“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Moliyaviy prognozlashning sotuvlar darajasi foizi metodi
Sotuvlar foizi metodi kelajakdagi davr uchun xarajatni, aktiv yoki majburiyatni sotuvlarning bir qismi sifatida baholashni prognoz qilishni oʻz ichiga oladi. Ishlatiladigan foiz miqdori eng oxirgi moliyaviy hisobotga asosan joriy sotuvlar foizidan, bir necha yillar uchun hisoblangan oʻrtacha miqdordan, tahlilchining fikridan, yoki ushbu manbalarning jamlanmasidan kelib chiqadi.ʻ 16.1-jadvalda Drew Inc. kompaniyasi uchun moliyaviy prognozda sotuvlar darajasi foizi metodi qoʻllanilgan toʻliq misol keltirilgan.Ushbu misolda korxonaning buxgalterlik hisobidagi har bir oʻzgarib turuvchi koʻrsatkich 2013- 142 yilgi sotuvlarning ($10 million) foizi sifatida keltirilgan.2014-yilda aks ettirilishi rejalashtirilayotgan muddat uchun balansdagi har bir element foizni $12 million ga koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ushbu metod korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini baholashda nisbatan arzon va ishlatishda oson boʻlgan yoʻl taklif qiladi. Eslatib oʻtish kerakki, 1-jadvaldagi misolda joriy va asosiy aktivlar sotuv darajasiga qarab oʻzgarib turadi. Buning ma’nosi, korxona prognoz qilinayotgan sotuv hajmini oshiraoladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.Ya’ni, agar sotuvlar $1 ga oshsa, asosiy aktivlar $0.40 ga yoki aks ettirilgan sotuv darajasi oʻsishining 40% iga oshadi. Agar hozirda korxona aks ettirilgan sotuv darajasini ushlab tura oladigan darajada asosiy aktivlarga ega boʻlganda edi, aktivlar sotuvlar darajasi foizi oʻzgarmas edi vaprognoz etilayotgan muddatda oʻzgarmay turishi aks ettirilar edi. Bundan tashqari, e’tiborga olish kerak boʻlgan jihat: kreditorlik qarzlari va hisoblangan chiqimlar sotuvlar darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan yagona majburiyatlardir. Ushbu ikkita majburiyatlarning haqli ravishda, korxonaning sotuv koʻrsatkichlariga qarab oshishi yoki kamayishini kutish mumkin.. Chunki ushbu ikki joriy majburiyatlar kategoriyasi odatda toʻgʻridan toʻgʻri sotuv darajasiga boʻgliq ravishda oʻzgaradi, koʻpincha ular oʻz-oʻzidan Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling