111
Sizning ixtiyoringizda bo‘lgan yagona ma’lumot manbai.
Shunday qilib, keyingi
yilga reja ishlab chiqish kerak. Eng oson usul quyidagilardan iborat: keyingi yilga
sotuv hajmi bo‘yicha prognoz tuzish va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va
balansdagi qismlarning ko‘pchiligidagi qiymatlar o‘tgan
yil darajasida qolishini
taxmin qilish kerak. Bunday usul
sotuvdan foizlar usuli (percent-of-sales-method)
deb ataladi. Keling, bu usuldan qanday foydalanishni “XYZ” korporatsiyasi
misolida ko‘rsatib beramiz.
Dastlab o‘tgan yillar ma’lumotlarni
sinchkovlik bilan tahlil qilib, sotuvlar
hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz
qolgan moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot va balansning elementlarini aniqlab olishimiz zarur. Bu bizga
qaysi moddalarni oldindan ko‘zlangan kelgusi sotuvlar hajmi (yalpi tushum)
asosida maksimal darajadagi aniqlik bilan prognozlashtirish, qaysilarini esa boshqa
ko‘rsatkich asosida bashorat qilish mumkinligini bilib olish imkoniyatini yaratadi.
Ko‘rib chiqilayotgan kompaniyaning hisobotlaridan ko‘rinib turibdiki,
quyidagi
moddalar sotuv lar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan: sotilgan
mahsulot tannarxi, foizlar va soliqlar to‘lashdan oldingi foyda (EBIT) (asosiy
faoliyatdan olingan daromad) va aktivlar. Foiz to‘lovlari (shaklidagi)
xarajatlari,
soliqlar, sof foyda va majburiyatlarning asosiy qismi (to‘lovlar uchun hisob
varaqlardan tashqari) nisbati esa o‘zgargan. Buni 14.1-jadvaldan ko‘rishimiz
mumkin (navbatdagi betga qarang).
14.1-jadval
“XYZ”
kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti
(mln. so‘mda)
Do'stlaringiz bilan baham: