Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet13/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)


2.Davlat byudjetining funksiyalari.

Davlat byudjeti mo-liyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bо‘linmalari sin-gari, ikki xil funksiyani bajaradi:



  1. taqsimlash;

  2. nazorat.

Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mo-hiyati namoyon bо‘ladi. Bu narsa davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol kо‘rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsim-lash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatga ega bо‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari (byudjetga tо‘lovlar) mil-liy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana Shu ulush qismlarga bо‘linadi va kо‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni Moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yо‘naltiriladi.

Aholining byudjetga tо‘lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega. Ularning byudjetga turli soliqlar shaklida (kо‘rini-shida) kelib tushishi ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlar tomo-nidan turli kо‘rinishdagi soliqlarning byudjetga tо‘lanishi ham bu mablag’larning kо‘p sonli taqsimlash bosqichlaridan о‘tishini taqozo etadi. CHunki juda kо‘p hollarda bu mablag’lar ancha oldinroq byudjet yordamida taqsimlanish bosqichidan о‘tib, ijtimoiy sohaga ular byudjet assignovaniyalari shaklida yetib borgan bо‘ladi.



Dyemak, kо‘rinib turibdiki, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali bir nyecha marta taqsimla-nishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.

Amalga oshiriladigan opyerasiyalar kо‘lamining kengligi (ma-sshtabligi), pul oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maq-sadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash funk-siyasining ikkinchi xususiyati hisoblanadi. YAlpi ichki (milliy) mah-sulot (milliy daromad)ning kattagina qismini taqsimlab, byudjet turli maqsadlarga mо‘ljallangan kо‘p sonli fondlarni shakllanti-radi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha bо‘linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.



Davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati Shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy ob’yekti bо‘lib jamiyatning sof daromadi (qо‘shilgan qiymat soli-g’i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Byudjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslar-ning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdyek, byudjet mexanizmi orqali xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar о‘rtasida ham mablag’lar qayta taqsimlanishi mumkin.

Byudjet kanallari bо‘yicha qiymatning jamg’arish va istye’mol fondlari tomon harakati sodir bо‘ladi. Iqtisodiyotga xarajat-larning ma’lum bir qismi, markazlashtirilgan investisiyalarni Moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarning asosiy qismi byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy ryezyervlari о‘sgan qismining barchasi ham tо‘liq ravishda byudjetdan Moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti ijtimoiy istye’mol fondlarini shakllantirishning aso-siy manbai bо‘lib xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari uchun istye’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi.

Byudjet orqali taqsimlash jarayoni kо‘p bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, byudjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsim-lanishi) sodir bо‘ladi. Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan Moliya-lashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning bо‘lin-malarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (mil-liy) mahsulotning ayrim elementlari byudjet orqali kо‘p marta-lab ham о‘tishi (taqsimlanishi) mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug’urta fondiga tо‘lovlari byudjet-li taqsimlashning mahsulidir. CHunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan Moliyalashtirish asosida vujudga kyeladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan о‘tib, ular yana byudjetga ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi.

Shunday qilib, Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning kо‘p martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida namoyon bо‘ladi, jamiyat tomo-nidan iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, sa-n’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalaniladi. Faqat Davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning ana Shunday xilma-xil shakllari va myetodlari taqdim etilgan.

Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bо‘linmalarida ah-volning qandayligi tо‘g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’min-lab turadi.

Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjet assignova-niyalarining yо‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almaShuv va istye’moldagi muvaffaqiyat va kamchilik-larni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning vujudga kyelayotganligi, rivojlanish sur’at-laridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bо‘layotgan taqsim-lash jarayonlarining tо‘g’riligi va о‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarish-ning samaradorligi va hokazolar tо‘g’risida gо‘yo signal berib tura-di. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning mo-liyaviy ahvoli, albatta, Davlat byudjeti bilan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlarda – soliqlarda, tо‘lovlarda, byudjetdan Moliyalash-tirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini о‘zlashtirishda va hokazolarda – о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Dyemak, byudjet orqali rye-jadan farqlanish (og’ish), tarmoqlararo Moliyaviy aloqalar va dav-riy qisman disproporsiyalar, fondlarning hajmi, mablag’lar-ni о‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi о‘zgarishlar yaqqol kо‘rinib turadi. Bularning barchasi Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, univyersallik xarakterini beradi (bi-rinchi xususiyat). Bu esa, о‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni opyera-tiv boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.

Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tyegishli bо‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat Moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining Yuqori darajada markazlash-tirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim Yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishi-ni, ma’lum kyetma-kyetlikda bо‘ysunishning tizimliligini anglata-di. Bu esa, о‘z navbatida, Yuqoridan quyigacha davlat Moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi.

Qattiq majburiylik, impyerativlik Davlat byudjetining na-zorat funksiyasiga tyegishli bо‘lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bо‘lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iq-tisodiyotni boshqarishning instrumyentlaridan biri bо‘lib hisob-lanadi. Nazorat funksiyasining byudjetga ob’yektiv ravishda xos-ligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat hu-quqiy asosiga ega ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham byudjet nazorati eng ta’sirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshirish natijasida sub’yektlarning Moliyaviy faoliyatiga opyerativ ravishda aralaShuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qо‘llashi mumkin.

Byudjetga ob’yektiv ravishda xos bо‘lgan nazorat funksiyasi davlat tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qо‘llani-ladi. Byudjetni Rejalashtirish jarayonlarida va byudjetni ijro etishda sub’yektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni kо‘zda tutadi:

1) Davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini mobilizasiya (jalb) qilish;

2) mablag’larni sarf etishda ularning qonuniyligini ta’min-lash;

3) Moliyaviy (byudjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarish-ning samaradorligini oshirish.

Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ifoda etib, byudjetni Rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda о‘zini namoyon etadi.

Byudjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari о‘z harakat-lari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir.

Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fond-ning о‘lchamiga (hajmiga) tyegishli hisoblanadi. Bunda turli fond-larning nisbatlari, ular о‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miq-doriy paramyetrlarini tо‘g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byudjetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki ka-maytirish yо‘li bilan uni kо‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana Shunday taqsimlash-ning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini kо‘rishga (aniqlashga) imkon beradi.

Taqsimlashning sifat tomoni byudjetning sub’yektlar fao-liyatiga har tomonlama faol ta’sir kо‘rsatib, chuqur aloqalarni о‘zida ifodalaydi. Byudjetdan Moliyalashtirishdan tо‘g’ri foyda-langan holda fondlarning shakllantirilishi byudjet mablag’lari-ning iqtisod qilib, samarali foydalanishiga, iqtisod ryejimiga rioya qilinishiga, sub’yektning barcha bо‘linmalarida samarador-likni oshirishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bunga byudjetning taq-simlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bо‘ysundirilganda emas, balki u sifat kо‘rsatkichlariga ham bog’langandagina erishi-lishi mumkin. Bunda byudjetning nazorat funksiyasi ham о‘zining nimaga mо‘ljallanganligini biroz о‘zgartiradi – u faqat fond-larning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi tо‘g’risida emas, balki ana Shu nomuvofiqliklar sifat kо‘rsatkichlariga ham ta’sir kо‘r-satganligi tо‘g’risida signal beradi.

Davlat byudjetining ikki funksiyasidan foydalanish nati-jasida byudjet mexanizmi vujudga kyeladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat Moliyaviy resurslarni davlatning qо‘li-da akkumulyasiya qilish va ularni byudjet kanallari bо‘yicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tuShuniladi. Bu mexanizmning dyetallari juda kо‘p: soliqlar va byudjetga tо‘lovlar, byudjetdan Moliyalashtirishning turli shakl-lari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana Shu-lar jumlasidandir. Byudjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tyegishli bо‘lgan dyetallarning о‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liqligi bilan belgilanadi.
3. Davlat byudjetining ahamiyati.

Davlat byudjeti mamlakat-ning Moliya tizimida markaziy о‘rinni egallaydi. Markazlash-tirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi Moliyaviy resurslar davlatning qо‘lida tо‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustu-vor yо‘nalishlar uchun Moliyaviy resurslarni konsyentrasiya qilish-da asosiy instrumyent bо‘lib xizmat qiladi.

Ustuvor yо‘nalishlarga Davlat byudjeti yordamida Moliyaviy resurslarni konsyentrasiya qilish bir nyecha usullar yordamida amal-ga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyot yetakchi tar-moqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjet assignovaniyalarining hajmi oshiriladi. Bosh-qa hollarda esa, о‘sha syektorlardan mablag’larni Davlat byudjetiga olishda qulay ryejim (sharoit) yaratiladi.

Davlat byudjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivoj-lanishida asosiy manba rolini ham о‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tar-moq vujudga kyelayotgan bо‘lsa, uning paydo bо‘lishini hozirgi sha-roitda byudjetdan Moliyalashtirishsiz tasavvur etib bо‘lmaydi.

Faoliyat kо‘rsatayotgan sub’yektlarning Moliyaviy barqarorli-gini ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’yek-tiv va sub’yektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’yektlar-ning о‘z Moliyaviy resurslari ularning sog’lom faoliyat kо‘rsatishi uchun yetarli bо‘lmay qolganda chyetdan mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda Davlat byudjeti tartibga soluvchi man-ba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida Davlat byudjetining mablag’lari sub’yektlarning о‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan sо‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.

Sub’yektlarning faoliyatini Moliyaviy resurslar bilan ta’-minlashda Davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi shakllarda bо‘lishi mumkin:

– Moliyaviy resurslarga bо‘lgan yangi talabni kyelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;

– Moliyaviy resurslarga bо‘lgan qо‘shimcha ehtiyojni mavjud bо‘lgan byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kredit-larini bir ob’yektdan ikkinchisiga о‘tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning о‘zlariga taqdim etilgan Moliyaviy resurslarni tо‘liq о‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;

– qо‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobi-dan qoplash va boshqalar.

Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini tyexni-kaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashti-rilgan investisiyalarni Moliyalashtirish, eng avvalo, ana Shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini Moliyalashti-rish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari-ni saqlash, fuqarolarning о‘z-о‘zini boshqarish organlarini Moliya-lashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ka-bi vazifalarning о‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat byudjetining ahamiyati juda byeqiyosdir.
15-mavzu: Davlat byudjeti daromadlari.

Reja.


1. Davlat byudjeti daromadlarining mohiyati, manbalari .

2.Davlat byudjetining soliqli daromadlari .



3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari
Davlat byudjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bо‘lib, u davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.

Davlat byudjeti daromadlarining bosh moddiy manbai milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadni davlat tomonidan о‘zlashtirish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy daromad davlat tomonidan о‘zlashtirilishi quyidagi uch asosiy usul vositasida amalga oshirilmoqda:



  1. Soliqlar.

  2. Davlat krediti.

  3. Bank tizimining kreditlari.

Shunisi xarakterliki, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda va milliy daromadni davlat foydasiga qayta taqsimlashda birinchi usul ustuvor ahamiyatga ega. Buning boisi Shundaki, soliqlar moddiy va ijtimoiy mazmunga ega. Ular takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi va ishlab-chiqarish munosabatlarining maxsus shakli sifatida milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Buning ustiga, davlat soliqlardan о‘z daromadlarini shakllantirishning asosiy usuli sifatida tashkil topgan vaqtidan boshlab foydalanib kyelmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoning dyeyarli barcha mamlakatlarida soliqlar davlat byudjeti daromadlarining birlamchi manbai hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, YAponiya, Gyermaniya, BuYuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanadada soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizgacha bо‘lgan qismini, AQSHda esa 70 foizdan ortiq qismini tashkil etadi.

Davlat byudjetining daromadlari turli belgilarga kо‘ra tasniflanadi. Hozirgi vaqtda ularni tо‘rt asosiy belgisiga kо‘ra tasniflash keng qо‘llaniladi.

Davlat byudjetining daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:

a) Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;

b) aholidan olinadigan soliqlar;

v) hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan daromadlar;

g) bank tizimining kreditlari;

d) davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar;

ye) xorijiy mamlakatlardan va halqaro tashkilotlardan olingan kreditlar va Moliyaviy yordamlar;

yo) boshqa daromadlar.

Davlat byudjetining daromadlari undirish usuliga kо‘ra ikkiga bо‘linadi:

a) soliqli daromadlar;

b) soliqsiz daromadlar.



Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi:

a) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i;

b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

v) qо‘shilgan qiymat solig’i;

g) aksiz solig’i;

ye) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yo) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

j) mol-mulk solig’i;

z) jismoniy shaxslardan transport vositalariga byenzin, dizyel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

i) yer solig’i;

k) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

l) boshqa soliqlar va yig’imlar.

Davlat byudjetining daromadlari mamlakatning davlat qurilishiga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:

1) Unitar davlatlarda:

a) markaziy byudjetning daromadlari;

b) mahalliy byudjetlarning daromadlari.

2) Fyedyeral davlatlarda:

a) markaziy byudjetning daromadlari;

b) fyedyerasiya sub’yektlarining byudjet daromadlari;

v) mahalliy byudjetlarning daromadlari.

Davlat byudjeti daromadlarini yana ikkita mezonga kо‘ra tasniflanishini maqsadga muvofiq dyeb hisoblaymiz:

1) davlat byudjeti daromadlarining barqarorlik darajasiga kо‘ra tasniflash;

2) davlat byudjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash.

Bizning fikrimizcha, davlat byudjeti daromadlari barqarorligiga kо‘ra barqaror va nobarqaror, qiymat jihatidan Yuqori xarajatli va kam xarajatli daromadlarga bо‘linishi lozim.

Shunisi xususiyatliki, har bir davlatda uning rivojlanish darajasi, xо‘jalik sub’yektlarining hukumatga bо‘lgan ishonchi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari davlat byudjeti daromadlariga bevosita va kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun davlat byudjeti daromadlarini barqarorligi va qiymat jihatdan tasniflashda ana Shu xususiyatlar hisobga olinishi maqsadga muvofiq.

Fikrimizcha, qiymat jihatdan eng kam xarajatli daromad – bu soliqlar hisoblanadi, chunki ular davlat foydasiga qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladigan majburiy tо‘lovlardir.

Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar Yuqori xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, xukumatning qimmatli qog’ozlariga nisbatan Yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda, hukumatning obligasiyalariga va xazina vyeksyellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining dyepozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan Yuqori bо‘lgandagina ularni sotib oladilar. Buning ustiga, hukumat obligasiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflyasiya darajasini hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflyasiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda tо‘lanadi. Ikkinchidan, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Fyedyerasiyasida va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligasiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Dyemak, davlat byudjetiga soliq tuShumlarining bilvosita kamayishi Yuz beradi.

Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat byudjeti xarajatlarini va defisitini qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham davlat byudjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro byudjet amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatayaptiki, rivojlangan mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan Yuqori stavkalar bо‘lib, ular Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga Yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi.

О‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida» gi Qonuni hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, mazkur qonunda davlat byudjeti daromadlarini tasniflashning ikki mezoniga, ya’ni daromadlarni davlat qurilishiga kо‘ra va tashkil topish manbalariga kо‘ra tasniflash mezoniga amal qilingan. Xususan, qonunning 15-moddasida Respublika byudjeti daromadlarining tashkil topish manbalariga kо‘ra turlari о‘z aksini topgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bо‘yicha davlat Moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari;

4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari;

5) ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan tо‘lovlar;

6) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.

Qonunning 18-moddasida esa mahalliy byudjetlarning daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra aks ettirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yо‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy tо‘lovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga о‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar;

3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

4) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari;

5) Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari;

6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari;

7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Dyemak, davlat byudjeti daromadlarining mohiyatini tо‘liq ochish uchun ularni 5 ta mezonga asosan tasniflash maqsadga muvofiqdir.

Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil qilishi, byudjetning iqtisodiyotni tartibga soluvchi vazifasini kuchaytiradi. Daromadlar tarkibida egri soliqlarning ulushi ortishi mamlakat ishlab chiqarish quvvatiga, iqtisodiyotning taraqqiyotiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, о‘tish davrida bu ayniqsa muhim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, egri soliqlarning iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati kattadir. Egri soliqlar undirishning oddiyligi bilan ajralib turadi, ularni qо‘llash ishlab chiqarish pasayib kyetayotgan sharoitda ham byudjetni mablag’ bilan ta’minlab turish imkonini beradi.
2.Davlat byudjetining soliqli daromadlari .

Rivojlangan xorijiy davlatlarda davlat byudjeti daromadlarining 90 foizdan ortiq bо‘lgan qismi soliq tuShumlari hisobidan shakllanadi. Buning asosiy sabablari bо‘lib, soliqlarning fiskallik va iqtisodiy funksiyalarining mavjudligi hisoblanadi

Tarixan soliqlar har qanday davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbalaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Soliq tuShumlari hisobidan davlat qurilish va jamiyatni ta’minlash uchun zarur bо‘lgan pul mablag’lari jalb qilinadi. О‘zining mohiyatiga kо‘ra soliqlar davlat byudjetining Yuqori daromadli manbalaridan biri hisoblanadi. Buning boisi Shundaki, birinchidan, soliqlar davlat byudjeti tomonidan qaytarib bermaslik sharti bilan undiriladi; ikkinchidan, ular byudjetning davlat xarajat qilmaydigan qismi hisoblanadi.

Byudjet daromadlari solik va solikdan tashkari manbalardan shakllanadi. Solikdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari – bu yangidan yaratilgan kiymat va uning dastlabki kayta taksimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish xaki, kushilgan kiymat, ssuda foizi, ryenta, dividyendlar va boshkalar), Shuningdyek jamgarmalardir.

Solikdan tashkari daromadlar yo davlatning uz iktisodiy faoliyati yoki ilgari olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari buyicha kayta taksimlanishi natijasida Yuzaga kyeladi.

Soliklar – bu davlat (markaziy yoki maxalliy xokimiyat) Yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy tulovlar xisoblanadi. Agar ularning moddiy mazmuniga e’tibor kiladigan bulsak, soliklar – milliy daromadning xujalik Yurituvchi sub’yektlar va axolidan umumdavlat extiyojlari uchun undiriladigan kismini tashkil kiladi.

Soliklar rivojlangan tovar ishlab chikarishning muxim kategoriyasi bulib, albatta yanada kengrok kategoriya – davlat byudjeti bilan chambarchas boglangan. CHunki soliklar byudjetining shakllarishida ishtirok etadi. soliklar fiskal (xazina daromadlarini tuldirish) va ragbatlantiruvchilik vazifalarini bajargan xolda yagona byudjet jarayonida ishtirok etadi.

Birinchi vazifa byudjet daromadlarini bajarish uchun axoli va korxona daromadlarining bir kismini olish (olib kuyish) yо‘li bilan olib boriladi, ikkinchi vazifa esa, myexnat resurslarni tyejamkorlik bilan ishlatish, ishlab chikarishni kengaytirish va texnika bilan kayta qurollantirishi motivlariga iktisodiy dastaklar orkali ta’sir kursatishda о‘z ifodasini topadi.

Soliklar tasnifi davlat byudjetining jami daromadlari kabi birkancha belgilar buyicha amalga oshiralid. Ularga kuyidagilar kiradi: soliklarni undirish va ularni usullari; solik (solikka tortish) ob’yekti (tarmok, idora, ularning axamiyati); ular tuShum buladigan byudjetlar darajasi. Undirish shakllariga kura soliklar tugri (bevosita) va egri (bilvosita) soliklarga bulinadi. Egri soliklar tovar mikdoriga kushiladi. Odatda bunday soliklar byudjetga korxonalar, tashkilotlar va boshka xujalik buginlaridan tushsada, aslida ularning xakikiy tulovchilari tovarlar va xizmatlarning istye’molchilari xisoblanadi, chunki ular narxdagi solik mikdorini koplaydilar.

Tugri solikklar jismoniy va Yuridik shaxslarning daromadlarini bevosita kamaytiradi, chunki bu soliklar daromadlar (foyda, kapital, ish xaki)dan, Shuningdyek, mulkning ayrim turlari (kuchmas mulk, yer tabiiy resurslar va boshkalar)dan undiriladi. Tugri soliklar ishlab chikarish (muomala) xarajatlariga kiritilishi mumkin yoki bevosita daromadlardan undiriladi.

О‘zbekiston Respublikasining unitar tuzilishi О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida ikki xil soliqlar bо‘lishini: umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig’imlarning mavjudligini belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimida 20 dan ortiq soliq va yig’imlar mavjud bо‘lib, asosiy ulush umumdavlat soliqlariga tо‘g’ri kyeladi.

Anik bir solik turini xisoblash tartibini byeglashda asosiy narsa – solikka tortish ob’yektidir. Bevosita solikka tortish ob’yektlariga jami turdagi resurslar, daromadlar, mol-mulk, yegri solikka tortish ob’yektiga ayrim tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan pul aylanmasi (yoki uning bir kismi) kirishi mumkin. Axamiyatga kura umumdavlat va maxalliy soliklarga bulinadi. Umumdavlat soliklari markaziy xokimiyat organlari byudjetiga, maxalliy soliklar butkul maxalliy byudjetlarga tushadi. 2002 yil 1 yanvar xolatiga kura umumdavlat soliklariga kuyidagilar kiradi:

1. Yuridik shaxslar daromad (foyda) soligi;

2. kichik korxonalarni yagona solikka tortilishi;

3. jismoniy shaxslar daromad soligi;

4. kushilgan kiymat soligi;

5. aksiz soligi;

6. yer octidan foydalanganlik soligi;



7. suv resurslaridan foydalanganlik soligi (2002 yildan uni maxalliy solikka biriktirib kuyilgan).

Soliqli daromadning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’ining о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri soliq Yukini soliq tо‘lovchilar о‘rtasida adolatli taqsimlanishi hisoblanadi. Soliq Yukini soliq tо‘lovchilar о‘rtasida adolatsiz tarzda taqsimlanishi ular о‘rtasida qarama-qarshilikni paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Xususan, daromadlarni miqdoriga kо‘ra bir-biridan syezilarli darajada farq qilgani holda, ularni bir xil stavkada soliqqa tortish yoki soliq tо‘lovchilarning ma’lum toifalari uchun soliq imtiyozlari belgilash ularni notyeng ahvolga solib qо‘yadi. Buning natijasida soliq tо‘lovchilar о‘rtasida о‘zaro qarama-qarshilik Yuzaga kelishi mumkin.Soliqli daromadlarning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’iga ta’sir etuvchi asosiy omillardan yana biri soliq tuShumlarini byudjetlar о‘rtasida taqsimlash tartibini takomillashganligi hisoblanadi. Agar bu tartib takomillashmagan bо‘lsa, u holda Markaziy byudjetning yoki mahalliy byudjetlarning daromad bazasiga nisbatan salbiy ta’sir Yuzaga kyeladi.


3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari

Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kyelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kyelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan Moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet fondlari kiradi.

О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet davlatlardan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari, ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan tо‘lovlar va davlatning Moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan.13

Dyemak, «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan tashqari tо‘lovlarning uch asosiy turi e’tirof etilgan.

Rossiya Fyedyerasiyasida Yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, Fyedyeral yо‘l fondining mablag’lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish fondining mablag’lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan.

Bizning fikrimizga kо‘ra, davlatning maxsus maqsadli fondlari pul mablag’larini soliqsiz daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Buning sababi Shundaki, birinchidan, mazkur fondlarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bо‘lib, bunda soliq tо‘lovchilar bilan davlat о‘rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli fondlarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bо‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni tо‘lovni amalga oshirishda sub’yektlar mulk shaklining о‘zgarishi xususiyatiga egadir.

Soliqqa kirmaydigan, ya’ni soliqsiz daromadlarning kо‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari kо‘rinishiga ega bо‘lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat’iy Rejalashtirilmasligi kerak, Lekin amaliyotda kо‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tuShumlar darajasida Rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi О‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va Yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bо‘lishi mumkin.

Soliqsiz daromadlar rо‘yxati hamma darajadagi byudjetlar uchun yagona bо‘lib, byudjet tasnifi bilan belgilanadi va о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, Shu jumladan:


  • davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

  • davlatga tyegishli aksiyalar bо‘yicha dividyendlar;

  • davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni ijaraga berishdan, Shu jumladan qishloq xо‘jaligi va noqishloq xо‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara tо‘lovidan olingan daromadlar;

  • vaqtinchalik bо‘sh turgan byudjet mablag’larini bank va kredit tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;

  • xizmat kо‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar;

  • davlat va mahalliy tashkilotlardan tо‘lovlar;

  • davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tuShumlar.

2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, Shu jumladan:

  • davlat mulki bо‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tuShumlar;

  • kvartiralarni sotishdan tuShumlar;

  • davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini, transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar;

  • musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga о‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.

3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.

4. YEr va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.

5. Davlatga qarashli bо‘lmagan manbalardan kapital transfyertlar tizimlari.

6. Jarima-jazolarni qо‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, Shu jumladan:



  • standartlar va texnik shartlardan chyetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tuShumlar summasi;

  • narxlarni qо‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;

  • jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bо‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.

7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, Shu jumladan:

  • davlat kreditlari bо‘yicha foizlar;

  • davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;

  • markazlashtirilgan eksportdan tuShumlar summasi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tuShumlar.

8. Boshqa turli soliqsiz tuShumlar.

Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga kо‘ra (muayyan darajadagi byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga kо‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tuShumlarini shakllantiradigan tо‘lovlarni undirishning konkryet asoslariga kо‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi.

Soliqlar va soliqsiz tо‘lovlarning kо‘pgina о‘xshash tomonlari bilan birga qator farqlarga ham ega.

Pul mablag’larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz tо‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular ham soliqlar va boshqa yig’imlar singari davlat oliy hokimiyat idorasi tomonidan belgilanadi.

Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz tо‘lovlar о‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat dyeb belgilash mumkin:


  • soliqsiz tо‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan Shug’ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan tо‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bо‘ladi;

  • soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar kо‘pchilik hollarda majburiy ravishda tо‘lanmaydi. Soliq esa uni tо‘lash ob’yekti mavjud bо‘lganida tо‘lanadi;

  • soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar muayyan maqsadga mо‘ljallanadi hamda ana Shu maqsadda undan foydalanish lozim.

Soliqsiz tо‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va yig’imlarning tо‘lovchilar doirasi, soliq solish ob’yektlari, soliq va yig’imlar Yuzasidan yengillik va imtiyozlar, soliq va yig’imni hisoblab chiqish va tо‘lash tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining bevosita о‘zlari tomonidan belgilanadi.

Soliqsiz tо‘lovlar hududiy belgisiga kо‘ra: umumdavlat miqyosidagi va mahalliy tо‘lovlarga; shakllanish usuliga kо‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga kо‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari jamlanadigan turlarga bо‘linadi.

Soliqsiz tо‘lovlar olinish asoslariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:


  • tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun tо‘lovlar.

Bu tо‘lovlarning tabiiy resurslardan tyejab-tyergab, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir;

  • davlat idoralari tomonidan Yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy ahamiyatga ega bо‘lgan turli xizmatlar kо‘rsatishdan olinadigan tо‘lovlar. Ular jumlasiga:

    • tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga tо‘lanadigan tо‘lovlar;

    • sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda tо‘lanadigan davlat boji;

    • davlat rо‘yxatidan о‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar uchun syertifikatlar olishdagi tо‘lovlar;

    • bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir martalik patta tо‘lovlari (О‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 9 dyekabrdagi «Patta tо‘lovlari tо‘g’risida» gi Qonuni asosida);

    • qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish, lotyeryeya о‘yinlarini о‘tkazish uchun tо‘lovlar;

    • davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar;

    • jarima tarzidagi tо‘lovlar (jarimalar, pyenyalar va boshqalar).

Shunday qilib, davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli bо‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olinadigan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiqdir.

Fikrimizcha, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

1. Davlatga tyegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat syektoriga tyegishli korxonalarning Moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining Moliyaviy barqarorligini oshishiga, istye’mol bozorini tovarlar bilan tо‘ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda о‘rta va uzoq muddatli davriy oraliqlarda soliq tuShumlarini kо‘paytirishga syezilarli darajada hissa qо‘shadi.

2. Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining Yuzaga kelishi.

Davlat byudjeti xarajatlarini syezilarli darajada о‘sishi, davlatning iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bо‘lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Ana Shu maqsadda davlatlarga tyegishli mulklarni sotish, davlatlarga tyegishli xorijiy valYutalar va nodir myetallarni xorijiy Moliya bozorlarida joylashtirish yо‘li bilan daromadlar olish va xorijiy tashkilotlarning Moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Masalan: О‘zbekiston Respublikasida hukumatga tyegishli oltin-valYuta zahiralarining ma’lum qismi xalqaro Moliya bozorlarida muddatli dyepozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz kо‘rinishda daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat byudjeti dyefisyetini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda foydalaniladi.

Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bо‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga kо‘ra nobarqaror jarayon bо‘lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bо‘lishiga olib kyeladi; ikkinchidan, davlatga tyegishli oltin-valYuta zahiralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashtiriladigan Moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining о‘zgarishiga bog’liq bо‘lganligi sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tyebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan Moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini bermaydi.

Xulosa qilib aytganda, soliqsiz daromadlar fiskallik va iqtisodiy funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bо‘lib hisoblanadi.



16-mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari



  1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.

  2. Byudjetdan Moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari, usullari, shakllari va myetodlari.

  3. Byudjet normalari (mye’yorlari), xarajatlar smetasi va byudjet krediti.

  4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari.


1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.

Davlatning о‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kyelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yо‘nalishlar bо‘yicha foydalanish jarayonida vujudga kyeladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

Byudjet xarajatlari umumiy Moliyaviy kategoriya bо‘lgan byudjetning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, unga tyegishli bо‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tyegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buYumlashgan shakli turli sohalarga yо‘naltirilayotgan byudjet mablag’larining harakatidan iborat.

Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman kо‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bо‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa о‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqyelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mо‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning о‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.

Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkryet turlari orqali namoyon bо‘ladi. Byudjet xarajatlari konkryet turlarining xilma-xilligi esa, о‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bо‘lish shakllari va h.k. Bu omillarning qо‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga kyeltiradi.

Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga kо‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikasiya qilishning bir nyecha belgilari mavjud. Ular о‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bо‘linishi, ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va Yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga kо‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.

Eng avvalo, о‘zining iqtisodiy mazmuniga kо‘ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bо‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligini ifoda etadi.

Byudjetning kapital xarajatlari innovasion va investision faoliyatga yо‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

a) tasdiqlangan investision dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan Yuridik shaxslarga investisiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar;

b) Yuridik shaxslarga investision maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;

v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va Shu bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar;

g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tyegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib kyeladigan xarajatlar;

d) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yо‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotasiya, subsidiya va subvyensiya shaklida kо‘rsatiladigan davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.

Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:



  • davlat istye’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xо‘jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);

  • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

  • transfyert tо‘lovlari;

  • davlat qarzlari bо‘yicha foizlarni tо‘lash;

  • boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos kyeladi.

Takror ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xо‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlariga bо‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bо‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bо‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar istye’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mо‘ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy istye’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni tо‘liq, shaxsiy ist’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan Moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablag’larining katta qismi shaxsiy istye’mol fondlarining ijtimoiy istye’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi о‘rtasidagi farqlarni qoplash, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tyegishli bо‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.

Funksional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yо‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bо‘linishi mumkin:


  • davlat boshqaruvi va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish;

  • sud hokimiyati;

  • xalqaro faoliyat;

  • milliy mudofaa;

  • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;

  • fundamyental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;

  • sanoat, enyergyetika va qurilish;

  • qishloq xо‘jaligi va baliqchilik;

  • atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidromyetyeorologiya, xaritaShunoslik va gyeodyeziya;

  • transport, yо‘l xо‘jaligi, aloqa va informatika;

  • uy-joy-kommunal xо‘jaligi;

  • maorif;

  • sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • madaniyat, san’at va kinyematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • davlat qarziga xizmat qilish;

  • boshqa darajadagi byudjetlarga Moliyaviy yordam;

  • maqsadli byudjet fondlari;

  • davlat zahiralari va ryezyervlarini tо‘ldirish;

  • ijtimoiy siyosat;

  • boshqa xarajatlar.

Byudjet xarajatlarining Yuqoridagi tartibda klassifikasiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini kо‘rsatadi.

Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xо‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bо‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bо‘linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xо‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam Moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bо‘linishi Moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xо‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yо‘nalishda о‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag’larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning о‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xо‘jaligi, elyektroenyergyetika va boshqalar) katta masshtablarda byudjetdan Moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.

Idoraviy belgiga kо‘ra byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki Yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana Shunday klassifikasiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining о‘zgarishi bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar tuzilmasidagi о‘zgarishlar о‘z vaqtida kо‘rsatiladi.

Ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni о‘zida aks ettiradi. Ana Shunga muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:



  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qо‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • harbiy (mudofaa) xarajatlar(i);

  • boshqaruv xarajatlari;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari о‘z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini о‘zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni Moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bо‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yо‘l ochib beradi.

Ta’lim va sog’liqni saqlashning tekinligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha qolmoqdi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bо‘yicha berilishi lozim bо‘lgan nafaqalarning miqdorini kо‘paytirish, maktab yoshigacha bо‘lgan bolalar, maktab о‘quvchilari, studyentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompyensasiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bо‘yicha choralar kо‘rilmoqda.

Milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xо‘jalik Yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investisiyalarni Moliyalashtirish xara-jatlari alohida о‘rinni egallaydi.

Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga byudjetning ma’lum maqsadlarga yо‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Byudjet xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham jahonning kо‘pgina mamlakatlaridagi (masalan, Gyermaniya, YAponiya, Janubiy Koryeya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mо‘jiza” aynan davlatning Moliyaviy qо‘llab-quvvatlashi natijasida sodir bо‘ldi.

Byudjetning milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) yо‘naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va sosial infrastruktura, qishloq xо‘jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qо‘llab-quvvatlash, milliy xо‘jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlilikni ta’minlash, eksportni rag’batlantirish xarajatlaridan iborat.

Kyeyingi yillarda davlat kapital quyilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori kupaymoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari kо‘rinishida tanlanma yordam kо‘rsatilayapti.

Byudjetdan katta miqdordagi mablag’lar iqtisodiyotning qishloq xо‘jaligi tarmog’iga taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qо‘llab-quvvatlanishi lozim bо‘lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xо‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki kо‘rinishda taqdim etilmoqda:

1) qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qо‘llab-quvvatlash;

2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xо‘jaligi mashinalari, minyeral о‘g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish – uchun.

Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordamning kо‘rsatilishi ham jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi.

Byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga davlatning aralaShuvi iqtisodiy о‘sishning nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishini rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning siklik tyebranishini ham Yumshatadi (syekinlashtiradi).

Byudjetning harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning о‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog’liqdir. Byudjet mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari Moliyalashtiriladi.

Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bо‘linadi. Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar stratyegik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bо‘lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizasiyalaShuvi sharoitida keskin oshadi.

Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)ga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pyensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bо‘yicha о‘tadigan xarajatlarning (masalan, yо‘l va stratyegik ob’yektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.

Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xо‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan boshqaruv xarajatlari dyeb nomlangan alohida xarajatlarning qilinishini taqoza etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning о‘z-о‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining Moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish rivojlangan mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki siyosiy jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam kо‘rsatish uning kо‘rinishlaridandir.

Byudjetning barcha xarajatlari Yuqoridagi byeshta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy-nazar ular о‘zlarining ma’lum konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha ham bir nyecha qismlarga bо‘linadi. Bu qismlar byudjet xarajatlarining konkryet turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotasiyalar, subvyensiyalar, subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ryemont, kansyelyariya va xо‘jalik xarajatlarini byudjet xarajatlarining konkryet turlari sifatida kо‘rsatish mumkin. Byudjet xarajatlarining ma’lum konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha turkumlanishi byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.

Iqtisodiy nuqtai-nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda byudjetning xarajatlarini tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida byudjet xarajatlarini Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uYushmalar, assosiasiyalar, birlashmalar, konsyernlar, kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Byudjet xarajatlarining Yuqori tashkilotlar bо‘yicha guruhlanishi byudjet mablag’larini konkryet oluvchilarni kо‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bо‘lib, ajratilgan byudjet assignovaniyalaridan о‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.



Byudjet xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bо‘linishi ular markazlaShuvining turli darajalarini о‘zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va Yuridik nuqtai-nazardan byudjet xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:

  • Davlat byudjeti xarajatlari;

  • Respublika byudjeti xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.

“Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq Davlat byudjeti xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshirilali:

  • byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;

  • joriy byudjet transfyertlari;

  • kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);

  • kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan transfyertlar;

  • ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari;

  • davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet ssudalari;

  • qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.

О‘z navbatida, Respublika byudjeti xarajatlarining tarkibi quyidagilardan iborat (Yuqoridagi qonunning 16-moddasi):

  • respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i oluvchilarning joriy xarajatlari;

  • joriy byudjet transfyertlari;

  • kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);

  • kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfyertlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari;

  • ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari;

  • davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet ssudalari;

  • qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.

Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tyegishli qonunning 19-moddasi):

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;

  • joriy byudjet transfyertlari;

  • kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish);

  • qonun hujatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday о‘zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga о‘zaro ta’sir kо‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. О‘z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining Shunday hajmini va milliy xо‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning Shunday muddatlarini о‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishi orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning о‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tyezlashtirish va milliy xо‘jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali byudjetning xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Byudjet xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xо‘jalikning samaradorligi nuqtai-nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qо‘yadi. Bunda milliy xо‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tyegishli bо‘lgan daromadlarning qо‘shimcha ravishda о‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning о‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chyetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xо‘jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet mablag’laridan tо‘g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda Rejalashtirilishiga, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan Moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim.

Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri ham byudjetning xarajatlaridir. Bu yerda, odatda, Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xо‘jalikdagi oqilona proporsiyalarni ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini tarmoqlar va hududlar kyesimida taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va myetodlari majmui tuShuniladi. Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta о‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan uning murakkab bо‘lgan organizmi turli qismlarida Moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Byudjet resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kyelgan proporsiyalarni о‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tyezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag’batlantirmasdan milliy xо‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Byudjet mablag’larining katta qismidan muhim ishlab chiqarish-hududiy komplyekslarni rivojlantirishga sarflash syekin-astalik bilan chuqur sifat о‘zgarishlarining sodir bо‘lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining о‘zgarishiga olib kyeladi.

Mamlakat milliy xо‘jaligini Moliyaviy jihatdan tartibga solish byudjet daromadlarini Rejalashtirish va byudjetdan Moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining о‘zidayoq byudjet xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli kyesimlarda) va vyertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi uchun tyegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan Moliyalashtirish jarayonida esa davlat о‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bо‘ladi. Mablag’larni konkryet taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish, byudjet assignovaniyalarini berish va ularning samarali foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirib, Moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuvni diqqat bilan amalga oshiradilar va kerak bо‘lgan hollarda taqsimlanayotgan byudjet mablag’larining proporsiyalarini о‘zgartiradilar.

Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkryet turlari va yо‘nalishlari bо‘yicha biriktirilishi prinsipi bо‘lmaganligi uchun bu yerda byudjet resurslari bilan keng manyovr qilish va Shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tuShuvchi pul mablag’lari har qanday zaruriy yо‘nalishda foydalanilishi mumkin.

Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xо‘jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va istye’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.




2. Byudjetdan Moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari, usullari, shakllari va myetodlari
Byudjetning xarajatlaridan foydalanish byudjetdan Moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan Moliyalashtirish deyilganda Rejada kо‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tuShuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning о‘ziga xos bо‘lgan shakl va myetodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan Moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va myetodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bо‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali byudjetdan Moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.

Byudjetdan Moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, Moliyalashtirish prinsiplari muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan Moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bо‘lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning faoliyatiga tyegishlidir. Xususiy prinsiplar esa sub’yektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda byudjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.



Byudjetdan Moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

  • minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Byudjet mablag’lari ulardan foydalanishning eng Yuqori natijaliligi (samaraliligi) ta’minlangan sharoitdagina (shartdagina) taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini yechish, ikkinchi tomondan esa, byudjet assignovaniyalari oluvchilar daromadlarining о‘sishi hisobidan pul mablag’larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin;

  • byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. YUridik shaxslar byudjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan byudjet asosida olishi mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya qilish byudjet assignovaniyalaridan samarasiz foydalanishga tо‘sqinlik qiladi;

  • kо‘zda tutilgan Rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilgan-ligini inobatga olgan holda byudjet mablag’larini taqdim etish. Byudjetdan Moliyalashtirishning kо‘rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi Moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;

  • byudjet assignovaniyalarining qaytariluvchan emasligi. Byudjet assignovaniyalari sub’yektlarga ularni majburiy ravishda byudjetga qaytarish shartisiz (qaytarmaslik sharti bilan) taqdim etiladi;

  • byudjet assignovaniyalarining tekinligi. Byudjetdan assignovaniyalar sub’yektlarga foiz kо‘rinishida qandaydir daromadlarni davlatga tо‘lamasdan yoki assignovaniyalarni tо‘lashning boshqa kо‘rinishlarisiz ajratiladi.

Umumiy prinsiplar bilan birgalikda byudjetdan Moliyalashtirish amaliyotida xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga byudjet assignovaniyalarini ajratish;

  • byudjet assignovaniyalarining о‘lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoShuvidan foydalanish;

  • byudjetdan Moliyalashtirishni Rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit myetodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

  • korxonalarning Moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va boshqalar.

Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan Moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi ikki usulini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:

  • nyetto-byudjet” tizimi bо‘yicha Moliyalashtirish. Pul mablag’larini taqdim etishning bu usuli Shu bilan xarakterlanadiki, unga kо‘ra byudjet assignovaniyalari tasdiqlangan byudjetda kо‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;

  • brutto-byudjet” tizimi bо‘yicha Moliyalashtirish. Bu usul tо‘liq byudjetdan Moliyalashtirishda bо‘lgan korxona va tashkilotlar uchun qо‘llaniladi. Byudjet assignovaniyalari bu holda byudjet tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi.

Pul mablag’larini taqdim etishning Yuqorida kyeltirilgan usullari byudjetdan Moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:

  • byudjet tashkilotini saqlash uchun assignovaniyalar;

  • davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining shartnomalari bо‘yicha Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni tо‘lash uchun mablag’lar;

  • aholiga transfyertlar;

  • jismoniy va Yuridik shaxslarga subvyensiya va subsidiyalar;

  • quyi byudjetlarga va davlat nobyudjet fondlariga dotasiya, subvyensiya va subsidiyalar;

  • harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan Yuridik shaxslar ustav kapitaliga investisiyalar;

  • baholardagi farqni qoplash.

Amaliyotda byudjetdan Moliyalashtirish, Yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki kо‘rinishda amalga oshiriladi:

  1. xarajatlarni respublika byudjetidan Moliyalashtirish;

  2. xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtirish.

О‘zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi qonunining 22-moddasiga kо‘ra respublika byudjetidan xarajatlarni Moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bо‘ysunadigan tashkilotlar bо‘yicha);

  • ijtimoiy ta’minot;

  • mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;

  • sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;

  • davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga kyeltirish hamda ularni saqlash;

  • davlat markazlashtirilgan investisiyalarini amalga oshirish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, О‘zbekiston Respublikasining chyet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;

  • iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bо‘ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash;

  • О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;

  • yer tuzish, myeliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;

  • gidromyetyeorologiya, dо‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mо‘ljallangan xarajatlar Moliyalashtiriladi (Yuqoridagi qonunning 23-moddasi):

  • fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkyent shahri byudjetlaridan Moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bо‘yicha);

  • ijtimoiy ta’minot;

  • aholini ijtimoiy himoya qilish;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;

  • iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash;

  • qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning myetodlari byudjetdan Moliyalashtirishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida Moliya organlari byudjetda kо‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda Yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta о‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, Moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi.

Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xо‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotasiyalar va transfyertlar), opyerasion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.

Mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bо‘yicha Rejalashtiriladi hamda bir vaqtning о‘zida ma’lum maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha kо‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, enyergyetika, qishloq xо‘jaligi va transportga yо‘naltiriladi.

Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital quyilmalarni Moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mо‘ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni Moliyalashtirish deyiladi. Byudjet resurslarining cheklanganligi uchun ular investisiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bо‘yicha amalga oshirilayotgan investisiyalarga beriladi.

Iqtisodiyot xarajatlarini Moliyalashtirishning muhim yо‘nalishi Yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotasiyalar va subvyensiyalar berishdir. Bu kо‘rinishdagi byudjet mablag’lari davlat, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana Shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-enyergyetika sanoati, agro-sanoat komplyeksi, uy-joy-kommunal xо‘jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yо‘naltiriladi.

Byudjetning sosial ehtiyojlarga mо‘ljallangan xarajatlari davlat tomonidan sosial funksiyaning bajarilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bо‘linadi:



  • maorif;

  • madaniyat, san’at va kinyematografiya;

  • ommaviy axborot vositalari;

  • sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  • sosial siyosat.

Sosial ehtiyojlar xarajatlari smetali Rejalashtirish prinsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkryet tadbirlar va xarajatlarning turlari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan sosial soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va Moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat kо‘rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining kо‘rsatkichlari (masalan, о‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat kо‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu kо‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari bо‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga tо‘g’ri kyeluvchi pulli xarajat byudjet tashkilotining faoliyat kо‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bо‘yicha о‘rnatiladi.

3. Byudjet normalari (mye’yorlari), xarajatlar

smetasi va byudjet krediti

Byudjet normalari (mye’yorlari). Byudjet mablag’larini sarf qilishning asosiy prinsipi ularning mо‘ljallanganligi va vaqt bо‘yicha qattiq ryeglamyentasiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Tashkilot smetada kо‘zda tutilmagan maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga ega emas. Byudjet tashkiloti smetasining xarajatlari ularning yopiq rо‘yxatini о‘z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • xodimlarning mehnat haqini tо‘lash;

  • davlat nobyudjet fondlariga badallar;

  • aholiga transfyertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pyensiyalar, stipyendiyalar, nafaqalar, kompyensasiyalar va boshqa sosial tо‘lovlar);

  • safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompyensasion tо‘lovlar;

  • sotib olinishi kerak bо‘lgan tovarlar, bajarilishi lozim bо‘lgan ishlar va kо‘rsatilajak xizmatlarni tо‘lash.

YUqorida kо‘rsatilgan xarajatlar konkryet ehtiyojni qondirish о‘lchovi sifatida pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli normalarning turli-tuman turlaridan foydalaniladi:

  • moddiy boyliklardan foydalanishning natural kо‘rsatkichlariga asoslangan normalar (ovqatlanish, myedikamyentlarni sotib olish, Yumshoq invyentarlar va h.k.lar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon etadi;

  • umumlashtirilgan yakka tartibdagi tо‘lovlar – ish haqi, pyensiyalar, stipyendiyalar, safar xarajatlari va boshqalar;

  • о‘tgan davrlarda mablag’larning sarflanish kо‘rsatkichlarini umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va byudjetning imkoniyalarini hisobga olgan holda vujudga kyeltirilgan normalar.

О‘zining murakkablik darajasiga qarab byudjet normalari ikkiga bо‘linadi:

1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki konkryet turiga tyegishli bо‘lgan normalar);

2) kombinasiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir nyecha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va о‘xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan normalar).

Hozirgi sharoitda sosial soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini qamrab oladigan yiriklashtirilgan normalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish muassasalar ishini Yuqori yakuniy natijalarga erishishga yо‘naltiradi: bolalarni о‘qitish, mutaxassislarni tayyorlash, byemorlarga yordam kо‘rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qо‘llanilishi turli xarajatlar yо‘nalishida byudjet mablag’laridan foydalanish bо‘yicha tashkilotlarning mustaqlligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tyejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.

Byudjet normalari juda kо‘p omillar ta’siri ostida о‘zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining о‘zgarishi, milliy xо‘jalikda ish haqining о‘sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni Moliyalashtirish bо‘yicha qо‘shimcha imkoniyatlarning paydo bо‘lishiga qarab byudjet normalari о‘zgaradi.

Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotning Moliyaviy Rejasi hisoblanadi. Byudjet tashkiloti uchun olinayotgan Moliyalashtirish daromad bо‘lmasdan faqat tashkilotning xarajatlari hajmi va ularning maqsadli yо‘naltirilganligiga tyeng bо‘lgan mablag’larning tuShuvidan iborat bо‘lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emasdir. Smeta asosida Moliya organlari sosial ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak:

1. Sosial ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjetdan boshqacharoq tarzda Moliyalashtiriladi. Masalan, ana Shunday boshqacharoq tarzda ommaviy axborot vositalari va tyeatr-tamosha korxonalarining yetishmagan mablag’lari ta’minlanadi. Bu korxonalarning xizmatlari tо‘lovli (haqli) bо‘lsa-da, о‘z daromadlari ularning barcha xarajatlarini qoplashga yetmaydi. Bunday korxonalar daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi farq byudjetdan qoplanishi kerak.

2. Fanni Moliyalashtirish byudjet xarajatlarining mustaqil guruhi hisoblanadi. Byudjetdan mablag’lar eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlar bо‘yicha yо‘naltiriladi. Ana Shu maqsadlar uchun mablag’lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan Shug’ullanuvchi Fanlar Akadyemiyasi, tarmoq akadyemiyalari, oliy о‘quv Yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi.

3. Ilmiy tashkilotlarni Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi. Barcha tashkilotlarda har bir aniq mavzular bо‘yicha xarajatlar smetasi tuziladi. Xarajatlarni Rejalashtirish va Moliyalashtirish tartibi bu yerda sosial-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qо‘llaniladigan myetodika bilan bil xildir.

4. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog’liq:


  • xalqaro vaziyat;

  • mamlakat hududining kattaligiga bog’liq bо‘lgan chyegaralarning uzunligi va xarakteri;

  • harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli;

  • shaxsiy tarkib turmush darajasini Yuqori pag’onaga kо‘tarishning va Qurolli Kuchlarda sosial-madaniy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi;

  • mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;

  • va boshqalar.

Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarur bо‘lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksyevar tashqi siyosatni amalga oshirish natijasida harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi.

Byudjetda kо‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali о‘tadigan tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog’ va harbiy texnikani sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pyensiya va nafaqalar berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa vazirligining maxsus smetasida о‘z aksini topadi va sо‘ng respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.

Milliy mudofaa xarajatlarini Rejalashtirishning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyati Shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bо‘yicha xarajatlarning umumiy hajmi aniqlanadi. Undan sо‘ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog’, harbiy texnika, yoqilg’i, oziq-ovqat va Shunga о‘xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali Moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.

Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi byudjet xarajatlarining boshqa bо‘linmalari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chyegara qо‘shinlarini saqlash xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bо‘limi orqali Moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarni Rejalashtirish va Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi.

Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar vyetyeranlari va ularning oilalariga tо‘lanadigan pyensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar byudjetning sosial himoya bо‘limi bо‘yicha Moliyalashtiriladi.

5. Byudjetning boshqaruv xarajatlari quyidagi guruhlardagi xarajatlardan iborat:



  • huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari. Bu xarajatlar jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;

  • davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Pryezidyent Dyevoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy majlis Syenati va Qonunchilik palatasi, Konstitusiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni saqlash xarajatlarini о‘z ichiga oladi;

  • saylovlar va ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlari. О‘z ichiga dyeputatlar, Pryezidyent, mahalla oqsoqollarini saylash, ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlarini oladi.

Boshqaruv xarajatlarini Rejalashtirish va Moliyalashtirish xuddi sosial ehtiyoj xarajatlarinikidyek tartibda amalga oshiriladi.

Byudjet krediti. Hozirgi paytda sarflangan mablag’lari byudjetga qaytadan qaytarilmaydigan (tiklanmaydigan) byudjetdan Moliyalashtirish bilan bir qatorda byudjet kreditlarini berish orqali (vositasida) korxonalarni kreditlashtirish rivojlana boshladi. Byudjet kreditlari tijorat banklari kreditlari va byudjet assignovaniyalari о‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Bir tomondan, byudjetdan Moliyalashtirishdan farqli ravishda bu kreditlar qaytarilish va tiklanish sharti bilan berilsa, ikkinchi tomondan, bu ssudalar bо‘yicha foizlar umuman olinmaydi yoki olinsa, ularning darajasi bank kreditlarining foizlari darajasidan ancha pastdir.

Byudjet kreditlari davlat korxonalariga va Shuningdyek, xususiy Yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin. Birinchi holatda byudjet kreditlari byudjetda kо‘zda tutilgan limitlar chyegarasida va shartlarda taqdim etiladi. Ikkinchi holatda esa byudjet krediti shartnoma asosida va faqat qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish bо‘yicha о‘z majburiyatini bajarish borasida ta’minot ta’minlangan shartdagina berilishi mumkin. Byudjet kreditini qaytarish bо‘yicha majburiyatni ijro etishni ta’minlashning usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan kam bо‘lmagan miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi, Shu jumladan aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, badallar kо‘rishidagi garovlar va boshqalar bо‘lishi mumkin. Majburiyatlarni ijro etish ta’minoti Yuqori darajadagi likvidlikka ega bо‘lgan bо‘lishi kerak. Moliya organlari tomonidan qarz oluvchi Moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan tekshirishning amalga oshirilishi va oldin berilgan byudjet kreditlari bо‘yicha muddat о‘tkazib Yuborilgan qarzlarning mavjud emasligi byudjet kreditlarini taqdim etishning majburiy shartlaridir.



Navbatdagi yil uchun byudjet tasdiqlanayotgan paytda byudjet kreditlari berilayotgan maqsadlar, ularni taqdim etishning shartlari va tartibi kо‘rsatiladi. Bir vaqtning о‘zida, ana Shular bilan birgalikda byudjet yili doirasidagi muddatda va undan chyetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin bо‘lgan byudjet kreditlarining limitlari hamda qarz oluvchi sub’yektlar bо‘yicha cheklanmalar о‘rnatiladi.
4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari

va vazifalari

Masalalar. Hozirgacha byudjet xarajatlari bо‘yicha bir nyecha kamchilik-nuqsonlar mavjud. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:

  • byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorligi nisbatan past;

  • byudjet mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti keng tarqalgan;

  • byudjet daromadlari bо‘yicha Rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yо‘nalishlarining Moliyalashtirilishi noproporsionaldir;

  • byudjet xarajatlari davlat sosial siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal etaolmayapti;

  • sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;

  • milliy xо‘jalikka davlat investisiyalari minimum darajagacha qisqardi;

  • va boshqalar.

Byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalar. YUqoridagi kamchilik-nuqsonlarning mavjud ekanligi byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning о‘z vaqtida bajarilishini taqoza etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi mumkin:

  • eng samarali va sosial ahamiyatga ega bо‘lgan loyihalarga byudjet mablag’larini qonsyentrasiya qilish, sosial xarajatlarni Moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash;

  • sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning tо‘liq uzilishiga erishish;

  • iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investisiyalarni davlat tomonidan Moliyalashtirishni kengaytirish;

  • loyihalarni Moliyalashtirishning davlat-tijoriy amaliyotini kengaytirish asosida investision jarayonlarning nomarkazlaShuvini davom ettirish;

  • davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bо‘yicha xarajatlarni qisqar-tirish;

  • harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mо‘ljallangan byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ayrim tarmoqlar zararlarini qoplashga yо‘naltiri-layotgan dotasiyalarni kamaytirish;

  • maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bо‘yicha xarajatlarni qisqartirish;

  • byudjet xarajatlarini eng samarali chiqimlarga konsyentrasiya qilish (tо‘plash, sarflash);

  • fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor Moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning g’aznachilik tizimiga о‘tishni tyezroq sur’atlarda tugatish;

  • va boshqalar.


17-Mavzu: Byudjet tuzilmasi va tizimi

Reja:

  1. Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari.

  2. Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi

  3. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish.




      1. Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari.

Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular о‘rtasida, Shuningdyek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar о‘rtasida vujudga kyeladigan о‘zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Kо‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar tо‘plami (majmui) tuShuniladi.

Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bо‘lib, uning ma’lum bir qismini о‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning о‘zaro bog’liqlikda bо‘lgan bug’inlarining о‘zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bо‘linishiga bevosita bog’liq.

U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch bug’inli bо‘lishi mumkin. Unitar davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bug’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), fyedyerativ davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bug’indan (markaziy byudjet, fyedyerasiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bо‘lishi mumkin.



Har bir mamlakatning byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Hozirgi paytda bunday prinsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • byudjet tizimining yagonaligi;

  • byudjet tizimining darajalari о‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chyegaralanganligi;

  • byudjetlarning mustaqilligi;

  • davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining tо‘liq aks etishi;

  • byudjetlarning balansliligi;

  • byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi;

  • byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi);

  • oshkoralik;

  • byudjetning haqqoniyligi;

  • byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi.

Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni prinsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini Moliyalashtirish va byudjet mablag’lari buxgaltyeriya hisobini Yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.

Byudjeti tizimining darajalari о‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chyegaralanganligi prinsipi tyegishli daromadlar turlarini (tо‘liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish bо‘yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat sub’yektlarining hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlariga biriktirilganligini kо‘zda tutadi.

Byudjetlarning mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining tyegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasida huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq ravishda mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining о‘z manbalariga ega ekanligini, byudjetlarning tartibga kyeltiruvchi (soluvchi) daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishlda tyegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bо‘yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yо‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byudjet tо‘g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qо‘shimcha daromadlar, byudjet daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bо‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet tо‘g’risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kyelgan daromadlardagi Yuqotmalar va qо‘shimcha xarajatlarni byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompyensasiya qilishga yо‘l qо‘ymaslikni (qonunchilikning о‘zgarishiga bog’liq holda vujudga kyelgan holatlardan tashqari) taqoza etadi.

Davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining tо‘liq aks etishi prinsipi byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlarining barcha daromad va xarajatlari hamda soliq va byudjet qonunchiligi hamda davlat nobyudjet fondlari tо‘g’risida qonunlarga muvofiq belgilan barcha boshqa majburiy tuShumlar byudjetlarda, davlat nobyudjet fondlarining byudjetlarida majburiy tartibda va tо‘liq hajmda о‘z aksini topish kerakligini anglatadi. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat byudjet tizimida о‘z aksini topgan byudjetlarning mablag’lari va davlat nobyudjet fondlarining mablag’lari hisobidan Moliyalashtiriladi.

Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar va muddatlarning о‘zgartirilishi byudjetlar va davlat nobyudjet fondlarining byudjetlari daromadlari va xarajatlari bо‘yicha tо‘liq ravishda alohida hisobga olinadi (joriy Moliyaviy yil doirasida beriladigan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar va tо‘lov muddatlarining о‘zgarilishidan tashqari).



Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda kо‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tuShumlarning jami hajmiga tyeng bо‘lishi kerakligini bildiradi.

Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar byudjet defisiti miqdorini minimallashtirishning zarur ekanligidan kelib chiqishlari kerak.



Byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi prinsipining ma’no-mazmuni Shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, kо‘zda tutilgan (Rejalashtirilgan) maqsadlarga erishishda mablag’larning eng kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi byudjet mablag’laridan foydalangan holda eng Yuqori natijaga erishishning zarurligidan kelib chiqmoq kerak.

Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi) prinsipi byudjet barcha xarajatlarining Shu byudjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defisitini Moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tuShumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi. Byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirishning manbalaridan tuShumlar byudjetning mahlum xarajatlari bilan bog’langan bо‘lishi mumkin emas (maqsadli byudjet fondlarining daromadlari, maqsadli xorijiy kredit mablag’lari, mamlakat byudjet tizimida boshqa darajadagi byudjetlar mablag’larining markazlashtirilish holatlari bundan mustasno).

Byudjet tizimidagi oshkoralik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan byudjet va uning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, byudjet ijrosi jarayonida ma’lumotlarning tо‘liq va tо‘g’ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, byudjet loyihasi bо‘yicha qarorlarni kо‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovsi masalalar bо‘yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta ochiq bо‘lishini kо‘zda tutadi.

Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga oshiriladi.

Byudjetning haqqoniyligi prinsipi tyegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat (prognoz) kо‘rsatkichlarining ishonchli hamda byudjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bо‘lishi kerakligini taqoza etadi.

Byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi byudjet mablag’larini konkryet oluvchilar ixtiyoriga byudjet mablag’larining aniq maqsadlarni Moliyalashtirilishi yо‘nalishi oldindan belgilangan holda bо‘lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda kо‘zda tutilgan mablag’lar adryesliligini yoki byudjetda kо‘zda tutilmagan maqsadlar uchun uning yо‘nalishini о‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat byudjet qonunchiligini buzish hisoblanadi.

Mamlakat byudjet tizimini boshqarish sohasida tyegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:



  • Davlat byudjeti loyihasining ishlab chiqilishini tashkil etish va uni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish;

  • Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish;

  • О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

  • Davlat maqsadli fondlari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;

  • Davlat byudjeti ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig’iga kiritish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari ham byudjet tizimini boshqarish sohasida bir nyecha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо‘qorg’i Kengyesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir:

  • tyegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, Shuningdyek ularning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash;

  • qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va tо‘lovlar miqdorlarini hamda ular bо‘yicha imtiyozlarni belgilash;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi va tyegishli hokimiyatlar esa:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tyegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо‘qorg’i Kengyesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish hamda ularning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni tuzish;

  • byudjetga tuShumlarning tо‘liq va о‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag’laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.

О‘z navbatida, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol о‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir:

  • Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash;

  • Davlat byudjeti mablag’larining tuShumi va sarfi tartibini belgilash hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Respublika byudjetining xarajatlarini amalga oshirish;

  • Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ruyxatdan о‘tkazish;

  • Byudjet mablag’lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Shuningdyek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

  • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


2. Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bо‘lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki bо‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi, о‘zaro bо‘ysunuvchanligi, о‘zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning byudjet tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.

О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti:



  • Respublika byudjetini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni о‘z ichiga oladi.

Shuningdyek, О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.

О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Shu respublikaga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdyek, tumanlarga bо‘linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.

Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari о‘zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mо‘ljallanganligi va boshqa belgilariga kо‘ra xilma-xil hisoblanadi. Bir vaqtning о‘zida ular umumiy belgilarga ham egadir. Butun mamlakat masshtabida byudjet daromadlari va xarajatlarining tо‘g’ri Rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikasiya qilinadi.

Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, Shuningdyek uning taqchilligi Moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byudjet klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi. U Davlat byudjetini tuzish, kо‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini yagona bir tizimga kyeltirish uchun foydalaniladi va byudjet klassifikasiyasi byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan Shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga kyeltirilgan va о‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byudjet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bо‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga byudjet klassifikasiyasi deyiladi.

Odatda, byudjet klassifikasiyasining asosida daromadlar bо‘yicha ularning manbalari, xarajatlar bо‘yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yо‘nalishlari yotadi.

Byudjet klassifikasiyasi о‘zining keng mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Uning bо‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda byudjet Rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet tashkilotlarining individual va umumiy smetalari hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.

Byudjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish Rejalari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va ular Yuqori tashkilotlarining Moliyaviy Rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir tipdagi byudjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda byudjet klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi.

Byudjet ijrosi jarayonida ham byudjet klassifikasiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida kо‘zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli Moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. Byudjet klassifikasiyasi Moliya organlarida, byudjet tashkilotlarida va boshqa muassasalarda byudjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir.

Byudjet klassifikasiyasida belgilangan (о‘rnatilgan) daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda byudjet resurslaridan foydalanishda Moliya-byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.

Byudjet klassifikasiyasi tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu narsa uning bо‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bо‘ladi. Bu yana Shu narsa orqali ifodalanadiki, byudjet tasdiqlanganidan sо‘ng barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va ularning Yuqori organlari byudjet daromadlari tuShumining tо‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi byudjet klassifikasiyasining bо‘linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Dyemak, byudjet klassifikasiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni Rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga tyeng tyegishlidir.

Tasdiqlangan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bо‘lganligi va uning kо‘rsatkichlarini barcha xо‘jlik Yurituvchi sub’yektlar aniq va tо‘liq bajarishga majbur bо‘lganligi uchun byudjet klassifikasiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.

Byudjet klassifikasiyasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:



  • Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi;

  • Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy klassifikasiyasi;

  • Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalarining klassifikasiyasi.

Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi ularning turlari va manbalari bо‘yicha guruhlashdan iboratdir. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bu yerda daromadlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda bо‘linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bо‘linadi. Bо‘linmalar – daromadlarning alohida turlarini, boblar - daromadlarni tо‘lovchilarni, paragraflar – daromadlarni tо‘lovchilarning toifalarini, moddalar esa – jisoniy shaxslar tomonidan tо‘lanadigan soliqlarning alohida turlarini kо‘rsatishi mumkin.

Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassifikasiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, Shuningdyek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikasiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar о‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bо‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikasiyasi esa tо‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xarajatlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda guruhlarga, bо‘linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bо‘linishi mumkin. Guruhlar – byudjet mablag’larining asosiy yо‘nalishlarini, bо‘linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – vazirlik va idoralar bо‘yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bо‘yicha sarflarni, moddalar esa – xarajatlarning alohida turlarini kо‘rsatadi.

Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalari klassifikasiyasi dyefisitni Moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bо‘yicha guruhlashdan iborat bо‘ladi.

Byudjet klassifikasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


18-mavzu: Byudjet jarayoni.

Reja:

  1. Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillari.

  2. Byudjet jarayoni bosqichlari.

  3. Byudjet jarayonini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularni vakolatlari.


1. Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillari.

Byudjet jarayoni – bu davlat byudjetini tuzish, kо‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, Shuningdyek, davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon hisoblanadi.

О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi har yili О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kyelgusi Moliya yiliga tyegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari, loyihalarini tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkyent shahar hokimlariga davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlariga byudjet sо‘rovi Yuboradi. Shuningdyek, byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buYurtmalar tuzish uchun Respublika Byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet sinovi Yuboradilar.

Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkyent shahar hokimlari byudjet sо‘rovi olingandan sо‘ng 3 kunlik muddat ichida tyegishli byudjet loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash Yuzasidan qaror qabul qiladi.

Qoraqolpog’iston Respublikasi Moliya Vazirligi viloyatlar va Toshkyent shahar Moliya organlari tyegishli qarorlar qabul qilganidan kyeyin 3 kunlik muddat ichida tyegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun tuman va shahar hokimlariga byudjet sо‘rovi Yuboradi.

Shuningdyek, Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablag’lari olishga buYurtmalar tuzish uchun Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetidan viloyatlar va Toshkyent shahar byudjetlaridan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilarga byudjet sо‘rovi Yuboriladi va hakoza.

Byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olish uchun beriladigan buYurtma shakli va uni tuzish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Kyelgusi Moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olishga buYurtmalar Qoraqolpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan joriy yilning 1-iYunidan kyechiktirmay tyegishli Moliya organlariga taqdim etiladi.

Respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan joriy yilning 1-iYulidan kyechiktirmay О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Kyelgusi Moliya yiliga tyegishli byudjetlar loyihalarini tumanlar va shaharlar Moliya organlari tomonidan mahalliy hokimiyat, vakillik organlari belgilangan tartibda va muddatlarda faqat joriy yilning 25-iYunidan kyechiktirmay Yuqori Moliya organlariga taqdim etiladi.

Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkyent shahar hokimlari davlat maqsadli jamg’armalarini tavsimlovchi organlar tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda va muddatda faqat joriy yilning 1-iYulidan kyechiktirmay Moliya Vazirligiga taqdim etiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi kyelgusi Moliya yiliga mо‘ljallanan davlat byudjeti loyihasini tuzadi va joriy yilning 15-syentabrgacha hisob (varaqasiga) palatasiga taqdim etadi. (2007 yil 27 apryeldagi о‘zgartirishga binoan) hisob palatasining xulosasi bilan birga joriy yilning 1-oktabirgacha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etadi.

Davlat byudjeti loyihasini Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabrdan kyechiktirmasdan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig’iga kiritiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilidan kyeyingi yilning 1-apryelidan kyechiktirmay taqdim yetadi. Vazirlar Mahkamasi 5-apryelgacha Audit va baholash uchun hisob palatasiga Yuboriladi.

О‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotga doir xulosasini 10-maygacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim yetadi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi byudjet ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis tastig’iga kiritadi.



Byudjetni ijro etish:

  1. Barcha turdagi byudjet daromadlari mazkur qonunda kuzda tutilgan muddatlarda va tartibda Shuningdyek soliq kodyekslari, О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktivlarda kо‘zda tutilgan tarzda shakllanadi.

  2. Byudjetga daromadlarni о‘z vaqtida kelib tushishi uchun soliq va bojxona organlari ma’suldirlar.

  3. Soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarni byudjetga о‘tkazish muddati qonunlar bilan belgilanadi. YUridik shaxslardan tо‘lanmagan soliqni sо‘zsiz undirib olish soliq organlari zimmasiga Yuklatiladi.

  4. Joriy yilning 31 dyekabrigacha byudjetga о‘tkazilmagan daromadlar kyeyingi yilda о‘tkaziladi.

Byudjet jarayoni hokimiyati organlarining byudjetni tuzish, kо‘rib chiqish, bajarish bilan bog’liq qonun bilan tartibga solib turiladigan faoliyatdir. Byudjetni tuzish va amalda bajarish ijro etuvchi hokimiyat tomonidan, uni tasdiqlash esa qonun chiqaruvchi organ tomonidan bajariladi.
2.Byudjet jarayoni bosqichlari.
Davlat byudjet loyihasini tayyorlash.

SHaharlar va tumanlar hokimiyatlari (uning tarkibiga kiruvchilar) kyeyingi Moliya yili uchun kо‘rsatiladigan hududlar buyicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan byudjet loyihalarini kelishilgan muddatlarda (ammo yigirma byeshinchi iYundan kyechikmasdan) Yuqori turuvchi Moliya organlariga taqdim etadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va boshqarmalari, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining bо‘lim va boshqarmalari, Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining byudjetidan mablag’ oluvchilar Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlari Moliya bо‘limlariga kyelgusi Moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan muddatlarda (ammo birinchi iYundan kyechiktirmasdan) о‘zlarining arizalarini topshiradilar. Shundan sо‘ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati о‘z hududlari buyicha byudjet loyihalarini О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda (ammo birinchi iYuldan kyechiktirmasdan) taqdim etadilar. Vazirliklar va Respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’ini oluvchilar xuddi Yuqoridagi kо‘rinishda о‘z arizalarini taqdim etadilar. Moliya vazirligi kerakli ma’lumotlarni va hujjatlarni talab qiladi va kyelgusi Moliya yili uchun joriy yilning birinchi oktyabrigacha davlat byudjetining loyihasini tuzadi.

Davlat byudjeti loyihasini О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga taqdim etilishi:

О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolati bilan birgalikda birinchi oktyabrgacha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjet loyihasini taqdim etadi. Byudjet loyihasi tarkibiga kuyidagilar kiradi:



  1. Davlat byudjeti loyihasi tuzilgan о‘rta asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatichlar;

  2. О‘zbekiston Respublikasi hukumatining byudjet siyosatining asosiy yо‘nalishlari;

  3. О‘tgan yilgi va joriy yilning birinchi yarim yilida byudjetning bajarilishi bо‘yicha hisobot;

  4. Harakatdagi klassifikasion tizimga kо‘ra kyeyingi yil uchun daromad va xarajatlar prognozi;

  5. Makroiqtisodiy tahlil natijalariga asoslangan kyeyingi Moliya yili uchun tuzilgan byudjet daromadlari va xarajatlari prognoziga kommyentariy;

  6. Harakatdagi va tasdiq uchun taqdim etilayotgan byudjet programmasining rо‘yxati;

  7. Joriy investisiyalar uchun kapital quyilmalarning prognozi;

  8. Davlatning tashqi va ichki qarzlarining holati va bular buyicha о‘tgan Moliya yilidagi mablag’lar harakati;

  9. Davlat korxonalarining о‘tgan va о‘tayotgan Moliya yilidagi Moliyaviy holati, kyelgusi Moliya yili uchun asosiy Moliya kо‘rsatkichlarining prognozi;

  10. Kyelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasi.

Kyelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasida:

  1. Tavsiya etilayotgan assignovaniyani Moliyalashtirish uchun zarur bо‘ladigan, harakatdagi qonunchilikka tо‘g’ri kyeladigan daromadlar manbai, turi va hajmi kо‘rsatiladi;

  2. О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarida kо‘zda tutilgan, kyelgusi Moliya yilida byudjet mablag’larini oluvchilarga mablag’ ajratishni kо‘zda tutuvchi assignovaniya;

  3. daromadlar va xarajatlar harakatdagi byudjet klassifikasiyasi tizimida kо‘zda tutilgan holda kapital va joriy xarajatlarga bо‘linib aks ettiriladi;

  4. Umumdavlat soliklaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining byudjetiga ajratiladigan ajratmalar mye’yori, Shuningdyek, daromadlar hajmi, dotasiya va subvyensiyalar bilan birgalikda va kо‘rsatilagan byudjetlarning xarajatlari;

  5. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlarning aylanma kassa (naqd) hajmi aniqlanadi;

  6. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti fondining, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatining kо‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun tuziladigan ryezyerf fondining hajmi kо‘rsatiladi;

  7. Davlat byudjeti taqchilligining yо‘l qо‘yish mumkin bо‘lgan hajmi va uni Moliyalashtirish manbalari kо‘rsatiladi;

  8. Davlat tomonidan beriladigan kreditlarning, davlatning tashqi va ichki qarzlarining chyegarasi kо‘rsatiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi, yoki uning topshirig’iga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri kyeyingi Moliya yili uchun tuziladigan davlat byudjeti loyihasini tayyorlash jarayonini koordinasiya va nazoratini amalga oshiradi. Shundan sо‘ng О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, yoki uning topshirig’iga kо‘ra Moliya Vazirligi birinchi noyabrdan kyechikmasdan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kyeyingi Moliya yili uchun byudjet loyihasini taqdim etadi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat tomonidan byudjet loyihasini kо‘rib chiqishi:

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat byudjeti loyihasiga ilova qilingan byudjet taqchilligini hisobga olgan holda davlat byudjeti loyihasining daromadlar va xarajatlarining har qanday moddasini qaytadan kо‘rib chiqadi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan xarajatlar moddasining oshirilishi boshqa xarajat moddalarining mos ravishda qisqarishini kо‘zda tutishi, yoki daromadlarning ortishiga asoslangan bо‘lishi kerak. Xuddi Shunday daromad moddalarining qisqarishi boshqa daromad moddalarining ortishini, yoki ma’lum xarajatlarning qisqarishini kо‘zda tutishi lozim.

О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti qonuni tasdiqlangandan sung uch kunlik muddat ichida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlariga ularning daromad va xarajatlari, Shuningdyek, ularga respublika byudjeti tomonidan ajratiladigan byudjet dotasiya va subvyensiyalarining hajmi tо‘g’risida ma’lumotni beradi. Shundan sо‘ng, kengash ikki xaftalik muddatda О‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti doirasida о‘z byudjetlarni tasdiqlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Jokargi Kengyesi va Toshkyent shahri, viloyatlar xalq dyeputatlari uch kunlik muddati ichida shahar va tumanlar hokimiyatlar ular byudjetining daromad va xarajatlari Shuningdyek Yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajaratiladigan dotasiya va subvyensiyalar hajmi tо‘g’risidagi ma’lumotni yetkazadi.



Tasdiqlangan daromad va xarajatlarning hajmi bо‘yicha ma’lumotlar berish.

Davlat byudjeti haqidagi qonun qabul qilinganidan kyeyin О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir xaftalik muddat ichida О‘zbekiston Respublikasi Soliq Qо‘mitasi va Bojxona Qо‘mitasini tasdiqlangan daromadlar hajmi bо‘yicha ma’lumotni beradi. 10 kunlik muddat ichida Moliya vazirligi Respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan tashkilotlarni belgilangan daromad va xarajatlar hajmi bо‘yicha ma’lumotni beradi. Mahalliy darajadagi korxona va tashkilotlarga byudjet daromad va xarajatlari tо‘g’risidagi ma’lumotni berish xuddi Shu tarzda bir xaftalik ichida amalga oshiriladi.



Davlat byudjetni bajarilish va uni bajarish ustidan nazorat:

  1. Barcha turdagi byudjet daromadlari mazkur qonunda kо‘zda tutilgan muddatlarda va tartibda Shuningdyek soliq va bojxona kodyekslari, О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktlarda kо‘zda tutilgan tarzda shakillanadi.

  2. Byudjetga daromadlarni о‘z vaqtida kelib tushishi uchun soliq va bojxona organlari ma’suldirlar.

  3. Soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarni byudjetga о‘tkazish muddati qonunlar bilan belgilanadi. YUridik shaxslardan tо‘lanmagan soliqni sо‘zsiz undirib olish soliq organlari zimmasiga Yuklatiladi.

  4. Joriy yilning 31 dyekabrigacha byudjetga о‘tkazilmagan daromadlar kyeyingi yilda о‘tkaziladi.

Davlat byudjetidan xarajat qilishning asosiy qoidalari:

  1. Davlat byudjeti xarajatlari byudjet mablag’larini oluvchi tomonidan davlat byudjeti tо‘g’risidagi qonun aniqlangan smeta xarajatlari va yо‘naltirilish syertifikatlariga asosan byudjet assignovaniyasi chyegarasida amalga oshiriladi.

  2. Xо‘jalik shartnomalari bо‘yicha xarajat qiligan byudjet mablag’lari kyeyingi Moliya yilida byudjet assignovaniyasi hisobidan tо‘lanadi.

  3. Respublika byudjet tashkilotlari schyotida qolgan byudjet mablag’lari Moliya yilining oxirgi ish kunida Respublika byudjet schyotiga о‘tkaziladi. Mahalliy byudjetlardan Moliyalashtiriladigan korxonalar uchun ham Shu tartib amal qilinadi.

  4. Barcha darajadagi byudjetlarning schyotlarida qolgan byudjet mablag’lari kassa aylanmasini shakllantirish uchun yо‘naltiriladi.

  5. Tasdiqlangan kassa aylanmasidan qolgan qoldiq mablag’lar hukumat organlarining qaroriga kо‘ra boshqa yо‘nalishlarga xarajat qilinishi mumkin. Davlat byudjetini kassa bajarilishini nazorat qilish Oliy Majlis tomonidan vakolatlangan О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalaga oshiriladi, chunki davlat byudjetini daromad va xarajatlari bо‘yicha о‘tkazmalar markaziy bank qoshida ochilgan hisob-kitob schyotida amalga oshiriladi.

  6. Moliya vazirligi har chorakda Vazirlar Mahkamasiga davlat byudjeti ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, assosasiyalar, Qoaraqolpog’iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining davlat byudjetini bajarilishini borish tо‘g’risida har chorakda hisobotni tinglaydi.

  7. Mansabdor shaxslar Moliya vazirligi va uning joylardagi organlariga taftish va tekshiruvlar о‘tkazishdagi yordam berishga majburdilar. Harakati tekshirilayotgan shaxslar kerakli ma’lumotlarni yozma yoki elyektron shaklda taqdim etishga majburdir.

  8. Har yili 1 apryelgacha Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlisga о‘tgan Moliya yilidagi о‘zining taftish faoliyati natijalari bо‘yicha hisobot beradi.

Davlat byudjeti Qoraqalpog’iston respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni ijrosi Yuzasidan hisobot:

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkyent shahri Moliya organlari о‘tgan Moliyaviy yil bо‘yicha har yili 20 fyevraldan kyechikmasdan hisobotlarni о‘zlarining quyi organlariga qabul qiladi va bir vaqtning о‘zida Moliya vazirligiga hisobotlar nusxasini taqdim etadi.

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkyent shahri hokimiyatlari mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasining Jokargi Kengyesi va mahalliy xalq organlarga 25 fyevralgacha kо‘rib chiqish va tasdiqlash uchun hisobotlar taqdim etiladi.

  3. О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot yilidan kiyingi yilning birinchi maygacha hisobot tuzadi va vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

О‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi bu hisobotni kо‘rib chiqib tasdiqlagandan sо‘ng О‘zbeksiton Respublikasi Oliy majlisiga taqdim etiladi. Davlat byudjetini bajarilishi tо‘g’risidagi hisobotni Oliy Majlis qarori bilan tasdiqlanadi va bir oylik muddat ichida matbuotda e’lon qilina



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling