“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va uning
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
3. Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va uning
asosiy jihatlari Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligini ochib berishda markaziy urinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan samara uning xar bir ishtirokchilarining uz maqsadlaridan kelib chikib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bulgan natijalarni kulga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Bozor isloxotlarigacha bulgan davrda, ya’ni markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi amal kilgan paytda kapital kuyilmalarning samaradorligini baholash akademik T.S. Xachaturov ilmiy boshchiligida ishlab chikilgan uslub asosida amalga oshirilar edi. Buning asosida kapital kuyilmalarning iqtisodiy samaradorligani aniqllash tamoyillari samaradorlikning tarmok me’yor koeffitsienti yordamida takkoslama iqtisodiy samaradorlikni tashki hisoblash yuli bilan absolyut va nisbiy kurinishlardagi ularning koplanishini hisoblash usullari yotar edi. Investitsiyani variatlarini tanlashda ham ushbu uslublarning uziga xos urni bor edi, lekin ular kattik dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangan edi. SHuning uchun ushbu uslublarda zarur bulgan ko’rsatmalar yuk edi, ya’ni bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bulgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi noaniqllik va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal qiymatlarni baholash va shu kabilardir. SHuningdek kapital kuyilmalarning samaradorligini aniqllashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing jixatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas edi, pul okimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshkalarga bulgan e’tibor uning uchun xos emas edi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma’muriy boshkarish davriga mos keladi, chunki unda davlat mulki xukmron hisoblanar va bu borada undan boshka manfaatdorlar yuk edi. Bundan tashkari, xar bir loyiha davlat tomonidan belgilangan dasturlar orkali moliyalashtirilar, loyihaning samaradorligi, kreditning qaytarilishi unchalik ahamiyatga ega emas edi. SHuningdek xususiy 159 tadbirkorlikning mavjud bulmaganligi insonlarni mustakil bir ish qilishlariga va faoliyat olib borishlariga yul bermas edi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsiya loyihasi, eng avvalo, ma’lum bir maqsadni kuzlagan xolda kupchilikning (loyiha ishtirokchilari va axolining) manfaatlarini e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Xozirgi iqtisodiy vaziyat, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsiya loyihasini amalga oshirishda bir necha manfaatlarning uzaro tuknash kelishi jaxon iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni Uzbekiston iqtisodiyotining uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda joriy etish barcha soxalardagi kabi investitsiya loyihalari tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga erishishni takozo etdi va uni muhim vazifa sifatida kuydi. Ushbu vazifani echishda mualliflar V. V. Berens, P.M. Xavraneklar ishlab chiqqan- "Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy” kitobida investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda "YUNIDO" uslubiyoti keng tadkik etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli urin tutadi. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul qilish, shuningdek investitsiya oldi tadkikotlari uchun muljallangan kapital kuyilmalarning samaradorligini baholashning jaxon tajribasi mutafassal yozilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jixatlariga, shuningdek texnik-iqtisodiy asoslashdaga savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash, kurilish maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsiya loyihalarini investorlarning uz mablag’lari evaziga, shuningdek tashki moliyalash manbalari evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini aniqllash (bular daromadlilikning ichki me’yori, sof diskontlashtirilgan daromad va x,. k.) jarayonlariga tegishlidir. Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bulganda, loyihani tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq xolda utkazilishi kerak. Agar moliyaviy tahlil buyicha mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chikishning boshlangich boskichlarida ushbu jarayonga kuyilgan bulsagina, tegishli mutaxassis orkali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan boshlab kuzatib borishi mumkin buladi. Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nukgai nazardan kelgusida investitsiyalarning umumiy boshlagich qiymatini oshiruvchi sof foydani xosil qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzok muddatga kuyilishi sifatida aniqllanishi mumkin. Ushbu kuyilmaning asosiy jixati — bu moliyaviy resurslarni (ya’ni investorning uz va karz mablag’larini) investitsiyalar tomonidan ishlab chiqarish aktivlariga kuyilgan asosiy va sof aylanma kapitalga aylantirish. Kelgusidagi sof foydaga kizikish loyihaga mablag’ soluvchi xar bir ishtirokchi tomon uchun umumiy bulsada, kutilayotgan foyda yoki daromad xar xil baholanishi va fark qilishi mumkin. YUNIDO uslubi buyicha moliyaviy tahlilning muhim jixatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 160 — investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari; — kuyilmalarni baholash va loyiha kaytimi; — loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish; — risk, noaniqllik va boshkalar. Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi "investitsiyalash" suzining mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqllanadi. Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni kelgusida foyda olish yoki uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzok muddatga iqtisodiy resurslarni kuyishdir. Ushbu kuyilmaning asosiy jixati investorning uz mablag’larini investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu resurslarni ishlatish bilan yangi likvidlikni xosil qilishga o’zgartirishda namoyon buladi. Yuqoridagilarni hisobga olish bilan "investitsiyalash" tushunchasi uziga xos aniqllik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani sunggi baholash esa loyiha buyicha talab qilinadigan kuyilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek kelgusi sof foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) kuzda tutadi. Ushbu maqsad uchun kullaniladigan usullar quyidagilardir: — loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari xakkoniyligining tahlili; — investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy o’zgarishlarni aniqllash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va daromadlarning tarkibi va ahamiyatliligini tahlil etish; - investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi orkali aks ettirilgan xar yillik xosil qilingan va jamgarilgan sof moliyaviy foydani aniqllash va baholash; — vakt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqllik sharoitida (aniql loyiha bilan boglik bulgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini hisobga olish. SHunday kilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki, u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan boglik omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy okibatlarni tahlil kiladi va aniqllaydi. Moliyaviy tahlilning asosiy jixatlari quyidagichadir:Birinchidan, sanoat investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili — bu saloxiyatli investorlar va loyiha yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy okibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab chikishning oxirgi boskichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas. Moliyaviy tahlil texnologiya va ishlab chiqarish kuvvati, loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi, marketing strategiyalarining moxiyati jixatidan aniqllanuvchi loyiha strategiyalarini ishlab chikish va turli xil mukobillarini kuzda tutishi lozim. Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni utkazish jarayonida qaror qabul kiluvchi shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni kullashini ham hisobga olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqllashga majbur kiladi va u investorlar talab kiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi 161 usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past rentabellikda tezlashtirilgan amortizatsiyani afzal kurishi mumkin yoki, xatto, kichik daromadlar sharoitida bosh rakobatchiga nisbatan bozordagi uz ulushini kengaytirishni xoxlashi mumkin, bunda uning strategiyami mavjud firmaning yuqori rentabelliligani ta’minlashga xizmat kilsa ajab emas. Bu erda nafaqat katnashuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham kizikishini hisobga olish kerak. Jamiyatning kizikishi shundaki, bunda ular investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va mamlakatning rivojlanishiga inti-ladilar. Kizikishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiksal tadbirlar kullaniladi. Bu tadbirlar ham ragbatlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqllanishi lozim. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling