Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari


Download 0.8 Mb.
bet14/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)

19-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari

REJA:


  1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida

  2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari

  3. Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar

  4. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati



1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida
Davlat Moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan Moliya tizimining muhim bug’inidir. Davlat Moliyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

- Davlat byudjeti.

- Byudjetdan tashqari jamg’armalar.

- Davlat kreditlari.

- Davlat korxonalari Moliyasi.

Davlat Moliyasining sanab о‘tilgan turli xildagi bug’inlari bо‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoq va hududiy muammolarning yechimlarini keng miqyosda hal etadi.

Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashqari jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar – umumdavlat Moliyasining muhim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining Yuqori organlarining tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyatini amalga oshiradilar.

Byudjetdan tashqari jamg’armalarni:

- konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shiladigan jamg’armalar;

- konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shilmaydigan jamg’armalarga ajratish mumkin.

Funksional jihatiga kо‘ra va boshqaruv darajasiga kо‘ra byudjetdan tashqari jamg’armalar turli xil bо‘ladilar. Ularni funksional jihatiga kо‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy jamg’armalarni bо‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa umumdavlat respublika va ryegional jamg’armalarga bо‘lish mumkin.

Hozirgi kunda respublikamizda bir nyechta byudjetdan tashqari jamg’armalar faoliyat kо‘rsatmoqda:

- Pyensiya jamg’armasi (ijtimoiy sug’urta jamg’armasi birgalikda) Shular jumlasidandir.

Pyensiya jamg’armasi – bu pyensiya bilan ta’minlovchi davlat Moliya boshqaruvining organidir. Bu jamg’arma mustaqil Moliya instituti hisoblanib, bu jamg’armaning mablag’lari davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.

Pyensiya jamg’armasi bilan davlat byudjetining farqli tomoni Shundan iboratki, о‘z resurslarining hissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag’ va dotasiyalarni rad etadi. Maxsus pyensiya tо‘lovlari ijtimoiy himoya doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bо‘lib, tuShumlar va mablag’lar bilan qо‘shilmagan holda pyensiya jamg’armasida tо‘planadi. Pyensiya jamg’armasi idoralari pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgaltyerlik hisobining hisob varaqlari Rejasini qtllagan holda hisob Yuritadilar va yilning har choragida pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi haqida Moliyaviy hisobotlarini tuzadilar.

Mamlakatimiz о‘zining 22 yillik tarixi mobaynida ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida tub islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlariga ega bо‘ldi. Istiklolga erishilgandan sо‘ng о‘tgan yillar mobaynida respublikada juda kо‘plab о‘zgarishlar amalga oshirildi va milliy iqtisodiyotning moddiy asoslari yaratildi. Shu davr mobaynida Moliya tizimi О‘zbekistonning milliy xususiyatlariga asoslangan holda kayta shakllandi, mamlakatda yaratilgan milliy daromadni kayta taqsimlashda davlatning iqtisodiyotga aralaShuvi birmuncha kamaydi, Shundan kelib chiqqan holda esa, Moliya tizimining tarkibiy qismi bо‘lgan maqsadli jamg’armalarni takomillashtirish bо‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.



Mustaqillikka erishgunimizga qadar davlat byudjetida davlatning dyeyarli hamma mablag’lari tо‘planar edi. Moliyaning Yuqori darajadagi jamlanishi va markazlaShuvi bir qancha ustunliklarga ega bо‘lgan bо‘lib, uning asosiysi sifatida, tо‘plangan mablaglarni ayrim hudud, soha, tarmok yoki tarmoqlararo komplyekslarlarda mavjud global muammolarni yechishga yо‘naltirilganini aytish mumkin. Biroq bu turdagi markazlaShuvning asosiy kamchiligi, Moliyaviy mablaglarning umumxо‘jalik tizimi va alohida olingan Moliya ob’yektlarining rivojlanishidagi samara darajasining juda past bо‘lganligidir.

Sir emaski, istiqlolimizning dastlabki yillarida xо‘jalik tizimining bir turdan boshqa turiga о‘tish jarayonida iqtisodiyotimizda, bir qancha muammolar Yuzaga kyelgan. Iktisodiy va Moliyaviy muammolar aholi turmush darajasining syezilarli darajada pasayishi va ishsizlikning darajasining о‘sib kyetishiga asosiy sabab bо‘ldi. Bunday sharoitda, bir tomondan cheklangan Moliyaviy mablaglarning davlat miqiyosidagi muhim umumiqtisodiy va ijtimoiy talablarni qondirilish maqsadiga yо‘naltirish chora-tadbirlari tursa, ikkinchi tomondan esa, Moliyaviy tanqislikni kyeltirib chiqaruvchi inqiroz sharoitida markaziy hokimiyatning oldida jamiyat ehtiyojlarini zaruriy ravishda qondirish uchun, boshqa, davlat ahamiyatiga molik xarajatlardan voz kyechishga majbur bо‘ladi. Shuning uchun ham davlat byudjetidan maqsadli jamg’armalarni ajratish zarurati Yuzaga kyeldi. CHunki ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan jamg’armalarning tashkil qilinishi natijasida о‘sha sohaga bо‘lgan e’tibor yanada kuchayadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ham ajralib chiqa boshladi va ularning asosida taraqqiyot yо‘limizning byesh tamoyilidan biri - kuchli ijtimoiy siyosat omili asosiy о‘rin tutar edi.

Maqsadli jamg’armalarning tashkil qilinishi davlat о‘z Moliyaviy resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish uchun zarurdir. Maqsadli jamg’armalarning davlat tomonidan qat’iy belgilanganligi, manbalarni tashkil etish yо‘llari aniq kо‘rsatilganligi, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniklab berilganligi, hukumatning Yuqori organlarini tyegishli qonun hujjatlari asosida о‘z faoliyatini Yuritishi bois ular umumdavlat Moliyasining muhim bо‘gini hisoblanadi. Maqsadli jamg’armalarning о‘z maqsadiga kо‘ra sarflanishi esa davlat ahamiyatga molik ijtimoiy muammolarni hal qilishi bilan birga, aholi turmush darajasining yaxshilanishi va ou orkali mamlakatda amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxotlarning kanchalik samara berayotganidan dalolat beradi.

Maqsadli jamg’armalarning zarurligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil - bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarning daromadlardan о‘sib kyetishi Moliyaviy mablag’larni faqat kidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar, va jismoniy shaxslardan tushgan mablag’larni kayta guruhlanishini ham talab etadi. Pirovardida esa, xо‘jalikni va xususiylashtirishning kо‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag’larini qayta taqimlashning yangi usullarini qо‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng bozor iqtisodiyotiga о‘tish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ilmiy izohlagan holda, ularni shakllantirish yо‘llari yoritib berilgan. Shu bilan birga unda aholining keng katlamlarini, eng avvalo uning nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash chora tadbirlarini kо‘rish zarur dyeb qaraladi. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy himoyalash muommolarni hal etishda SHarqda ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyokarash xususiyatlariga muvofiq yо‘l tutiladi. Ijtimoiy siyosatning bizning respublikamizda alohida ahamiyatga ega ekanligi fakat iktisodiy vaziyatlargagina bog’lik emas, balki sog’lom avlodni tarbiyalash hakida, kо‘p bolali uzbek oilasiga madad berish hakidagi g’amxо‘rlik ham, halkning ma’nviy qadriyatlariga asoslangan holda kyeksalarga, himoyasizlarga an’anaviy yordam berish ehtiyoji bilan bog’likdir.
2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari

Har qanday mamlakat, jumladan О‘zbekiston ham ijtimoiy siyosatning izchil amalga oshirilishida ma’lum iktisodiy mexanizmlar asosida faoliyat Yuritadi. Shunday iqtisodiy mexanizmlardan biri — bu davlatning turli maqsadli jamg’armalarining tashkil kdlinishi va faoliyat Yuritishidir.



Maqsadli jamg’armalar - Moliya tizimining muhim tizimlaridan biri bо‘lib, markaziy va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari ixtiyoridagi va ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan pul resurslari yig’indisidir.

Bozor munosabatlariga о‘tish iqtisodiy sasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga о‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatshsh namoyon kilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yо‘qolib kyetgan egalik tuyg’usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikannng g’oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi.

Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidai chikarish va xususiylashtirish yо‘li, yangi paydo bо‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan Shugullanayotgan va aholiga xizmat kо‘rsatayotgan xususiy, aksionyerlik, kollyektiv va boshqa korxonalarni qо‘llab-quvvatlash bilan aralash, kо‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Mamlakatimizda byudjetdan tashqari jamg’armalarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va о‘rta biznyesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bо‘lib, investisiyalarni jalb etish va boshqalar byudjetdan tashqari jamg’armalarning vazifasi hisoblanadi.

Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashkari jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’lik bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Byudjetdan tashkari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi.

Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar — umumdavlat Moliyasining muxim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat hukumatining Yukori organlarini tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyati ni amalga oshiradilar.

Ularning tashkil qilinishi va tartibga solinishi Moliyaviy tartibda tartibga solinadi. Maqsadli jamg’armalar milliy daromadni kayta taqsimlashning usullaridan biri bо‘lib, u aholining aniq bir ijtimoiy guruhi yoki davlat ahamiyatiga molik aniq masadga yо‘naltiriladi. Bunda davlat aholi daromadlarining bir qismini о‘zining turli chora-tadbirlarini Moliyalashtirib boradi. Maqsadli jamg’armalar о‘z mohiyatiga kо‘ra asosan ikki vazifani bajaradi:



-iktisodiyotning ustuvor sohalarini kо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlash:

-axoliga ijtimoiy xizmat kо‘rsatish doirasini kengaytirish.



Ular iktisodiyot oldida turgan bir kancha masalalar, jumladan ishlab chikarish sur’atining oshishini ta’minlash, vaqtinchalik tо‘xtalishlarni chyetlab о‘tish, va inkiroz holatlari byeqarorligini yechishga yordam beradi.

Xulosa kilib aytganda, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar — umumdavlat Moliyasining muhim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat hukumatining Yukori organlarini tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyatini amalga oshiruvchi Moliyaviy tashkilotdir. Shuningdyek, ular bozor munosabatlariga о‘tishning asosiy tamoyili - kuchli ijtimoiy siyosatni qо‘llab quvvatlovchi kuchli omil sifatida mamlakat iqtisodiyotida faoliyat kо‘rsatadi.

Shunday ekan, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar iktisodiyotning ajralmas qismi bо‘lib, uni chuqur о‘rganmasdan turib, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Maqsadli jamg’armalarning shakllanishi va uning Moliyaviy manbalarini aniklash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama о‘rganish zarur. CHunki, har qanday biror maqsad uchun tashkil qilingan maqsadli jamg’armaning uz maqsadiga kо‘ra ishlatilishi, ulardan olinadigan samaraning maqsadga muvofikligi va qolavyersa, bozor munosabatlari sharoitida bu jamgarmalar ahamiyatini oshirish bо‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlarning aholi turmush darajasiga bо‘ladigan ijobiy ta’sirini chuqur ilmiy asosda о‘rganish. hozirgi kunda mamlakat Moliya tizimi о‘z oldiga qо‘ygan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, jamiyat rivojining ma’lum bosqichlarida mamlakatda turli maqsadlarni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bо‘yicha turli jamgarmalar tashkil etilgan va bu о‘sha davrda iktisodiyotning kam rivojlangan tarmogining taraqqiyotiga о‘zining juda katta samarasini bergan. Va Shu tariqa, davlat ham о‘z oldiga qо‘ygan pirovard maqsad — iqtisodiy о‘sishga erishishni ta’minlagan.

Bugungi kunda respublika ijtimoiy hayotidagi asosiy Moliyaviy manbalardan bо‘lib byudjetdan tashqari pyensiya jamg’armai hisoblanadi. Aholnning kam ta’minlangan, iktisodiy yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilishdyek mas’uliyatni о‘zining asosiy maqsadi qilib olgan bu jamgarmaning bugungi kundagi ahamiyatini belgilab beradi.

Umuman, mamlakatda faoliyat kо‘rsatayotgan har qanday maqsadli jamgarmaning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadi aholi turmush farovonligiga qaratilishi, Shu bilan birga kuchli ijtimoiy siyosat sharoitida barkaror taraqqiyotni belgilab beruvchi muhim omildir.

Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning dastlabki yillarida iktisodiyotning barcha soha va tarmoklarida vaziyat jiddiylaShuvi kuzatildi. Xalq xо‘jaligining barcha tarmoklari eskirgan asbob-uskunalarni yangisiga almashtirish, asosiy ishlab chikarish jamg’armalarini ryekonstruksiya kilish va kengaytirishni, yengil va ozik sanoati tubdan yangilanishni, kishlok xо‘jaligi bilan bog’lik kayta ishlovchi sanoat tarmoklari rivojlantirilishni talab etardi. Bularning barchasi esa Moliyaviy sohada inkirozning о‘sishi bilan xarakterlanardi(inflyasiya darajasining kо‘tarilishi, byudjet takchilligining oshishi, davlatning ichki va tashqi qarzlarining kо‘payib kyetishi va hk). Bunday sharoitda aholining turmush darajasining syezilarli pasayib kyetishini ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamida yaqkol kuzatish mumkin bо‘lardi.

Shu tarzda, davlat yoki hudud miqiyosida katta miqdordagi va aniq maqsadga yо‘naltirilishi lozim bо‘lgan Moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’iladi. Va eng asosiysi, unda Rejalashtirilgan chora-tadbirlar yig’indisi umumiqtisodiy va ijtimoiy, tarmoklararo, davlatlararo bо‘ladigan hamkorlik masadlariga yо‘naltiriladi.

Maqsadli jamg’armalarning vujudga kelishi davlatning markazlashgan jamg’armalari bо‘lgan davlat byudjeti vujudga kyelmasdan ancha ilgariroq., maxsus jamg’armalar yoki ixtisoslashgan hisob raqamlar kо‘rinishida amal qilgan.

Dastlab, davlat hokimiyati о‘z faoliyatini kengaytirib borishi bilan о‘z xarajatlarini qoplaovchi mablag’larga ehtiyoj syezdi. Bu mablag’lar esa maxsus maqsadlarni kо‘zda tutgan jamg’armalarda tо‘planar edi. Tashkil qilinish talabiga kо‘ra bunday jamg’armalar vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, davlat u yoki bu chora-tadbirlarini amalga oshirganidan sо‘ng, ular xam tugatilar edi. Shunga bog’liq ravishda yangi tashkil qilinish va tugatilishi sababli bunday jamg’armalar soni doimiy ravishda о‘zgarib turardi.

Umuman olganda, davlatning yangi maqsad va vazifalari vujudga kelishi va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirilishi bilan bu kabi maqsadli jamg’armalar sonining о‘sish tyendyensiyasi kuzatilishi tabiiy xol albatta. Bu jamg’armalarning aksariyati ma’lum Moliyaviy noqulayliklar (ba’zilarida mablag’ yetishmasligi, boshqalarida esa mye’yoridan oshib kyetishi)ni kyeltirib chiqarishi bilan birga ularni boshqarish uchun qо‘shimcha mablag’ talab etadi. Masalan hozirgi kunda ayrim g’arb mamlakatlarida bunday jamg’armalar soni 30-80 tagacha tyebranib turadi.



Markazlashgan davlat mustaxkamlanishi bilan maxsus jamg’armalarni iloji boricha bitta kilish, uncha ahamiyatga molik bо‘lmaganlarini esa tugatish talab etiladi. Turli jamg’armalarning qо‘shilishidan esa, parlamyent kur i b chiqqanidan kyeyin qonun sifatida qabul qilinadigan va bajarilishi shart bо‘lgan hujjat - davlat byudjeti vujudga kyeldi.

Hozirgi sharoitda byudjet siyosati aniq shartlar asosida amal qilinayotgani uchun ham maqsadli jamg’armalarning ahamiyati ortib bormoqda.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar qator xususiyat va qulayliklarga ega:

- davlat hokimiyati organlarida, asosan barqaror bо‘lmagan iqtisodiyot sharoitida, xо‘jalik hayotiga aralashishi va tadbirkorlikni kо‘llab quvvatlash uchun qо‘shimcha mablag’lar paydo bо‘ladi;

- mablag’lardan foydalanishning kat’iyligi samaraliroq nazoratni ta’minlab beradi, chunki ularning byudjetdan tashqari xarakterga ega ekanligi va anik maqsad (yangi, muhim masalalarni yechish)ga qaratilganligi davlat tomonidan katta e’tibor talab etadi;

- aktiv saldo vujudga kyelgan holda kredit mexanizmi orqali byudjet takchilligini koplash uchun yо‘naltiriladi.

Maqsadli jamg’armalar asosan 2 xil yо‘l bilan tashkil qiliiadi: davlat yoki mahalliy byudjetning ma’lum maqsadli qismidan pul ajratish yoki aniq yо‘naltirilgan yangi byudjetdan tashqari jamg’armani konunchilik palatasi qarori asosida tuzish etish bilan. Shu asosida aksariyat mamlakatlarda aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga yо‘naltirilgan ijtimoiy sug’urta jamg’armai tashkil etilgan. Boshqa jamg’armalarning tashkil kilinishi esa jamiyat tomonidan muhim ahamiyatga ega bо‘lgan, ilgari ma’lum bо‘lmagan xarajatlarning vujudga kelishi bilan bog’lik deyish mumkin. Bunday holatlarda hukumat taklifiga kо‘ra, konun chiqaruvchi organ yangi byudjetdan tashqari jamg’arma tashkil qilish buyicha maxsus qaror qabul qiladi. Shu tarzda turli mamlakatlarda bir qancha maqsadli jamg’armalar tashkil topgan.

Byudjetdan tashkari maxsus jamg’armalar ma’lum maqsadga Yunaltirilganligi bois, odatda uning nomida qanday maqsadda ekanligi kursatiladi (pyensiya jamg’armai, ijtimoiy sug’urta jamg’armai, Yul jamg’armai, maktab jamg’armai va hk.).

Milliy daromad Moliyaviy tizimning boshqa bulimlari qatorida maqsadli jamg’armalarning ham Moliyaviy manbai bulib xizmat kiladi va milliy daromadning qayta taqsimlanish jarayonida aksariyat jamg’armalar tashkil topadi. Bunday jamg’armalarni tashkil etish jarayonida milliy daromadning Yunaltirish usullariga maxsus soliqlar va yigimlar, byudjetdan ajratiladigan turli mablag’lar va qarzlar kiradi.

Maqsadli jamg’armalar Yunaltirilishiga kura iktisodiy va ijtimoiy yо‘naltirilgan, boshqarilish darajasiga kо‘ra esa markaziy va xududiy boshqariladigan jamg’armalarga ajratiladi.

Maqsadli jamg’armalarning xilma-xilligi bu jamg’armalarning va Moliyaviy tizimning boshqa bug’inlari orasidagi murakkab, kо‘p kirrali aloqalarni talab etadi. Moliyaviy alokalar bir tomonlama, ikki tomonlama va kо‘p tomonlama bо‘lishi kuzatiladi.



Bir tomonlama alokalarda pul mablaglari bir yо‘nalishda: Moliyaviy tizimlardan makyeadli jamg’armalar tomon harakatlanadi. Bunday alokalar jamg’armalarning tashkil tashkil etilishi va Shu jamg’arma mablaglaridan foydalanishi jarayonida paydo bо‘ladi. Masalan kо‘p davlatlarda valYuta jamgarmalari markaziy byudjet mablaglaridan qaytarilmas subsidiyalar shaklida tashkil etiladi. Bir tomonlama alokalar yana maqsadli jamg’arma о‘z mablaglarining bir kismini boshqa Moliyaviy tizimlarga utkazishda vujudga kyeladi.
3. Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar

Nobyudjet jamg’armalarning bozor iqtisodiyoti tizimida bar qator afzalliklari mavjud, ya’ni:

- davlat byudjetini yengillashtirish imkonini beradi, uning xarajatlarining bir qismini о‘z zimmasiga oladi va ayni mahalda byudjetni mablag’ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi;

- ijtimoiy va boshqa xarajatlarni Moliyaviy ta’minlashning qoldiq tamoyillarini bartaraf etish imkonini beradi;

- mablag’dan qat’iy nazar maqsadli foydalanib, davlat safarbar qilayotgan resurslarni kо‘paytirish imkonini yaratadi.

Jahon tajribasidan nobyudjet jamg’armalarning juda kо‘p turlari mavjud. Barchasini funksional jihatdan 2ta katta guruhga ajratish mumkin:

- ijtimoiy yо‘naltirilgan jamg’armalar (pyensiya jamg’armai, majburiy tibbiy sug’urta jamg’armai, davlat bandlik jamg’armalari, ijtimoiy sug’urta jamg’armalari, aholini qо‘llab-quvvatlash umummilliy jamg’armalar)

- iqtisodiy jamg’armalar (Davlat yо‘l jamg’armaisini alohida kо‘rsatish mumkin Lekin ularni ijtimoiy jamg’armalar tarkibiga ¦am kiritish mumkin).

“Insonning ijtimoiy himoyalanganligi” inson bilan jamiyat aloqalarining rang-barangligini aks ettiradi, fuqarolarning hayot faoliyati ana Shu aloqalar tufayli sodir bо‘ladi, ularning qobiliyati ochiladi va ishga solinadi.

Ijtimoiy jamg’armalar, bu aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitusion huquqlarini kafolatlash maqsadida ijtimoiy xizmat kо‘rsatish uchun mо‘ljallangan pul mablag’lari jamg’armai bо‘lib, о‘z faoliyatini mamlakat milliy daromadini qayta taqsimlash va ulardan foydalanish asosida olib boradi.

Milliy iqtisodiyotda ijtimoiy jamg’armalar о‘tish davridagi taqsimot munosabatlari mahsuli bо‘lib, katta ijtimoiy Yukni kо‘taradi.

Ijtimoiy jamg’armalarni shakllantirishning i¦tiyoriyligi bozor munosabatlarining dyemokratik mohiyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy jamg’armalarga mablag’ ajratishning majburiyligi esa davlatning bozor iqtisodiyotidagi funksional roli, jumladan uning ijtimoiy vazifalari oldindan belgilanadi.

О‘zbekistonda ijtimoiy jamg’armalar mulkchilik shakliga bog’liq holda davlat jamg’armalari va nodavlat jamg’armalardan iborat. Davlat ijtimoiy jamg’armalari umummilliy xarakterga ega bо‘lib, ularni umumiy muammolarni hal ettiradi.

Kо‘p ukladli iqtisodiyot о‘z mazmuniga kо‘ra taqsimlash munosabatlarining bozor va nobozor k¤rinishlarning taqozo etadi. Taqsimlashning bu aralash jarayonida Moliyaviy munosabatlarning о‘tish xarakterini ifodalaydigan ijtimoiy jamg’armalar shakllanadi.

YAIMning о‘sishi iqtisodiyot sub’yektlarining ijtimoiy jamg’armalarga mablag’ ajratish imkoniyati ortayotganini bildiradi. Iqtisodiyotni kо‘p ukladli tuzilmasi, bir tomondan, ijtimoiy jamg’armalarni mablag’ bilan ta’minlashning i¦tiyoriyligi, ikkinchi tomondan esa majburiyligini taqozo etadi.

Davlat ijtimoiy jamg’armalari umummilliy xarakterga ega bо‘lib, ulardan umumiy ijtimoiy munosabatlarni hal etishda foydalaniladi. Ular “о‘zbek modyeli”ning ijtimoiy maqsadlarini amalga oshirishga mо‘ljallangan. Davlat ijtimoiy jamg’armalari iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi, Shuning uchun ularning iqtisodiy imkoniyatlardan Yuqori bо‘lishining chyegarasi bor, aks holda ular iqtisodiy о‘sishga tо‘sqinlik qilishi mumkin.

Davlatning maqsadli byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalariga funksion vazifalariga muvofiq quyidagilar kiradi: О‘zbekiston Respublikasi Pyensiya jamg’armai, О‘zbekiston Respublikasining Davlat Bandlikka kо‘maklashish jamg’armai, О‘zbekiston Respublikasi Kasaba uYushmalari fyedyerasiyasi jamg’armai, Iqtisodiy jamg’armalarga О‘zbekiston Respublikasi Yо‘l jamg’armai, О‘zbekiston Respublikasi Minyeral xom ashyo resurslarini tо‘ldirish jamg’armai, О‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qо‘mitasining maxsus hisob raqami, maktab ta’limi jam¦armasi

Byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar mohiyatan sof davlat jamg’armalari emas, chunki ular aralash xususiyatga ega. Ular shakllanish manbalariga kо‘ra, korxona va muassasalar ajratadigan mablag’lardan iborat bо‘lib, markazlashgan holda va davlat nazorati asosida jamg’ariladi, davlat tomonidan о‘rnatilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi va foydalaniladi.

3. Ijtimoiy soha muhimligi va faolligiga qaramay, iqtisodiyotning hosilasidir. Shu bois, iqtisodiyotni kо‘p ukladli tarkibining rivojlanishi va uning nodavlat syektori mustahkamlana borishga muvofiq nodavlat ijtimoiy jamg’armalar soni ortib boradi. ¥ozirgi kunda Respublikamizda 35dan ortiq ijtimoiy jamg’armalar faoliyat kо‘rsatmoqda. Nobyudjet jamg’armalarning tashkil topishi quyidagi omilga bog’liqdir


  • ijtimoiy ehtiyojlarning xilma-xilligi;

  • aholi yirik ijtimoiy guruhlarga tabaqalanishi va ular orasida manfaatlari turlicha bо‘lgan mikro ijtimoiy guruhlar tarkib topishi bilan izohlash mumkin.

Shu sababli nodavlat ijtimoiy jamg’armalar va turli ijtimoiy guruhlar kо‘p maqsadli vazifalarga ega.

Nodavlat ijtimoiy jamg’armalarni amal qilish muddatiga qarab doimiy jamg’armalar va vaqtinchalik jamg’armalarga bо‘lish mumkin. Mulkiy tyegishligiga va manbalarning shakllanishiga kо‘ra, ularni davlat jamg’armalari, davlatlararo jamg’armalar va mahalliy jamg’armalarga ajratish mumkin.

Eng avvalo, bu jamg’armalarning belgi-alomatlaridan kelib chiqib, ularni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:

Bozor tarkibidagi tizim bо‘lgan sosial soha ijtimoiy tizimining iqtisodiyotdagi о‘zgarishlarini passiv aks ettiradigan elementi emas. U inson kapitalini rivojlantirish va jamiyatda ijtimoiy muvozanatni ta’minlash orqali iqtisodiy о‘sishga faol ta’sir kо‘rsatishga qodirdir.

Xо‘jalik Yuritishning bozor munosabatlariga о‘tish uchun ishlab chiqarishni boshqarishni iqtisodiy usullaridan foydalanishni, korxonalarni byudjet bilan aloqasi qonun bilan boshqariladigan huquqiy asoslarga о‘tilishin talab qiladi. Xozirgi vaqtda sanoat jixatdan rivojlangan mamlakat nobyudjet jamg’armalarining kirim qismining 80-90 foizi Yuridik shaxslardan olinadigan ajratmalar xisobiga tо‘g’ri kyeladi.Bozor iqtisodiyotiga о‘tish davrida, О‘zbekistonda nobyudjet jamg’armalar yordamida birlashgan byudjet daromadlarning asosiy qismi tashkil qiladi.

Byudjet daromadlari mamlakat byudjet jamg’armasini tashkil qilish jarayonida davlatning korxonalar tashkilot va aholi bilan Yuzaga kyeladiganiqtisodiy munosabatlarni ifoda qiladi. YUqorida aytib о‘tganimizdyek, ushbu iqtisodiy munosabatlar paydo bо‘lishiga korxonalar, tashkilotlar va aholining davlat byudjetiga xar xil tо‘lovlari sabab bо‘ladi. Nobyudjet jamg’armalari daromadlari bir tomondan takror ishlab chiqarishjarayonida qatnaShuvchilar о‘rtasida jami mahsulot qiymatini taqsimlash bо‘lsa, boshqa tomondan davlat qо‘lida tо‘planib qolgan mablag’larning mintaqaviy, tarmoq va maqsadli, byudjet jamg’armalarini tashkil qilish uchun taqsimlash ob’yekti bо‘lib xizmat qiladi.


21-mavzu: Davlat krediti.
Reja:

1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari

2. Davlat krediti klassifikasiyasi

3. Davlat kreditini boshqarish

4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va Yuridik shaxslar о‘rtasida vujudga kyeladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bо‘lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi.

Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag’larni qarz oluvchi bо‘lib hisoblanadi.

Agar davlat Yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (tо‘lov, tо‘lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bо‘lgan opyerasiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi).

Jismoniy va Yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat о‘z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining о‘lchamiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki kо‘rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi о‘sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, о‘zgarishiga olib kyelmasligi mumkin. Agar qarzdor о‘zining zimmasiga Yuklatilgan majburiyatlar bо‘yicha tо‘liq hajmda va о‘z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hyech qanday qо‘shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli bо‘lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bо‘lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli bо‘lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qо‘llaniladi va bu narsa Shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning о‘sishiga olib kyeladi.

Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki kо‘rinishdagi – Moliya va kredit – pul munosabatlarining о‘rtasida joylashgan bо‘lib, Shunga mos ravishda, u ham Moliyaga va ham kreditga tyegishli bо‘lgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan bug’ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi.

Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) Moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir nyecha о‘ziga xos bо‘lgan quyidagi xususiyatlarga egadir:



  • soliqlarga nisbatan davlat krediti ixtiyoriylik xarakteriga ega. Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan chekinish va davlat zayomlarini joylashtirishda majburiylik holatlariga ham yо‘l qо‘yiladi;

  • agar soliqlar faqat bir yо‘nalishda - soliq tо‘lovchilardan byudjetga yoki nobyudjet fondlarga - harakat qilsa (bunga tyeskari yо‘nalishdagi harakat faqat ortiqcha tо‘langan yoki xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bо‘lishi mumkin), qaytaruvchanlik va haqlilik (tо‘lovlilik) davlat kreditining asosini tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditida ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng о‘tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi kerak.

Umuman olganda, davlat krediti boshqa Moliyaviy kategoriyalardan о‘zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

  • agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi sifatida konkryet boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa Shunga о‘xshashlar – maydonga chiqadigan bо‘lsa, davlat tomonidan mablag’lar qarzga olinayotganda uning egaligida bо‘lgan barcha mol-mulk, ma’lum bir hududiy birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining ta’minlanganlik elementi bо‘lishi mumkin;

  • Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli xarakterga ega bо‘lmaydi. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag’lar aniq ifodalangan maqsadli xarakterga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Masalan, yangi yо‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarziy mablag’lar ana Shunday xarakterga egadir14;

  • har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag’larni oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat kreditining aniq shartlarida о‘z ifodasini topadi.

Davlat kreditining mazmun-mohiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalar orqali yaqqol namoyon bо‘ladi. Moliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • taqsimlash;

  • tartibga solish;

  • nazorat.

Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga chiqib, о‘z xarajatlarini Moliyalashtirishni qо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qarzlari byudjet defisitini Moliyalashtirishning asosiy manbai bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan tuShumlar byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning soliqlardan kyeyingi ikkinchi myetodidir. Bu narsa soliq tuShumlarining oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari о‘sish sur’atlarining Yuqoriligi bilan izohlanadi.

Kapital xarakterdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag’lar hisobidan Moliyalashtirish, ma’lum chyegaralarda, ijobiy ahamiyatga ega. Masalan, maktab yoki kutubxona eng kamida 30-50 yil xizmat qilganligi uchun bir emas, bir nyecha avlodning ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Shunday ekan, nyega unda ularning qurilishi, hatto yoki ehtimol maktab va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning soliqlari hisobidan bir nyecha yilga tо‘lanishi kerak? Bunday holatlarda ana Shunga о‘xshagan ob’yektlarni qurish bilan bog’liq bо‘lgan Moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan foydalanishi mumkin bо‘lgan barcha avlodning zimmasiga Yuklash oqilonadir. О‘z navbatida, Moliyalashtirish manbalarini vaqt nuqtai-nazaridan uzaytirish (chо‘zish) о‘sha muddatga zayomlar chiqarish yо‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktabni yoki kutubxonani qurayotgan avlod kyeyingi avlod bilan bir xil Moliyaviy Yukni о‘z yelkasida kо‘tarishiga erishiladi. CHunki bu holda ular tomonidan tо‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz ham va ular bо‘yicha foizlar ham qaytariladi.

Shunday qilib, kо‘rinib turibdiki, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy ta’siri natijasida, vaqt nuqtai-nazaridan, soliq Yuki og’irligining nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni Moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori oshmaydi va uning og’irlik Yuki ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni Moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik Yukini orttirish evaziga Moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham kyeyin – olingan kreditlar qaytarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni tо‘lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bо‘yicha foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi.

Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarni Moliyalashtirishda soliqlar asosiy manba bо‘lsa-da, Lekin ular bu jarayonning yagona manbai emas. Bunday xarajatlarni Moliyalashtirish manbalari mablag’lardan foydalanishning yо‘nalishlariga bog’liq. Agar davlat tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib bitkazilgan ob’yekt ishga tushganidan sо‘ng foyda kyeltira boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq Yuki og’irligining kuchaytirilishiga hyech qanday hojat qolmaydi.

Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki sosial xarajatlar Moliyalashtirilsa, ularning qaytarish (uzish)ning yagona manbai bо‘lib soliqlar yoki yangi qarzlar bо‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish (uzish) uchun yangi davlat zayomlarining joylashtirilishi davlat qarzlarini qayta Moliyalashtirish deyiladi.

Davlatning qarz olishi natijasida soliq Yuki og’irligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan tо‘lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun davlat qarzining daromadlilik darajasi qancha Yuqori bо‘lsa, davlat Shunchalik katta soliqlar qismini ularni qaytarish (uzish) uchun yо‘naltirishga majbur. Agar davlat qarzining о‘lchami qanchalik katta bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun yо‘naltirilayotgan mablag’larning salmog’i Shuncha Yuqori bо‘ladi.

Davlat krediti orqali davlat kredit munosabatlariga kirishaturib, u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir kо‘rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish instrumyenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu Moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.

Qarzlarni investorlarning turli guruhlari о‘rtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini tartibga soladi. Jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb qilib, davlat ularning tо‘lovga qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan, investisiyalar, Moliyalashtirilsa muomaladagi naqd pul massasining absolYut qisqarishi sodir bо‘ladi. Xuddi Shuningdyek, davlat krediti hisobidan о‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari Moliyalashtirilsa, aholi tо‘lovga qobil talabining tarkibiy tuzilishi (strukturasi) о‘zgarishiga qaramasdan, muomaladagi naqd pul massasi о‘zgarmasdan qolavyeradi.

Davlat qimmatli qog’ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish bо‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan opyerasiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri bо‘lib hisoblanadi.

Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablag’larga bо‘lgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Davlatning talabi qancha Yuqori bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi Shuncha Yuqori bо‘ladi va tadbirkorlar uchun kredit Shunchaga qimmatlashadi. Qarziy mablag’larning qimmat ekanligi ishlab chiqarish sohasiga tadbirkorlar investisiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning о‘zida, u davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish kо‘rinishidagi jamg’armalarni rag’batlantiradi.

Ma’lum chyegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada bо‘lsa, ular tо‘liq qо‘shib olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga tyeng bо‘lib qolavyeradi. Faqat Shundan kyeyingina Moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining о‘sishida о‘z ifodasini topadi, pul jamg’armalari katta qismining nounumli foydalanilishga jalb qilinishi esa iqtisodiy о‘sish sur’atlarini susaytiradi.

Kreditor va kafil sifatida faoliyat kо‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag’lar hisobidan milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga kyeltirib, davlat ishlab chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznyes, mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida mintaqalarda tyegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yо‘li bilan ishlab chiqarishni rag’batlantirish tizimi keng tarqalgan.

Kichik biznyesni qо‘llab-quvvatlash kasodga uchrash hollari sodir bо‘lganda davlat tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar bо‘yicha banklarga bо‘lgan qarzdorlikni qaytarishni (uzishni) о‘z zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan kо‘plab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat kо‘rsatadiki, ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning notо‘lovlilik risklarini past stavkalar bо‘yicha sug’urta qiladilar. Shu yо‘l bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni о‘zlashtirishi rag’batlantiriladi.

Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni rag’batlantirishda hududlar byudjetlari va nobyudjet fondlari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol о‘ynaydi. Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar iqtisodiyoti kerakli yо‘nalishlarining Yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi ta’minlanadi.

Davlat kreditining nazorat funksiyasi Moliyaning nazorat funksiyasi bilan organik ravishda qо‘shilib kyetgandir. Lekin uning bu funksiyasi Shu kategoriyaning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega:


  • davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablag’lari fondining ahvoli bilan uzviy bog’langan;

  • qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki mablag’lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqoza etadi;

  • faqat Moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi.

Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag’larning maqsadli foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning о‘z vaqtida tо‘lanishi nazorat ostiga olinadi.
2. Davlat krediti klassifikasiyasi
Byudjet defisitini Moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarziy mablag’larni, qarzlarni jalb qilishga majburdir.

Qarziy mablag’larni, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga kо‘ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bо‘lgan pul mablag’lari yoki boshqa buYumlarni beradi, qarz oluvchi esa Shu summadagi pul mablag’lari (qarz summasi) yoki tyeng miqdor va sifatdagi buYumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. SHartnoma bо‘yicha qarz oluvchi bо‘lib davlat yoki uning sub’yektlari, qarz beruvchilar bо‘lib esa fuqarolar yoki Yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bо‘lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini о‘zgartirishga yо‘l qо‘yilmaydi.

Davlat krediti quyidagi bir nyecha belgilarga kо‘ra klasssifikasiya qilinadi:


  1. emityentlar bо‘yicha:

  • markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

  • hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar;

  1. joylashtirilish joyiga qarab:

  • ichki qarzlar;

  • tashqi qarzlar.

  1. bozorda muomala qilishiga (aylanishiga) qarab:

  • bozorli qarzlar;

  • nobozorli qarzlar.

Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defisitini Moliyalashtirishda asosiy bо‘lib hisoblanadi. Nobozorli qarzlar erkin ravishda о‘z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bо‘lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va Shu investorlarning о‘ziga xos bо‘lgan manfaatlariga mos kyeladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida nobozorli davlat obligasiyalari nodavlat pyensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb qilish uchun chiqariladi.

  1. mablag’larni jalb qilish muddatiga kо‘ra:

  • qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan);

  • о‘rta muddatli (bir yildan byesh yilgacha);

  • uzoq muddatli (byesh yil va undan Yuqori).

Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni Moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun vyeksyellar chiqariladi. Italiyada g’aznachilik vyeksyellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, YAponiyada – 60 kunlik, BuYuk Britaniyada – 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. G’aznachilik vyeksyellari ikki yilgachalik muddatlarda chiqariladigan Gyermaniya bundan mustasnodir.

Ba’zi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilishda g’aznachilik notalaridan foydalanilib, ular vyeksyellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g’aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, AQSHda – bir yildan о‘n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilish, odatda, obligasiyalar yordamida amalga oshiriladi.



5. Qarziy majburiyatlarning ta’minlanganligiga qarab:

  • garovli;

  • garovsiz.

Garovli obligasiyalar konkryet yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Bunday obligasiyalar xorijning rivojlangan mamlakatlarida tyez-tyez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligasiyalar aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bо‘lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari,odatda, garovsiz obligasiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda Yuqori bо‘lganligi uchun ular qо‘shimcha kafolatga ehtiyoj syezmaydi.

6. Tо‘lanadigan daromadning xarakteri bо‘yicha:

  • Yutuqli qarziy majburiyatlar;

  • foizli qarziy majburiyatlar;

  • nol kuponli qarziy majburiyatlar.

YUtuqli obligasiyalar bо‘yicha daromadlarning tо‘lanishi lotyeryeyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligasiyalar katta talabga ega emas. CHunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. YUtuq olishni istaganlar esa lotyeryeya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarziy majburiyatlarning asosiysi foizli obligasiyalar bо‘lib, ular bо‘yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki tо‘rt marta tо‘lanadi. Investorlarning juda kо‘pchiligi ana Shunday qarziy majburiyatlarni ma’qul kо‘rishadi.

Davlatning qisqa muddatli qarziy instrumyentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chyegirmalash asosida sotiladi va nominal bо‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarziy majburiyatlar ham kuponlarga ega bо‘lmasligi mumkin. Ular bо‘yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda tо‘lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligasiyalar singari ular ham nominalidan chyegirmalash orqali sotiladi va nominali bо‘yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligasiyalar nol kuponli obligasiyalar nomini olgan.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling