi kо‘-rinishga yega:
N = YE x U x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;

YE – aylanma mablag’larga bо‘lgan kunlik yehtiyoj;

U – о‘rtacha intyerval uzoqligi;

B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xom ashyoning zaxira mye’yori 15 kunga, kunlik yehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning baho-si 20 ming sо‘mga tyeng bо‘lsa, u holda pulda ifodalangan normativ-ning darajasi 600 ming sо‘mga (15 x 10 x 20 000) tyeng bо‘ladi.

Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol yetkazib berishlar о‘rtasidagi о‘rtacha intyervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:


N = YE x (U + U) : 2 x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;

YE – aylanma mablag’larga bо‘lgan kunlik yehtiyoj;

U + U – navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning

kunlardagi uzunligi;



B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir yelementlari bо‘yicha norma-tivning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga kyeladi. О‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni jamlash natijasida yig’ma normativ hosil bо‘ladi.

Xom ashyo, matyeriallar va yarim tayyor mahsulotlarning alo-hida turlari bо‘yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib о‘rnatiladi:



  • transport zaxirasi;

  • tayyorlov zaxirasi;

  • texnologik zaxira;

  • joriy zaxira;

  • sug’urta zaxirasi.

Transport zaxirasi Yukning yо‘ldagi kunlari va Shu Yuk uchun hujjatlarni tо‘lash va ularning harakatlanish kunlari sonini о‘z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplyektasiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta ishlash va h.k.larga bog’liq. Bu zaxira mye’yor yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida о‘lchanadi. Texnolo-gik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik mye’yorlar asosida hisoblanadi.

Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi. CHunki u matyeriallarni navbatdagi ikki yetkazib berish intyervali о‘rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlay-di. Maksimal joriy zaxira matyeriallarga bо‘lgan о‘rtacha kunlik yehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intyervali о‘rtasida-gi davomiylikning kо‘paytmasiga tyeng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining о‘sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdyek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning maromiyligini ta’minlash uchun har doim biroz о‘zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi ryezyerv sifatida, odatda, jo-riy ombor zaxirasining 50%i doirasida qabul qilinadi.

Shunday qilib, zaxiraning kunlik mye’’yori transport zaxi-rasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga tyeng bо‘lgan summalar yi-g’indisidan iborat.

Tugallanmagan ishlab chiqarish bо‘yicha aylanma mablag’larni mye’yorlashtirish buYumlarning guruhlari bо‘yicha amalga oshirila-di va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


N = X x U x K
Bu yerda: N – tugallanmagan ishlab chiqarish bо‘yicha aylanma

mablag’larning normativi;



X– mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan

bir kunlik xarajatlar;



U – ishlab chiqarish siklining uzoqligi

(kunlarda);



K – xarajatlarning о‘sib borish koyeffisiyenti.
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xara-jatlar chorak davomida tannarx bо‘yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tyegishli chorakdagi 90 kunga bо‘lib topiladi.

Ishlab chiqarish siklining davomiyligi quyidagilar bilan belgilanadi:



  • bevosita ishlov berish jarayoniga tyegishli vaqt (texno-logik zaxira);

  • ishlov beriluvchi buYumlarning ish joylarida joylashishi (transport zaxirasi);

  • aylanma zaxirasi (ishlov berish opyerasiyalari oralig’idagi vaqtlar);

  • sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bо‘ladigan vaziyatlar uchun).

Xarajatlarning о‘sib borish koyeffisiyenti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buYum о‘rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi.

Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish myenyejmyent va XYUS ishlab chiqarish xodimlaridan inflyasiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talab yega yekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va istye’mol xusu-siyatlariga kо‘ra XYUS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning istye’molchilar talabiga qarab о‘zgarishini qondirishni talab qiladi.



11 -mavzu. Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning ishlab chiqarish

chiqimlari, foydasi va rentabelligi

Reja:


1.Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikasiyalanishi va samaradorligini baholash

2.Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish

3.Rentabellik va uni oshirish yо‘llari
1.Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikasiyalanishi va samaradorligini baholash
“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqim-lari” tuShunchalari bir xil ma’no anglatmaydi. Bu tuShunchalar-ning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bо‘lib, jamiyat nuqtai nazaridan u jonli va buYumlashgan mehnatning barcha hajmini о‘zida mujassam yetadi va mahsulotning qiymatiga tyeng. “Ishlab chiqarish chiqimlari” tuShunchasi, aksariyat hollarda, iqti-sodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar).

Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bо‘lish mumkin:



Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar XYUS tomonidan amalga oshi-rilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xom ashyo va matyeriallar xarajatlari, ijara uchun tо‘lov va boshqalardan iborat. Aniq bо‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qо‘ldan boy berilgan, qо‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari yesa Shu bilan bog’liqki, XYUS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, Shuning о‘zida uning muqobil foydalanish imkoniyatini qо‘ldan chiqaradi. Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydalanishga XYUS ni majbur qiladi. Bunda har doim qо‘ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar yelementlari, dyemak, aniq bо‘lmagan chiqimlar yelementlari mavjud bо‘ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish-ni davom yettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bо‘lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror о‘rtasidagi tanla-nish har doim boshqa maqsadlarga yerishish uchun ongli ravishda yо‘qotilgan yoki rad yetilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi.

“XYUS ning xarajatlari” tuShunchasi “XYUSning chiqimlari” tuShunchasidan farq qilib, ular bevosita Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham, XYUS ning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: foyda olish yoki XYUS ning boshqa maqsadlariga yerishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYUS ning xarajatlari deyiladi.

“Xarajatlar” tuShunchasi “tannarx” tuShunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. CHunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) о‘zida aks yettiradi.

Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)-ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, matye-riallar, yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizasiya qilish boshqa xarajatla-rining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umu-miy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tuShunchalari-dan keng foydalaniladi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xо‘jali-gi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayot-gan mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajatlarni aks yettirish-ning о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan xa-rajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq yetilayotgan so-liq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli va tar-kibiy tuzilishiga bog’liq.

XYUS faoliyatining shart-sharoitlari va yо‘nalishlariga bog’-liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bо‘linadi:



  • ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan xara-jatlar;

  • realizasiyadan tashqari xarajatlar;

Ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan xarajat-lar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:

  • mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ish-larni bajarish, xizmat kо‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy hu-quq) larni sotib olish va realizasiya qilish xarajatlari;

  • asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va yeks-pluatasiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish, Shuning-dyek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish xarajatlari;

  • tabiiy resurslarni о‘zlashtirish xarajatlari;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar;

  • majburiy va ixtiyoriy sug’urta xarajatlari;

  • ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar.

YUqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyidagicha klassifikasiya qilinishi mumkin:

  • moddiy xarajatlar;

  • mehnat haqi xarajatlari;

  • hisoblangan amortizasiya summalari;

  • boshqa xarajatlar.

XYUS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bо‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • moddiy xarajatlar;

  • amortizasiya ajratmalari;

  • mehnatga haq tо‘lash xarajatlari;

  • ijtimoiy yehtiyojlarga ajratmalar;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining о‘zgarishi va boshqa xarajatlar;

  • kyelgusi davr xarajatlari;

  • kyelgusi xarajatlar va tо‘lovlar ryezyervlari

  • va boshqalar.

Realizasiyadan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqa-rish va realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lmaydi.

Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning tannarxi XYUS ning alohida olingan bо‘linmalari bо‘yicha hisoblanadi. U о‘z ichiga Shu bо‘linmaning xarajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYUS xarajatlarining Rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bо‘ladi.

XYUS ning barcha xarajatlarini turli yо‘nalishlar bо‘yicha (u yoki bu klassifikasiyaning asosida nima qо‘yilganligiga bog’liq ravishda) klassifikasiya qilish mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikasiyasi ularning quyidagi belgilar bо‘yicha guruhlarga ajratilishini о‘z ichiga oladi:


  • ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;

  • iqtisodiy yelementlariga kо‘ra;

  • kalkulyasiya moddalari bо‘yicha;

  • mahsulot tannarxiga о‘tkazilish usuliga muvofiq;

  • davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;

  • va boshqalar.

Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi gu-ruhlarga klassifikasiya qilinadi:

  • doimiy xarajatlar;

  • о‘zgaruvchan xarajatlar.

Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bо‘lmay-di. Bu xarajatlar, hatto XYUS faoliyati tо‘xtab qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bо‘ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga о‘z asosiy fondlarining amorti-zasiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim kо‘rinishlari va bosh-qalar kiradi.

О‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda о‘zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom ashyo, matyeriallar, butlovchi buYumlar va yarim tayyor mahsu-lotlar, texnologik yehtiyojlar uchun yoqilg’i va energiya, asosiy ish-chilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog’liq bо‘lgan xarajat-lardan iborat.

Bir vaqtning о‘zida XYUS xarajatlarining doimiy xarajat-lar va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘linishi shartli xarakterga yega. Buning sababi Shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha xarajatlari о‘zgaradi. Shuning uchun ham, ular kо‘p hollarda shartli-doimiy va shartli-о‘zgaruvchan xarajatlar dyeb Yuritiladi. Xarajatlarning bunday bо‘linishidan zararsizlik tahlil qilin-ganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda, Shuningdyek, Moliyaviy Rejalashtirishni amalga oshirishda foydalaniladi. Doimiy xarajatlar va о‘zgaruv-chan xarajatlarning yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish va ryea-lizasiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil yetadi.

Iqtisodiy yelementlariga kо‘ra xarajatlarni quyidagi guruh-larga bо‘lish mumkin:

a) moddiy xarajatlar:

– xom ashyo va matyeriallar;

– sotib olingan butlovchi buYumlar va yarim tayyor mahsu-lotlar;

– yoqilg’i;

– texnologik maqsadlar uchun elektr energiyasi;

– va boshqalar.

b) mehnat haqi xarajatlari;

v) tasdiqlangan yagona ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar;

g) asosiy vositalarning amortizasiyasi;

d) boshqa xarajatlar:

– ijara haqi;

– majburiy sug’urta tо‘lovlari;

– tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;

– va boshqalar.

Iqtisodiy yelementlar xarajat kо‘rinishlari bо‘lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizasiya qilishda aniq bir vazi-fani bajaradi. Xarajatlarning iqtisodiy yelementlarga bо‘lini-shidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning yelementli tarki-biy tuzilmasi xarajatlar u yoki bu kо‘rinishi salmog’iga bog’liq ravishda sanoatning tarmoqlari bо‘yicha farqlanadi. Agar matye-rial sig’imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida mod-diy xarajatlar hal qiluvchi о‘rinni yegallasa, mehnat sig’imli tar-moqlarda asosiy hissa mehnat haqiga tо‘g’ri kyeladi. Energiya sig’im-li tarmoqlar ham mavjud bо‘lib, ularning tannarxida yenyergyetika resurslarining xarajatlari (rangli myetallurgiya, ximiya sanoati, yengil myetallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni yegallaydi. О‘z navbatida, fond sig’imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fond-larning amortizasiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarga tо‘g’ri kyeladi.

Kalkulyasiya moddalari bо‘yicha xarajatlar quyidagilarga bо‘linishi mumkin:



  • xom ashyo va matyeriallar;

  • qaytariluvchi chiqindilar;

  • texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya;

  • asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qо‘shimcha ish haqlari;

  • yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;

  • mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;

  • umumishlab chiqarish xarajatlari;

  • umumxо‘jalik xarajatlari;

  • boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;

  • tijoriy xarajatlar.

Xarajatlarni kalkulyasiya moddalari bо‘yicha klassifikasiya qilinishi mahsulotlarning alohida turlari bо‘yicha uning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga kо‘ra XYUS larning xarajatlari ikkiga bо‘linadi:

  • tо‘g’ri xarajatlar;

  • yegri xarajatlar.

Tо‘g’ri xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar kiradi. Ular Shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Masalan, xom ashyo, asosiy matyerial xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bо‘yicha butlovchi buYumlar bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar ana Shunday xarajatlar hisoblanadi. YEgri xarajatlar butun XYUSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir nyecha turlari-ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tyegishli bо‘lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar Shular jumlasidandir. Bu xarajatlar konkryet turdagi buYumlar-ning tannarxiga qandaydir bir shartli asosga kо‘ra proporsional ravishda, kо‘p hollarda, tо‘g’ri xarajatlarga nisbatan tо‘g’ri propor-sional ravishda kiritiladi.

Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bо‘linadi:



  • mye’yorlashtiriladigan xarajatlar;

  • mye’yorlashtirilmaydigan xarajatlar.

Xarajatlarning bunday bо‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tyegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qо‘llaniladi. Mye’yorlashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foyda-ni hisoblash maqsadida о‘rnatilgan mye’yorlar doirasidagi xarajat-lar kiradi.

CHiqimlarni kamaytirish XYUS ishi samaradorligini oshi-rishning yeng muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yо‘llari ajratilib kо‘rsatiladi:



  • resurslarni tyejaydigan ishlab chiqarish innovasion tyex-nologiyalarni qо‘llash;

  • mehnat unumdorligini oshirish;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash;

  • kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;

  • XYUS taraqqiyotining stratyegik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan stratyegiyani aniq ijro yetish;

  • XYUS ni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomil-lashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslangan-ligini ta’minlash;

  • xom ashyo va matyerial xarajatlarining salmog’ini pasayti-rish, ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga yerishish;

  • markyeting xizmatining samarali ishlashi, XYUS ning markyeting stratyegiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • XYUS dagi yо‘qotishlarning barcha kо‘rinishlarini qisqar-tirish, chiqindilar, ikkilamchi matyeriallar va yenyergoresurslar-dan, yо‘lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish.

XYUS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bо‘lib byudjet-lashtirish (smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni Rejalashti-rish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajat-larni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bо‘yicha XYUS turli bо‘linmalarining harakatini aniqlashga imkon bera-di, bu ishning istiqbolli yо‘nalishlarini aniqlaydi.

Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning о‘rtacha torti-luvchanligiga kо‘ra baholash), mehnat xarajatlari, amortizasiya ajratmalari va ularning boshqa kо‘rinishlarini hisoblash myetodi-kasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi.

XYUS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bо‘ladi-gan Yuqorida sanab о‘tilgan tarkibiy qismlardan (Rejalashtirish, hisob-kitob myetodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab о‘tish kerakki, uni yо‘lga qо‘ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yо‘q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy va о‘zgaruvchan xara-jatlarga bо‘linishiga, XYUSning xо‘jalik Yuritish sharoitlariga bog’liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi.

Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYUS ning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlanti-rish va optimallashtirish bо‘yicha Rejali ishiga, mehnat, moddiy va Moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, istye’molchi-larning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti Yutuqlariga ja-vob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog’liq.


2.Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
XYUS ning barcha Moliyaviy resurslari о‘z mablag’lari hiso-bidan, Moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq muddatli, qisqa muddatli kreditlashtirish va kreditorlik qarzlaridan iborat bо‘lgan qarziy mablag’lar kо‘ri-nishidagi resurslardan tashkil topadi.

XYUSning о‘z mablag’lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:



  • mahsulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum;

  • Moliyaviy opyerasiyalardan kyeladigan daromadlar;

  • investision faoliyatdan olingan daromadlar;

  • boshqa daromadlar.

Shuningdyek, о‘z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushi-shi amortizasiya ajratmalari, chiqib kyetgan mol-mulkni sotish, maqsadli tuShumlar, qurilishda ichki resurslarni mobilizasiya qilish, XYUS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya, obli-gasiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning yemissiyasi va sotilishi natijasida va Shuningdyek, kreditlar hisobidan shakllanadi.

Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tuShumlarga sug’urta qoplamalari, xoldinglar, assosiasiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan Moliyaviy resurslar kiradi.

Investision faoliyatdan resurslar XYUS ga qimmatli qog’oz-lar, boshqa XYUS larga hissali ishtirok yetishdan va h.k.lardan olinadigan dividyendlar va foizlar kо‘rinishida kelib tushadi.

YUqoridagi barcha manbalar hisobidan XYUS ning xarajatla-ri amalga oshiriladi.

XYUSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan о‘zaro aloqalari choraklarga bо‘lingan tarzda tyegishli yil uchun tuziladigan Moliyaviy Rejada о‘z aksini topadi. Moliyaviy Reja XYUS Moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks yettiruvchi asosiy hujjat bо‘lib xizmat qiladi.

Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanilmaydi. Odatda, foyda deganda XYUS, firma, korporasiyalar va boshqa xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ishlab chiqarish-xо‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholov-chi kо‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realiza-siya qilish bilan bog’liq bо‘lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tuShuniladi.

Amaliy faoliyatda yesa “foyda”ning barcha tuShunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:



  • realizasiya qilinadigan tovar (xizmat) lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifa-tida о‘lchanadigan foyda;

  • sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi о‘lchamla-rining farqi sifatida о‘lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tyegishli bо‘lgan foyda (uning kapitallashtirilganligi);

  • foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tuShunish.

Foydaning ma’no-mazmunini aniqlashga bо‘lgan yondaShuvning turlicha yekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim yetaladigan hisobot ma’lumotlarining standart pakyetlariga qarab turib, uning miqdori tо‘g’risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yо‘q.

Faoliyatning Moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYUS lar, kо‘p hollarda, foydaning quyidagi kо‘rinishlariga (tuShuncha-lariga) tayanadi:



  • asos foyda;

  • balans foyda;

  • sof foyda yoki sof daromad.

Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tuShuniladi. Bu kо‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, no-myenklatura pozisiyalari bо‘yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum bо‘lmagan paytda keng assortimyentli buYumlar tayyorlovchi XYUS-lar, birlashmalar bо‘yicha Rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik myetodda aniqlanayotganda qо‘llaniladi.

Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyat-ning barcha turlari bо‘yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat.

Sof foyda yoki sof daromad opyerasion davr mobaynida olin-gan tuShumdan barcha chyegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan sо‘ng vujudga kelishi mumkin. Ma’lum bir miqdorda sof foy-daning (nyetto-foydaning) olinishiga yerishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish о‘zining mazmuniga yega bо‘ladi.

Hisobotlarda foyda quyidagi kо‘rinishlarda aks yettirilishi mumkin:



  • yalpi foyda;

  • opyerasion foyda;

  • sof foyda.

XYUS lar faoliyatining umumiy Moliyaviy natijalari foyda va zararlar tо‘g’risidagi hisobotda о‘z aksini topadi. Bu hisobot Moliyaviy tahlil uchun zarur bо‘lgan quyidagi muhim ma’lumotlar-ni о‘zida mujassam yetadi:

  • mahsulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum summasi;

  • soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi;

  • foydadan olinadigan soliq summasi;

  • XYUS ning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-nyetto) summasi.

Foydani tahlil qilish uchun ayrim kо‘rsatkichlar Yuqoridagi hisobotda mavjud bо‘lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indika-torlar qо‘shimcha tarzda hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari, bu jarayonda XYUS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga yega bо‘lish juda muhim. Shuningdyek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma’lumotni opyerativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi.

Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli man-balarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va zararlar tо‘g’risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan faoliyatning odatdagi kо‘rinishi bо‘yicha daro-madlar va xarajatlar, ikkinchidan yesa, boshqa daromadlar va xara-jatlar sifatida guruhlashtiriladi.

Faoliyatning odatdagi kо‘rinishi bо‘yicha daromadlar va xara-jatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: yeng avvalo, sotilgan tovar-lar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qо‘shilgan qiymat solig’i, aksizlar va Shularga о‘xshash majburiy tо‘lovlar chyegirilgan) olin-gan tuShum va ularning tannarxi о‘rtasidagi farqdan iborat bо‘lgan yalpi foyda aniqlanadi.

YAlpi foydadan tijoriy va boshqaruv xarajatlari chyegirilsa, sotuvdan olingan foyda paydo bо‘ladiki, u faoliyatning odatdagi kо‘rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan sо‘ng boshqa daromad-lar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foy-da hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyida-gilardan iborat bо‘ladi:



  • olinishi lozim bо‘lgan foizlar;

  • tо‘lanishi lozim bо‘lgan foizlar;

  • boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ishtirok yetishdan olingan daromadlar;

  • boshqa opyerasion daromadlar;

  • realizasiyadan tashqaridagi daromadlar;

  • realizasiyadan tashqaridagi xarajatlar.

Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYUS faoliyatining samaradorligini kо‘rsatishdan iborat. Buxgaltyeriya hisobi XYUS ning daromadlari va xarajat-lari, Shuningdyek, uning sof Moliyaviy natijasi – sof foyda – tо‘g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. YUqorida ta’kidlanga-nidyek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanga-nidan sо‘ng uning miqdori soliq qonunchiligiga muvofiq korryek-tirovka qilishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi chyegirilmog’i lozim.

YAlpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bо‘lgan foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha kо‘rsatish mumkin:


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling