“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliya va risklar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

18-mavzu. Moliya va risklar 
Reja: 
1. Risk va daromadning muqobil ko'rinishi (arbitraj narxlash nazariyasi) 
2. Tizimli Risk va Betalar 
3. 
Portfellar va Faktor modellari 
4. Portfellar va diversifikatsiyalash 
5. Kutilgan qaytim stavkasi 
 
1. Risk va daromadning muqobil ko'rinishi (arbitraj narxlash 
nazariyasi)
100
 
 
2011-yil fevral oyida Home Depot, Kampbell Soup Korparatsiyalari, va 
mashina ijara kompaniyasi Avis Byudjet Group o’zlarining daromadlarini e'lon 
qiladigan boshqa ko’plab kompaniyalar qatoriga qo'shildi. Home Depot o’zining 
to'rtinchi chorakdagi foydasi o'tgan yilga nisbattan 72 % ga ko'payganini e'lon 
qildi. Kompaniyaning har bir aksiyalardan daromadi 36 sentga oshib osonlikcha 
tahlilchilar 31 sent hisobidan oshib ketdi. Kampbell Soup Korparatsiyaning har bir 
aksiyalardan olgan daromadi esa 71 sentni tashkil etib bozor tahlilchilar aynan 
kutganidek bo’ldi. Avis Byudjetning holatida, tahlilchilar har bir aksiyadan 7 sent 
yo'qotishni taxmin qilayotgan edi, lekin kompaniya aslida har bir aksiyadan 36 sent 
yo'qotdi. Siz bu uch kompaniya holatlarni yaxshi yangilik, hech qanday yangilik 
yo’q va yomon yangilik aks ettiradi deb kutganizda va siz odatda haq bo'lasiz. 
Garchi, Home Depotning aksiyalari bahosi biroz 1 % dan ko’proq tushib ketganda 
ham, Kempbell Soupsning ham aksiyalari bahosi 3,9 % atrofida tushganda ham va 
Avis Byudget aksiyalari narx 1 % dan biroz ko'payganda ham. 
Biz oldingi mavzuda aksiyalar riskining 2 turga: tizimli va tizimsiz riskka 
bo’linishini o'rgandik. Tizimsiz risk portfellarni diversifikatsiya qilish bilan 
bartaraf etilishi mumkin, lekin tizimli riskni bartaraf etib bo’lmaydi. Buning 
natijasida, portfellarda alohida aksiya masalalarning faqat tizimli riski bor. Biz 
100
Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 7/E, Pearson, 2012, 
p 183-184


162 
shuningdek tizimli riskni beta orqali eng yaxshi o'lchash mumkinligini o'rgandik. 
Nihoyat, biz moliyaviy aktivlarni baholash modeli (MABM) bo'yicha aksiyalardan 
kutilgan daromadning betaga chiziqli bog'liqligini o'rgandik. Bu bobda, biz 
betalarning qayerdan kelishini va aktivlarni baholashda arbitrajning muhim rolini 
yaqindan o’rganamiz. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling