Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet17/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)

Yevropa ittifoqi muassasalari


Yevropa hamjamiyatini ta’sis etish tugrisidagi SHartnomalarda belgilangn vazifalarni bajarish uchunbir kator Yevropa muassasalari tuzilgan.

  1. Yevropa hamjamiyati komissiyasi.

Uning 17 a’zosini milliy xukumatlar tayinlaydi, Lekin ular uz faoliyatlarida bu xukumatlaridan tamomila mustakildir.

Komissiyaning roli hamjamiyatni ta’sis etish ugrisidagi SHartnoma bajarilishi ni ta’minlashdan iborat.

U Shuningdyek, xususan, rakobat soxasidagi siyosat borasida va iqtisodiyotning kishlok xujaligi, transportva xokazo syektorlarda yagona siyosat utkazish borasida ham katta xukuklarga ega . komissiya hamjamiyatning turli fondlari va dasturlarini, Shu jumladan YEI katnashmaydigan davlatlarga yordam kursatishga karatilgan fondlar va dasturlarni boshkaradi.

Vazirlar kengashi – bu karorlar kabul kilish organidir. Uning doirasida milliy xukumatlarning a’zolari muzokoralar utkazdilar, hamjamiyat konunchilik xujjatlarini muxokama kiladilar va ularni ovozga kuyish Yuli bilan kabul kiladilar yoki rad etadilar.

Yevropa parlamyenti – Yevropa xalqlarining dyemokratik jarchisi. Unda umumiy ovoz berish Yuli bilan saylanadigan 518 dyeputat bor. Asosiy vazifasi—Komissiya faoliyatini nazorat kilish, hamjamiyat byudjeti va konunlarini ma’kullash va ularga uzgartirishlar kiritishdir.

YUzaki karaganda, YEI da karor kabul kilish jarayoni juda murakkabga uxshaydi. Bunday murakkablik mazkur jarayonga bir kator tartibga solish va nazorat kilish tadbirlarini “joriy etish” imkonini beradiki, bu narsa unga dyemokratik tus bagishlaydi, munozaralarga asoslanish imkonini beradi.



Yevropa sudi:

hamjamiyatning boshka xalqaro tashqilotlardan farki Shuki, YEI ga a’zo mamlakatlar imzolagan shartnomalarni ijro etish ular uchunmajburiy ekanligidandar. SHartnomalarning moddalari va ulardan kelib chiqadigan Yuridik xujjatlar katnashchi mamlakatlar milliy konunlarga qo’shilib kyetadi. Ularning bajarilishi ravshan va anik talkinni talab etadi. Shu munosabat bilan Yevropa sudining faoliyati aloxida ahamiyat kasb etadi.

Yevropa sudini kupincha intyegrasiya motori dyeb ataydilar.

Uning mavjudligi YEI konunchiligini katnashchi mamlakatlar notugri talkin kilishlarining oldini oladi Yevropasudning karorlarini bajarilishi majburiy.uning ixtiyorida biror majbur kilish vositasi Yuk, Lekin aksariyat xollarda hamjamiyatda katnaShuvchi davlatlar uning karorlariga qo’shiladilar.



Yevropa kengashi:1974 yilda tuzilgan bulib, uning doirasida bunday kengashlarni muntazam utkazib turilishi kerakligi xakida karor kabul kildilar. Yevropa kengashi oliy boskich ahamiyatinikasb etib, murakab xolatlarda hamjamiyatning boshka muassasalari bilan kelishishga erishishning iloji bulmagan xollarda YEIK va Vazirlar kengashi unga murojaat etishlari mumkin.
2.Uzbekiston respublikasida xalqaro intyegrasiya tuzilmalaridagi ishtiroki.

Uzbekiston a’zo bulib kirgan eng muxim birlashmalardan biri –Mustakil Davlatlar Hamdustligi (MDX) bulib, u 1991 yil dyekabrida tuzilgan. Xozir MDXga Ozarbayjon, Armaniston, Byelarus, Kozogiston, Kirgiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Uzbekiston davlatlari kiradi.

Hamdustlik katnashchilarining uzaro munosabatlari tyenglik asosida shakllantiriladigan va davlat ham, gayridavlat tuzilma ham bulmagan hamdustlik katnashchilari urtasidagi bitimlar bilan belgilangan tartibda ish olib boradigan muvofiklashtiruvchi muassasalar orkali tyeng xukuklik prinsipi asosida amalga oshiriladi.

Hamjamiyat davlatlarining umumiy manfaatlari soxasidagi faoliyatini muvofiklashtirish bilan boglik masalalarni xal etish uchun hamjamiyatning oliy organi- davlatlar boshliklari Kengashi, Shuningdyek xukumatlar boshliklari Kengashi tuzildi.

1993yilda 22 yanvarda Minskda kabul kilingan MDX Ustavining eng muxim moddalaridan biri umumiy iqtisodiy maydonni,umumYevropa va yevroosiyo bozorlarini shakllantirish va rivojlantirishda hamkorlik kilishdir.

Ustavda Shuningdyek asosiy muvofiklashtiruvchi xujjatlar – mustakil davlatlar urtasidagi uzaro munosabatlarni belgilaydigan ikki tomonlama shartnomalar bo’ladi, dyeb belgilangan.

Ayni vaktda Uzbekistonning MDX ga a’zoligi unga bir kator muxim vazifalarni millat iqtisodiyot manfaatlariga muvofik xal etish imkonini beradi


  • ishlab chiqarishni, axoli ta’minotini kullab-kuvvatlashta’minlovchi kulamda koopyerativ xo’jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish .

  • MDX ning bir kator tovarlarning bozorda,ayniksa an’anaviy maxsulotlarni sotish soxasida yetakchi mavkyeini saklash.

  • Sobik ittifoqchi respublikalar ega bulgan xom-ashyo resurslaridan baxramand bulishni ta’minlash.

  • Uzbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar okimiga xizmat kursatuvchi transport kommunikasiyalaridan soglomlashtirish va uni jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratish omillaridan biri dyeb karalishi kerak.

Uzbekistonning MDX davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari iqtisodiyotni erkinlashtirish,uni bozor tamoyillariga izchillik bilan utkazish, xo’jalik tizilmasini kayta-kurishdan iborat umumiy Yul bilan belgilanadi.

Tulov hisob-kitob va kredit-Moliya munosabatlari Uzbekiston yakin janubi davlatlar bilan tulov balansini boskichma-boskich muvozanat xolatiga kyeltirish va Moliyaviy nobudgarchilikka Yul kuymaslik maqsadida xalqaro tajribada kabul kilingan koidalarga utkazishni tugallash Yulida izchillik bilan bormokda.

Davlat va xukumat boshliklari Kengashida kabul kilingan normativ xujjatlar orasida 1992 yil oktyabrida Bishkyekda tuzilgan “Mulk munosabatlarini uzaro tan olish va tartibga solib turish tugrisida” bitimni aloxida kursatib utish kerak. Bu xujjatda SSSR parchalanib kyetgan mulk xukuklarini ta’riflashdagi kupgina anglashilmovchiliklar barham topdi.

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti.

Uzbekiston 1992 yil Iqtisodiy Hamkorlik Tashqiloti (IXT) a’zosi buldi.

IXT Afg’oniston davlati, Ozarbayjon, Eron, Kozogiston, Kirgiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va Uzbekiston Respublikalarini birlashtirdi.

Iqtisodiy hamkorlik Tashqiloti e’tibor markazida –transport, aloqa, savdo, investisiya, va enyergyetika singari ustivor soxalarni rivojlantirish masalalari turadi.

Bu soxalardagi hamkorlik IXT a’zosi bulgan mamlakatlar urtasidagi mintakaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlarini tyezlashtirish imkonini beradi.

Markaziy Osiyo yagona iqtisodiy makoni.

1994 yilda Uzbekiston va Kirgiziston yagona iqtisodiy maydon vujudga kyeltirish xakida shartnoma tuzdilar.bu shartnomaning ahamiyati nixoyatda katta. U intyegrasiya jarayonlarini muzokaralar soxasida amaliy xarakatlar Yuliga utkazishni boshladi, anik intyegrasiya Rejalarini boskichma-boskich amalga oshirish, birgalikda bozor infratuzilmasini vujudga kyeltirish va kabul kilingan karorlar ijrosini ta’sirchan nazorat kilish maqsadida xo’jalik –xukukiy va tashqiliy tusdagi omillarni ishlab chiqarishga kiritishni imkonini beradi.

Markaziy Osiyo iqtisodiy makoni vujudga kyeltirish tugrisida imzo chekkan davlatlar kuplab maqsadlarini amalga oshirish uchun va iqtisodiy,siyosiy, mudofaa va insonparvarlik jixatlarida kuch-gayratlarini muvofiklashtirish uchun tuzilgan Davlatlararo kengash Bosh vazirlar kengashini , Tashqi ishlar vazirligi kengashini, Mudofaa vazirlari kengashini uz ichiga oladi. Ularning ichki organi sifatida doimiy ishlab boruvchi ijroiya kumitasi tuzilgan.

SHartnomada imzolangan kyeyinrok bojxona tartiboti ixchamlashtiriladi, bu esa Kozogiston, Kirgiziston va Uzbekiston Respublikalarining fukorolarining Yuklarini bojxona kurigidan utkazish bekor kilish imkonini beradi.


3. Xalqaro Moliya institutlarining tavsifi va tasnifi.

Xalkaro Moliya institutlarining faoliyati va vazifalar haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish maqsadida, jahon iqtisodiyotida XMIlar tashkil etilishi sabablarini aniqlab, mazkur muassasalarni barpo etilishi omillarini ko’rib chiqish zarurdir.

Xozirda faoliyat ko’rsatayotgan XVFning Shunday tuzilmalarini tashkil etish zarurati XX asrning 30-yillarida jahon iqtisodiyotini izdan chiqargan ulkan inqiroz vaqtidayoq ayon bo’lgandi. Xo’jalik hayotining hamma tomonlari mazkur inqirozning ta’siridan chyetda qolmaydi.

Minglab banklar o’z pul qo’Yuvchilarini bir tiyinsiz qoldirib, inqrozga uchradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining qiymati o’z tannarxidan ham pasayib kyetdi, yerning bahosi keskin tushib kyetdi, tashlab kyetilgan fyermalar ovloq makonlarga aylandi, zavodlar ishlamay qo’ydi, kyemalar ishlab chiqarilmagan Yuklarni kutib, portlarda langar tashlagandi, o’n millionlab ishchilar o’zi yo’q ishlarni axtarib ko’chalarda kyezib Yurardi.

Iqtisodiy tanazzul ro’yodyek tuYulgan samara bilan cheklanib qolgani yo’q. Xalqaro Moliya va valYuta birjalarining ko’rinmas olamiga bo’lgan ta’sir bundan kam bo’lmadi.

Qog’oz pullarga bo’lgan umumiy ishonchsizlik oltinga bo’lgan extiyojni oshirdi, talab oltin zahiralaridan ustun kyeldi. Shu munosabat bilan BuYuk Britaniya boshchiligida qator mamlakatlar oltin standartidan voz kyechishga majbur bo’ldi.

Mazkur standartga ko’ra har bir valYutaning qiymat birligi qilib, muayyan miqdordagi oltin olingan edi, u uzoq yillar mobaynida pulning qiymatini belgilab qo’yilgan va o’zgarmas miqdorda saqlab kyeldi.

Endilikda oltin miqdorida qayd etilgan nisbatga ega bo’lmay qolgan pullar qiymatining noaniqligi tufayli oltin standartini tan olgan va uni rad etgan mamlakatlar o’rtasida pul ayirboshlash jarayoni syezilarli darajada murakkablashdi. Mamlakatlar oltin va oltinga ayirboshlash mumkin bo’lgan pul zahirasi to’play boshlaydilar, Shunga ko’ra tobora ish o’rinlarini tugatib va turmush darajasini pasaytirib, o’zaro pul opyerasiyalarining ko’lami va xajmini qisqartiradilar. Bundan tashqari, ba’zi xukumatlar milliy pulni chyet el puliga almashtirishni qattiq cheklaydilar va xatto mutlaqo puldagi foydalanishni istasno qiladigan muvoza yo’llarini izlaydilar. Boshqa ba’zi xukumatlar chyet ellarda o’z mamlakatida yetishirilgan qishloq xo’jalik maxsulotlari uchun xaridor topish uchun jon-jahdlari bilan xarakat qiladilar va buning uchun o’z maxsulotlari go’yo arzon ekanligiga ularni ishontirmoqchi bo’ladilar, boshqa xuddi Shunday mahsulot sotuvchi boshqa mamlakatlar savdosini kasod qilish uchun o’z milliy pullarini ularning chinakam qiymatidan pastroq qiymatga sotadilar. Bunday amaliyot raqobatlaShuvchi dyevalvasiya nomi bilan ma’lumdir va darhol javob tarzida xuddi dyevalvasiyani chorlaydi, buni savdodagi raqib mamlakat amalga oshiradi. Pullar va tovar qiymati o’rtasidagi nisbat bir milliy valYuta bilan boshqasining qiymati o’rtasidagi nisbat kabi buziladi. Shunday sharoitda jahon iqtisodi so’la boshlaydi.

1929 va 1932 yillar orasida dunyo miqiyosida tovarlarning narxi 48% tushib kyetadi, dunyodagi savdo xajmi esa 63%ga kamayadi.

30-yillar mobaynida bir nyecha xalqaro konfyeryensiya bo’lib o’tadi, bularda jahon valYutasi xaqidagi masala ko’riladi, ammo u muvaffaqiyatli hal etilmaydi. Shu narsa ayon bo’ldiki, yarim-yorti va to’liq bo’lmagan qarorlar ma’qul bo’lmaydi. 40-yillarning boshida novator valYuta tizimini tuzish va uning ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiruvchi xalqaro institut tashkil etish xususida takliflar kiritiladi.

Urush davrining qiyin sharoitlarida o’tgan ko’plab muzokaralardan so’ng xalqaro xamjamiyat tizim qabul qilish va mazkur tizim ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tashkilot ta’sis etishga rozi bo’ladi. Shunday tizimni va XVF tashkilotini tuzish bo’yicha uzil-kyesil NYu-Xyempshir shtatidagi Bryetton-Vuds (YAngi Angliya, AQSH)da bo’ladi, unda 44 millat vakili qatnashadi. XVF o’z faoliyatini 1946 yil may oyida Vashingtonda boshlaydi, o’sha vaqtda uning tarkibida 39 mamlakat ishtirok etgan. Xozir XVFga 180 mamlakat kiradi, ular turli siyosiy va iqtisodiy tizimlar nomidan ish ko’radi.

Agar Jahon iqtisodi bilan Xalqaro iqtisodiy munosabatlar obrazli tarzda “tirik jon” bilan taqqoslansa, uni “qon bilan ta’minlovchi” deyish mumkin, ular “tananing” yashashini ta’minlaydi, XVF tizimini esa “qon aylanish tarmog’i” deyish mumkin, bunda u XVF va uning aloqalari ko’rinishidagi “a’zolar” hamda “tomirlar”ni tashkil etadi.

XVF instutusiyaviy tarkibi turli darajadagi tashkilotlardan globaldan tortib, submintaqaviy, ko’p tomonlama, ikki tomonlama va bir tomonlama tuzilgan.

Global miqyosda XMI tizimi Xalqaro ValYuta Fondi (XVF) va Jahon Banki (JB) guruhiga ega bo’lib, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki (XTTB) uning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, bu 1944 yilda BMTning valYuta-Moliya masalalari bo’yicha Bryetton-Vuds (NYu-Xyempshir shtati AQSH) da bo’lib o’tgan konfyeryensiyasida XVF bilan bir vaq da tashkil etilgan. Bu ikki tashkilot ko’pincha Bryetton-Vuds tashkiloti dyeb ataladi, ular ikkinchi jahon urushi tugagandan kyeyin XI va XIM ning mustahkam mavqyeini ta’minlash uchun tuzilgan edi.

XVFning bosh maqsadi – xalqaro valYuta tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish va barcha a’zo mamlakatlarga (ham rivojlangan boy, ham rivojlanayotgan kambag’al) qisqa muddatli Moliyaviy muammolarni hal etishda yordam ko’rsatish. O’zbekiston 1992 yilda XVFga a’zo bo’lgan.

Jahon bankining bosh maqsadi – uzoq muddatli iqtisodiy o’sishga yordam ko’rsatish, buning natijasi o’laroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlikni tugatish. JBni qarzlari faqat rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning uzoq muddatli rivojlanishni hal etish uchun beriladi. O’zbekiston Jaxon bankiga 1992 yilda a’zo bo’lgan. JBda 3 ta sho’ba bor, bular XTTBdan ancha kyeyin tashkil etilgan.

Bu – 1956 yilda tuzilgan Xalqaro Moliyaviy korporasiya (XMK), u xususiy Shu’baga xukumat kafolatisiz investisiyalar beradi.

Bu – Xalqaro rivojlanish assosiyaasiyasi (XRA), 1960 yilda tuzilgan bo’lib, kambag’al mamlakatlarga xukumat kafolatini olgan holda foizsiz qarzlar beradi.

Bu – Investisiyalashni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (IKKA), 1988 yilda tuzilgan, investorlarni notijorat risklardan himoya qilish maqsadida investisiyalar bo’yicha kafolatlar berish yo’li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investisiyalarni amalga oshirishga ko’maklashadi, xuquqiy yoki siyosiy, masalan, urush riski, siyosiy larzalar riski, milliylashtirish riski, investisiya qilingan mamlakat xukumatining xatti xarakatlari riski.

XVF va JB (XTTB va uning uch shahobchasi XMK, XRA, IKKA) BMTning iqtisoslashgan tashkilotlar hisoblanadi. Ular Vashington shahrida (AQSH, Kolumbiya okrugida) joylashgan.

- XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarga foizli qarz beradi, foiz stavkasi har 6 oyda o’zgarib turadi. Xozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga tyeng. Imtiyozli davr, odatda, 5 yilga tyeng, qarz 15-20 yil mobaynida qaytarildi. Qarz berish xukumat kafolati olingandan so’ng amalga oshiriladi.

Qit’alar miqyosidagi XMI tizimida Xalqaro hisob-kitoblar banki (XXKB) ga ega, 1930 yilda Yevropaning 5 mamlakati va Osiyodagi yetakchi mamlakat – YAponiya xamkorligida Markaziy banklar Xalqaro banki sifatida tuzilgan. Bular asoschilar, ya’ni rahbariyat va XXKB mijozlari hisoblanadi.

XXKBning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1) Markaziy banklararo hamkorlikka ko’maklashish; 2) Xalqaro Moliyaviy opyerasiyalar uchun qulay sharoitni yaratish, 3) O’z mijozlari xalqaro hisob-kitoblarni o’tkazishida ishonchli vakil yoki agent sifatida xarakat qiladi. Qarorgohi Bazyel shahri (SHvyeysariya)da joylashgan. XXKB amalda XVF va JBning yordamchi organi hisoblanadi va bular bilan yaqindan aloqa o’rnatgan. Faoliyatining qat’iy sir tutilishi uning o’ziga xos xususiyatidir.

Mintaqaviy miqyosda XMI tizimi Amyerakaaro rivojlanish banki (ATB)ga ega, u 1959 yilda tuzilgan, Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YETTB) ga ega, u 1991 yilda tuzilgan; Afrika Rivojlanish bankiga (AFTB)ga ega, u 1963 yilda tuzilgan; Osiyo rivojlanish banki (OTB)ga ega, u 1965 yilda tuzilgan. Ular uchun umumiy bo’lgan xususiyat BMT bilan aloqada bo’lishligi, BMT bilan bular uning tyegishli qit’alardagi iqtisodiy komissiyalari orqali bog’lanadi.

XTTBning maqsadi – a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini tyezlashtirish, davlatlar va xususiy shaxarlarning qit’adagi kapital quyilmalarini rag’batlantirish, qarz berish yoki uni kafolatlash, rivojlanish programmasini Moliyalash.

AFTBning maqsadi – qit’ani rivojlantirish programmasini loyihalash yo’li bilan Afrikadagi a’zo mamlakatlar rivoji va ijtimoiy taraqqiyotiga ko’maklashishi.



OTBning maqsadi – Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar itisodi va tashqi savdosi rivojlanishiga ko’maklashish. O’zbekiston OTBga 1996 yilda a’zo bo’lgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling