“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

6-nazorat uchun savol 
Faraz qilaylik, TIPS bo‘yicha real yillik foiz stavkasi 3,5%ni, AQShdagi 
kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa yiliga 4%ni tashkil etadi. Unda ushbu 
obligatsiyalar bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning nominal stavkasi qanday 
bo‘ladi? 
 
5. Foizli stavkalarni tenglashtirish. 
 
Moliyaviy bozordagi raqobat ekvivalent
60
aktivlarga kiritilgan mablag‘lar 
bo‘yicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun 
bir yillik AQSh G‘aznachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% 
to‘lamoqdalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun Jahon banki 
(World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu 
holatda ham to‘lolmaslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda)
qanaqa 
bo‘lishi mumkin? 
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%. 
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon 
banki jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif 
qilmoqda. Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning 
qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSh G‘aznachiligining bir yillik 
veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-tsiyalarini astoydil sotish 
niyatida bo‘lsa, kamida AQSh G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak 
bo‘ladi. 
Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani taklif etarmikan? Agar 
moliya-kredit muassasasi qarzlar bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni 
istasa (aslida moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u haqiqatda
investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan narsani taklif etadi. Demak, 
to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va 
qarzlar ana o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadliligi 
stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega. 
Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalarda pul olish yoki qarz 
berishga qodir bo‘lsalar, unda ular foizli arbitraj
61
(interest-rate arbitrage) bilan 
shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni pastroq foizli 
stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga beradilar. Tabiiyki, bunday 
harakatlar masshtabining kengayishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib 
keladi. 
60
“Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” – teng kuchli, teng qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror 
jihatdan mos keladigan va uning o‘rnini bosa oladigan boshqa narsa. Teng, teng bo‘lgan; mos keladigan, o‘rnini 
bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24. 
61
“Arbitraj” fransuzcha “arbitrage” – hakamlik sudi. 1. Nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus tashkil 
etilgan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi, hakamlik. 2. Foyda olish maqsadida bir valyuta bozoridan sotib 
olingan xorijiy valyutalarni kursdagi farqiga qarab ikkinchi valyuta bozorida sotish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 
94. 


70 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling