71
unumdorlikni
oshirishga yordam beruvchi
patentlar,
shartnomalar,
formulalar,
firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday
ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruk-tor
63
lik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini
kiritilgan kapi-talning
daromadlilik stavkasi (rate of return on capital) deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich
sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shu daromad fir-malar
tomonidan chiqarilgan
aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instru-ment (vosita)lar egalariga dividend
va foizlar to‘lab berish manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrument (vosita)lar
kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga talabni bildiradi.
Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan daromadlilik stavkasi
investitsiya vaqti va
joyiga, iqtisodiyotning holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy
resurslar va ishchi kuchining
yetarlilik darajasiga,
ushbu kapitaldan foydalanib
ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning
talab darajasiga
bog‘liqdir.
Qo‘yilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning kutilayotgan
daromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining
darajasi shunchalik baland bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: