Молия институти Эконометрика фанидан
Download 461.55 Kb.
|
Ekonometrika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бажарди
- O’zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi
Ўзбекисон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Молия институти Эконометрика фанидан Мустақил иши Бажарди: СБИ-50 гуруҳ Норбобоев М Текширди: Утанов Б. 2023 й.
Mavzu: Chiziqli Regressiya. Korrelyatsiya koeffitsienti. Fisher jadvali Reja:
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi Ekonometrika fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari Chiziqli Regressiya. Korrelyatsiya koeffitsienti. Fisher jadvaliga oid misol Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 26 yanvar kuni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi eng muhim vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan mazkur dasturulamal hujjatning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritish nihoyatda dolzarbdir. Taraqqiyot strategiyasi loyihasining keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganiga doir tafsilotlarga ham muxtasar to‘xtalish o‘rinli, deb hisoblaymiz. Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va saylovoldi uchrashuvlari Mamlakatimizda 2021 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida keng muhokama qilindi. O‘z navbatida, saylovoldi uchrashuvlarida Taraqqiyot strategiyasi o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi. Shu ma’noda, o‘tgan yil 9 sentyabridan – 5 noyabriga qadar davom etgan ushbu jarayonni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining birinchi bosqichi sifatida qayd etish mumkin. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik”. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom avvalo mazkur Taraqqiyot strategiyasi – 2017 yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng ko‘lamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda. Yetti ustuvor yo‘nalish – inson qadrini ta’minlash timsoli O‘z navbatida, yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu bosqich 2021 yilning 6 noyabridan – 29 dekabrigacha davom etdi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida bayon etilgan yangi g‘oya va tashabbuslar saylovchilar, butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat: birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni; ikkinchidan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi; uchinchidan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi. Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shildi. Shunday qilib, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan. Bu – bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Binobarin, yangi hujjat – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi. Xalq fikridan sayqal topgan Taraqqiyot strategiyasi Har uchala hujjat loyihasi o‘tgan yil 30 dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Shu tariqa “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining uchinchi bosqichi 2021 yil 30 dekabridan – jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, ya’ni 2022 yil 15 yanvarigacha bo‘lgan davrni qamraydi. Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga o‘z takliflarini bildirishlari uchun qulay imkoniyat tug‘dirdi. Natijada qizg‘in va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiqdir. Milliy muhokamalarning o‘zi ham bir nechta yo‘nalishda o‘tkazildi. Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yo‘nalishida – Oliy Majlis palatalari majlislarida, qo‘mita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlat organlari mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna ko‘rsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi. Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida to‘xtalamiz. Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qildi. Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat bo‘lgan. Jamoatchilik muhokamalari yakunidan so‘ng Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoev qayd etganidek, «Davlat — inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik». Tarixiy dasturulamal hujjatning uch ahamiyati “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati haqida so‘z borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon bo‘ladigan tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. Birinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – oliy qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, O‘zbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urg‘u berilmoqda. Eng asosiysi, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”dagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi. Inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. Ikkinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida yaqin qardoshlikni qadrlash, qo‘shni mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishish bo‘yicha muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan. Uchinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning xalqaro (global) darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish, xususan, iqlim, ekologiya, terrorizm, korrupsiya, migratsiya, kambag‘allik kabi global muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish haqida so‘z borgan. Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish bilan bog‘liq ibratli amaliyotni izchil davom ettirish lozim. Bunda O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash, BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish ayniqsa ulkan ahamiyat kasb etadi. Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilgan. Shu nuqtai nazardan, “Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi”ning nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir. Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq milliy dasturi belgilab berildi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiyparvar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi: xalqaro va xorijiy ekspertlar bahosi “Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi” hamkor xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, butun jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bir qator nufuzli xorijiy va xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlar samaralari e’tirof etilgan holda, ushbu yangi tarixiy hujjatning loyihasigayoq yuksak baholar berildiki, ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz. Mamlakatimizga 2021 yil 28 noyabr – 7 dekabr kunlari tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn O‘zbekistonning qonun ijodkorligi va xalqaro hujjatlar qabul qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatish sohalarida yetakchi ekanini e’tirof etgan holda, xususan, “Mehr” operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni yuksak baholadi. Xalqaro “Diva International” jurnali Bosh muharriri Marit Foss esa Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zini tom ma’nodagi demokrat sifatida namoyon etayotganiga e’tibor qaratgan. Ushbu xalqaro ekspertning qayd etishicha, O‘zbekiston Prezidentining asosiy maqsadi – inson qadrini ta’minlashdir. Bu, o‘z navbatida, inson huquqlarini himoya qilishni anglatadi. Mamlakatda nomarkazlashtirish siyosati olib borilayotgani, ya’ni markaziy davlat organlarining ayrim muhim vakolatlari mahalliy hokimiyat idoralariga o‘tkazilayotgani to‘g‘ri va oqilona yo‘ldir. Fransiyaning “Newly” on-layn nashri yozishicha, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mamlakat milliy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi. Ayniqsa, “inson – jamiyat – davlat” ustuvor tamoyili jamiyatda ijtimoiy muhitni tubdan o‘zgartirishning muhim mezoniga aylanadi.
Shu maqsadda milliy darajada: ta’limning maktablardan toki oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi bo‘yicha milliy insholar tanlovini o‘tkazishni taklif etamiz. Bu tadbir yoshlarimiz ongu shuurida vatanparvarlik, milliy g‘urur g‘oyalarini mustahkamlab, kuchli g‘oyaviy immunitet hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan qabul qilingan “Favqulodda holat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi yangi qonunlarni va bir qator qonunlarga kiritilgan muhim o‘zgartirishlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliyotga izchil joriy etilayotgan ushbu qonun hujjatlarining barchasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning so‘zsiz bajarilishiga qaratilgan. Ayni damda oldimizda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati va ahamiyatini teran targ‘ib etish, unda belgilangan muhim vazifalarni amalga oshirish, ijrosini tahlil va monitoring qilib borishdek ulkan ko‘lamdagi vazifalar turibdi.
Akmal SAIDOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Download 461.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling