Moliya fanidan mavzu : Risklarning tasniflanishi


Download 115.05 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi115.05 Kb.
#1029178
  1   2
Bog'liq
Xasanov J


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Mustaqil ish
MOLIYA FANIDAN

Mavzu : Risklarning tasniflanishi.
Bajardi Xasanov J
Qabul qildi Safarova N.


Mavzu : Risklarning tasniflanishi.
REJA
1. Risklarning tasniflanishi.
2. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi?
3. Moliyaviy hisobotning mazmuni.

Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi4 . 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o`zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. “Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” so`zi tahdid, qoyani aylanib o`tmoq ma`nosini beradi. Iqtisodiy lug`atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo`qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma`nosida kelishi ko`rsatilgan. “Risk” so`zi ispancha-portugalcha so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Taniqli lug`atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”5 , degan ta`rifni keltiradi. Risk nazariyasini o`rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo`shishgan. A.Smit risk va foyda o`rtasidagi o`zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”. Taniqli lug`atshunos S.Ojegovning rus tili lug`atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”6 , deb ifodalangan. Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o`z navbatida oldindan ko`ra bilish qiyin yoki mumkin bo`lmagan voqealar bilan bog`liq bo`ladi”, deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko`rish ehtimolidir”. Risk to`g`risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta`rif berib o`tadi: Risk bu moliyaviy yo`qotish darajasini belgilab: a) qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik; b) noaniqliq holatda natijani belgilash; c) sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash. Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma`lum daromad, foyda olishni ko`zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir. Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma`lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va kelasi davr ma`lumotlari yetishmasligi yoki to`liq emasligi sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda e`tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr ma`lumotlari asosida faqat noma`lum kelajakda yuz berishi mumkin bo`lib o`tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo`qotish va zararlarga bog`liq bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo`lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo`lgan oqibatlarga ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin: 1) Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar; 2) muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar; 3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng bo`lgan zarar(foyda) ko`rish mumkin; 4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon`yunkturasining, ya`ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar. Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi: - tizimli risklar; - tizimsiz risklar. Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra ko`pchilik emitent va qimmatli qog`ozlar egalari zarar ko`rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning qimmatli qog`ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog`ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: 1) loyiha ishtirokchilari riski; 2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski; 4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski; 5) konstruktsion va texnik risklar; 6) ishlab chiqarish riski; 7) boshqaruv riski; 8) sotish riski; 9) moliyaviy risk; 10) mamlakat riski; 11) ma`muriy risk; 12) huquqiy risk; 13) fors-major riski. Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o`z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Loyihasmetaqiymatiningoshishriskiga- quyidagilarsababbo`lishimumkin: loyihalashjarayonidagixatolar, pudratchilarningresurslardansamaralifoydalanishnita`minlayolmasligi, loyihaniamalgaoshirishshartlarinio`zgarishi va boshq. Qurilishnio`zvaqtidatugallanmaslikriskigaquyidagilarta`sirko`rsatadi: pudratchilarningo`z majburiyatlarinibajarmasliklari; tashqishart-sharoitlarningo`zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho`zilibketishinatijasidaqo`shimchaxarajatlarkelibchiqishi: kreditbo`yichafoizlarnihisoblash, narxlarninginflyatsiyanatijasidao`sishioqibatidaishvamaterialqiymatiningoshishikabiqo`shimcha xarajatlarnikeltiribchiqaradi. Ishvaob`ektsifatiningpastligiriski - pudratchilarmajburiyatiningbuzilishi, loyihalashtirishdagixatolarvaboshqalarnatijasidakelibchiqishimumkin. Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo`llanilmasligi natijasida ma`lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob`ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi. Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir. Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b)valyuta riski; c)foiz stavkasini o`zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski. Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi. Foiz stavkasining o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada qo`llanilganda ro`y beradi. Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin. Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq. Ma`muriy risklar- loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog`liq. Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va boshqaruv risklari bilan bog`liq. Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar Bozor riski o`z tarkibiga valyuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini o`z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o'zgarishlar natijasi hisoblanadi. Bozor risklari mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va moliya bozoridagi ishbilarmonlik darajasi bog`liq bo`lmaydi. Bozor risklarga quyidagilar kiradi: 1) Iqtisodiy va siyosiy risk; 2) Qonunchilik bilan bog`liq risklar; 3) Valyuta risklari; 4) Tovar narxi risklari; 5) Foiz riski; 6) Moliya bozori riski. Iqtisodiyvasiyosiy risk – bunday risklarga biror – bir korporatsiyaning aktivlariga investitsiya qilayotganida, o`sha korparatsiya qaysidir davlatning yuridik hududiga kiradigan va huquqlariga bo`ysinadigan bo`lishi mumkin. Shu bilan birga ikkita mamlakat o`rtasida qandaydir ko`zdatutilmagan kelishmovchiliklar bo`lishi mumkin. Bu esa bevosita investorga ta`sir etadi. Bunga misol qilib, AQSH va Iroq o`rtasidagi urush oqibatlari yaqqol misol bo`la oladi. 2004-yilning may oyining ikkinchi yarimida jahon fond birjalaridagi neftning narxi bir barreli uchun 40 dollarga bo`lishi aniq va yaqqol misoldir. Amerika iqtisodiy tahlilchilarining ta`kidlashlaricha, bir barreli uchun 40 dollar 20 yil oldin berishgan ekan. Lekin hozirgi kunga kelib boshqa omillar ham yonilg`i narxiga ta`sir ko`rsatishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi natijasida kuzatildi. Qonun hujjatlarining o`zgarishi risk bilan bog`liqdir. Bu holat soliqqa tortish bilan bevosita bog`liq, chunki investitsiyadan olinadigan daromad, albatta, soliqqa tortiladi, Qandaydir korxona ma`lum bir mahsuot ishlab chiqaradigan bo`lsa, soliq stavkalari mahsulot tannarxiga ta`sir qiladi. Valyutaviy risklarda asosan biror bir davlatda turib chet el valyutasiga nisbatan narxlarning o`zgarishidagi bo`ladigan zararlar tushuniladi. Foiz risk. Bunday risklar fond bozorda kreditning foizi stavkasi tushib ketishi natijasida vujudga keladi. Bankdagi depozitlarning foiz stavkalari ko`tarilsa, fond bozoridagi aksiyalar bahosi tushib ketadi. Agarda bankdagi depazit xizmatlari birdaniga katta darajaga oshib ketsa, fond bozoridagi aksiyalarning narxi juda tez narxi tushib ketishi mumkin, buning natijasida qimmatli qog`ozlarni chiqargan kompaniya imtiyozli aksiyalari egasi qaytarib sotib olishi uchun olib kelishlari mumkin (agarda shartnomada ko`zda tutilgan bo`lsa) qaytarib olishi mumkin. 2. Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog`liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati. Bozor riskini aniqlash ishlarini olib borishdagi izchillik bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon bo`lib, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi: - muammolarning qo`yilishi; - kerakli ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilish; -baholash usullarini tanlash va ularni qo`llash; -bozor bahosiga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish; - bozor riski haqida belgilangan shaklda hisobot tuzish. Bozor riskini baholash jarayonini tashkil etuvchi bu bo`g`inlarni har tomonlama ko`rib chiqamiz. Bozor riski qiymatning kerakli darajasi va uni baholash maqsadini muvofiqlashtirishi zarur bo`lgan umumiy qoidadan istisno holatlari ham mavjud. Bu tugatish qiymatlarini belgilashga taalluqli. Ushbu holatlarda buyurtmachi tugatish qiymatining muayyan turini aniqlashni talab qilishi mumkin va baholovchi uning talabini bajarishga majbur. Endi pasayish tartibiga qarab qiymatlar darajalarining namunaviy ketma-ketligini keltiramiz: - takror ishlab chiqarishning to`liq qiymati; - o`rin bosishning to`liqqiymati; - foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati; - foydalanilmayotgan ko`chmas mulkga asoslangan bozor qiymati; - o`rin bosishga asoslangan bozor qiymati; - rejali tugatish qiymati (tartibga solingan tugatish qiymati); - tezlashtirilgan tugatish qiymati; - sinish qiymati. Bu sarflashni amaliyotda qiymat darajalarining boshqa nisbati bilan ham qo`llash mumkin. Masalan, ba`zan yangi texnikaning eski texnika oldida katta ustunliklarga ega bo`lishi va bu bilan bog`liq kapital xarajatlarning ortib ketishi tufayli ko`chmas mulkning o`rin bosish qiymati uning takror ishlab chiqarish qiymatidan kattaroq bo`ladi. Yoki foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati tugatish qiymatidan ham, hatto sinish qiymatidan ham past bo`ladi. Bunday holat, ko`pincha asosiy fondlarning iqtisodiy eskirishida yuz beradi Bozor riskni baholashdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Riskni baholashda xodimlari o`z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishlari kerak. Har qanday loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal etishda risklarni baholash asosiy o`rinni egallaydi. Bunday baholash asosida loyiha yuzasidan mumkin bo`lgan barcha yo`qotishlar o`rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo`qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog`liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya`ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo`ladi. Bozor risklarni baholashning maqsadi investorga bozor riskini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo`lgan moliyaviy yo`qotishlardan himoyalanish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma`lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga ko`ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug`urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bozor risklarni baholash, odatda, bir-birini to`ldiruvchi ikki turga, ya`ni: - risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko`zlovchi sifat tahlili; - loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko`rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo`linadi. Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta`sir etuvchi risk turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo`llashdan iboratdir. Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo`lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir. Risk tahlilining ahamiyati bozor riskining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma`lumotlarni berishi bilan izohlanadi. Risklarni baholash algoritmi (ketma-ketligi) quyidagi tartibda bo`ladi: birinchidan korxonalar foydasining shakllanishiga ta`sir etadigan risklarni turli xil variantlari mavjud bo`lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog`liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi. Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha ma`lumotlarga ega bo`lishi kerak. Ikkinchidan, qoida tariqasida, korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida qilingan xarajatlar bir martalik moliyaviy qo`yilmalarni amalga oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu holat korxona menejeriga kapital qo`yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda amalga oshirishdagi o`zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi. Uchinchidan, risklar tarkibini va davomiyligini aniqlash, korxonalarning investitsiya faoliyatiga ta`sir etishi mumkin bo`lgan asosiy risklarni aniqlash, asosiy risklarning sodir bo`lish vaqtini aniqlash, asosiy risklarning sodir bo`lishi natijasida qabul qilinishi mumkin bo`lgan qarorlarni shakllantirish. 3. Bozor risklarini tahlil qilish va baholash. Bugungi kun amaliyotida bozor risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan foydalaniladi. Jumladan: - ekspert baholash usuli; - zararsizlik nuqtasi tahlili; - qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli; - Monte-Karlo usuli. 1) Ekspert baholash usuli. Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga asoslanadi.Bank riski aniqlanganida bankning o`zidagi va bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqlab olmoqlari lozim. Bu oraliqni aniqlash ham risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. 2) Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili. Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori. Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki sababga ko’ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo’lgan vaziyatlarda qo’l keladi deb hisoblaydilar. Zararsizlik tahlili firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo’sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? U mahsulotning absolyut (mutlaq) miqdori bo’lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar to’langungacha daromad) nolga teng bo’lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashdava turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to’langungacha daromadni hisoblashdayordam beradi. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga
oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga
oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning
taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda
moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funksiyasidir.
Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash
jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni
taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi
taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni
boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan
mintaqalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari miqyosida)
qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik
ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.)
tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni
taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan
daromad va jamg‘armalarni (fondlarni) tashkil etish sodir
bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir.
Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari
o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga
bo‘linadi:
• moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
• moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash,
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy
pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun
quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada taqsimlash va
qayta taqsimlash zarur:
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadlari va
jamg‘armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida
mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar uchun muhim
ssuda manbaidir.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq
qiladi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul
mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya
pul munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga
chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega.
Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablag‘larini yig‘adilar
va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik
asosida mablag‘ga ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga
beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa,
kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o‘rnatilgan
foizlarni qo‘shgan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga,
pul tabiatiga ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq
kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yyetarli
darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga
muvofiq olingan pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan
tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir
qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya
qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai
hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni
ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o‘zlarining
funksiyalari va muayyan maqsadga mo‘ljallanganligi bilan ajralib
turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning
majmui birgalikda ko‘rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini
yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan
tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga
yordam beradi. Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.

Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:1

  • barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;


  • yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;


  • korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.


Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.

Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:

1- «Korxona balansi»;

2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;

3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;

4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;

5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».

Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2 Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.

Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.

Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.

Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi.

Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.3 Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.

Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:



  • buxgalteriya balansi (1-shakl);


  • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);


  • asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);


  • pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);


  • xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);


  • debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).


Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:

a) buxgalteriya balansi (1-shakl);

b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).

Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.

Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng, yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.

Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shilmaydi.

Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha:

  • ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi;


  • 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi;


  • 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi;


  • jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.


Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.

Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib yoziladi.

Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal - orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.

Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.

^
12.3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi


Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.

Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.

Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.4

Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.

Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:




Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling