“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati
 
Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning kapitali 
daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng, va faqat dividendlar to‘lash 
koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘lganda, ya’ni kompaniyaning sof foydasi to‘liqligicha 
ushlab qolinib, biznesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkichga 
erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur’ati o‘zining barqaror o‘sish 
koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki 
kreditorlar oldidagi qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi.
Barqaror o‘sishga misol: 
A” kompaniyasi quyidagi belgilangan koeffitsiyentlarga ega deylik: 
Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti = bir yilda 0,5 marta; 
Qarz olingan kapitalning o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti =1,0; 
Dividendlar to‘lash koeffitsiyenti = 0,4; 
Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) = 20%. 
So‘nggi yilda kompaniyaning sotuvlari hajmi 1,0 mln. so‘mni tashkil etdi. 
Demak, aktivlar summasi 2,0 mln. so‘mga, qarz olingan va aksiyadorlik kapitali 
qiymatlarining har biri esa 1,0 mln. so‘mga teng. Kapital daromadliligi (ROE) 
20,0%ni tashkil etgan, shunga muvofiq ravishda sof foyda 200 000 so‘m bo‘lishi 
kerak. Shundan 80 000 so‘m dividend sifatida to‘langan, 120 000 so‘m esa yangi 
aksiyadorlik kapitali sifatida reinvestitsiya qilingan. Kompaniya qarz kapitalining 
o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti 1,0 ga teng bo‘lganligi uchun “A” o‘z 
aktivlarini 240 000 so‘mga va sotuv hajmini esa 120 000 so‘mga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, sotuvlar hajmi barqaror o‘sishi koeffitsiyenti quyidagicha 
bo‘ladi: 
%
12
12
,
0
1000000
120000



g
Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalansak, xuddi shu natijani 
olamiz: 
= ROE × (1 – Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) = 
= 20% × (1 – 0,4) = 12% 
“A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi moliyaviy 
hisobotlari 14.4-jadvalda aks ettirilgan: 


118 
14.4-jadval 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling