“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan 
noaniqlik darajasi. Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining 
noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, 
hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va 
quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning 
vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi 
yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana 
ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni 
o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy 
zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy 
jarayonini ham ma’lum risk darajasidan xolis deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: vaqt 
o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan aniq 
aytish qiyin. 
Aksiyalar – bu ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdan olingan 
daromadga nisbatan talabdir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish 
samaradorligi borasida noaniqlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘yilgan 
aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir 
ustuvorlik berishi). Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil 
inson psixologiya
64
sidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga 
emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha 
mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan 
63
“Konstruksiya” – lotincha “constructio” – to‘plash, yig‘ish; tuzilish, qurilish. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning 
tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi; murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi. Konstruktor – mashina, 
mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener. Qarang: o‘sha manba. 
J.II. – B.401.
64
“Psixologiya” psixo + yunoncha “logos” – fan, ta’limot. 1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks 
etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar 
majmui. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Qarang: o‘sha manba. J.III.– B.318. 


72 
taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va 
qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining 
doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman 
olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni 
qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, bugun 
foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining 
noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni 
boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat 
olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha 
qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling