“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti 
14.1-rasm mo‘ljallangan sotish hajmiga erishish uchun tashqi moliyalashtirish 
summasi qanchalik ko‘payishi kerakligini yaqqol ifoda etadi. Biroq bizda qarama-
qarshi savol ham vujudga kelishi mumkin: tashqi manbalardan faqatgina 
chegaralangan summani olishi mumkin bo‘lgan sharoitda firmaning sotish hajmi 
qanchalik tez o‘sishi mumkin? 
14.1-rasm. Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish 
sur’atlari bilan bog‘liqligi 
Ushbu savolga javob berish uchun kompaniyaning tashqi moliyalashtirish 
imkoniyatlari quyidagilar bilan cheklanadi, deb faraz qilamiz: 

Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmayapti. 
Demak, firmaning aksiyadorlik kapitali taqsimlanmagan daromadni 
ko‘paytirish natijasidagina oshishi mumkin; 

Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koeffitsiyentini oshirishni 
istamaydi. 
Demak, 
taqsimlanmagan 
daromad o‘sishi natijasida 
kompaniyaning o‘z kapitali qanday sur’atda oshsa, tashqi qarz summasi 
ham xuddi shu sur’atda oshadi. 
Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez ko‘paysa, firmaning o‘zi 
78
Qarang: www.prenhall.com/bodie


116 
ham shuncha tezlikda rivojlanadi. Firmaning rivojlanishi undan-da tezroq 
bo‘laolmaydi. O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti barqaror o‘sish koeffitsiyenti 
deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish koeffitsiyenti quyidagi 
formula bo‘yicha hisoblanadi: 
Barqaror o‘sish 
koeffitsiyenti 

Foydani ushlab turish 
koeffitsiyenti 
× 
Kapital daromadliligi 
koeffitsiyenti (ROE) 
Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish 
Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari 
Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi 
sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan 
daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Aksiyadorlik kapitali 
o‘sishi sur’atlari 

Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi 
Yil boshidagi aksiyadorlik kapitali 
Lekin: 
Taqsimlanmagan 
foydaning o‘sishi 

Foydani ushlab turish 
koeffitsiyenti 
X Sof foyda 
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foydasining 
aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi 
aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich 
quyidagicha aniqlanadi: 
Daromadni ushlab turish 
koeffitsiyenti 
= 1 – 
Dividendlarni to‘lash 
koeffitsiyenti 
– 
Aksiyalarni qayta sotib 
olish koeffitsiyenti 
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz: 
Aksiyadorlik kapitalining 
o‘sishi sur’ati 

Foydani ushlab turish koeffitsiyenti X Sof foyda 
Aksiyadorlik kapitali 
yoki boshqacha qilib aytganda: 
Aksiyadorlik kapitalining 
o‘sishi sur’ati 

Foydani ushlab turish 
koeffitsiyenti 
X ROE 
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz: 


117 
Barqaror o‘sish 
koeffitsiyenti 

Foydani ushlab turish 
koeffitsiyenti 
X ROE 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling