16-mavzu. Inson hayotida moliyaviy rejalashtirish
Reja:
1.
Moliyaviy prognoz
2.
Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan ta’siri
tahlili
3.
Naqd pul byudjetini tuzish va undan foydalanish
1. Moliyaviy prognoz.
Moliyaviy prognoz korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini
baholashga harakat qilish jarayonidir. Ushbu moliyaviy talablarni baholashdagi
asosiy bosqichlar quyidagilar:
1-qadam. Rejalashtirilgan muddatda korxonaning foyda va chiqimlarini
tasvirlash;
2-qadam. Joriy va asosiy aktivlarda, prognoz qilinayotgan sotuv darajasini
qoʻllab turish uchun kerak boʻladigan investitsiya darajasini baholash;
3-qadam. Oʻz aktivlarini moliyalashtirish uchun kerak boʻlgan, butun
rejalashtirilgan muddatdagi korxonaning moliyaviy talablarini aniqlash;
Sotuvlar prognozi.
Sotuvlar prognozi korxonaning rejalashtirish jarayonidagi asosiy koʻrsatkich
hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich odatda bir necha manbalardan olingan
ma’lumotlardan kelib chiqadi. Kelgusi yil uchun sotuvlar darajasi prognozi eng
kamida kelayotgan yilda roʻy berishi kutilayotgan oʻtmishdagi har qanday trend va
ushbu tendensiyaga sezilarli darajada ta’sir koʻrsata olishi mumkin boʻlgan har
qanday hodisalarning ta’sirini oʻz ichiga oladi.Reklama kampaniyasining
tashabbusi yoki narxlash siyosatini oʻzgartirilishi ikkinchisi uchun misol boʻla
oladi.
Moliyaviy oʻzgaruvchilarni prognoz qilish.
Odatiy moliyaviy prognoz sotuvlar prognozi,berilgan hisobotlarni hisobga
olgan xolda, uni ta’sirini korxonaning turli xil chiqimlari, aktivlari va
majburiyatlarida aks ettiradi. Ushbu aks ettirishni amalga oshirish uchun
ishlatiladigan eng keng tarqalgan metod bu sotuvlar darajasi foizi metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |