“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi (cash cycle life) – bu firma
o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 14.2-rasmda ko‘rinib turibdiki, pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi tovar-moddiy zaxiralarining korxona-daligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatidan iborat bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashlanadi, ya’ni : Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligi = Tovar-moddiy zaxiralarning korxonada bo‘lish vaqti + Debitorlik qarzi muddati – Kreditorlik qarzi muddati Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar kreditorlik qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxiralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari muddatini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umuman keragi yo‘q bo‘ladi. Qanday amal (harakat)lar kompaniyalarning aylanma kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi? Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash tenglamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi mumkin: Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish. Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakatini boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsulotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘ilgan Товар-моддий захираларнинг корхонада бўлиш вақти Буюртма олинди Омборга етказилди Хом-ашё ва материаллар ҳақини тўлаш учун счёт- фактура олинди Кредиторлик қарзи муддати Пул тўловлари амалга оширилди Тайёр маҳсулот сотилди Дебиторлик қарзи муддати Пул маблағлари айланиш цикли давомийлиги Вақт Сотилган маҳсулот учун пул олинди Хом-ашё ва материаллар сотиб олинди 120 vaqtda aniq yetkaza bera oladigan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish kerak; Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish. Bunga bir necha yo‘l bilan erishish mumkin. Masalan, qarzlarni undirish jarayoni samaradorligini oshirish, tezroq to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali. O‘z kreditorlik qarzlarini to‘lash muddatini cho‘zish orqali. 2-nazorat uchun savol Firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qanday usullar bilan qisqartirish mumkin? Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling